Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 254827 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 60 B


yoqutxon  22 Avgust 2010, 16:53:04

Hozir men Jallolidin Rumiyning '' Ichindagi ichindadur'' kitobini o'qiyapman.''Ichindagi ichindadur'' Mavlono Rumiyning turli majlislarda bildirgan o'tlug' fikrlaridan tashkil topgan.Ushbu risolani o'qib inson va olam, ong va borliq, inkor va isbot, hayol va amal singari falsafiy  tushunchalarni asl mohiyatini anglaydi kishi. Va hamma narsa O'zingizda, hamma narsa O'zingizdan ekanligiga yana bir bor iymon keltiradi. Asarni endi o'qiy boshlaganimda juda qiynaldim. Unda keltirilgan masala, voqealarning tub ma'nosini tushunish uchun bir betni qayta qayta o'qirdim. Hozir asarni tushunishim va anglashim ancha yengilashib  qolgan.Agar imkoningiz bo'lsa sizlarga ham mana shu kitobni topib o'qib ko'rishlaringizni maslahat beraman.

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Avgust 2010, 18:22:15

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Hadis va Hayot" " 9 juz
"Ro'za "

Qayd etilgan


leonardo1024  26 Avgust 2010, 06:08:46

Yaqinda Mahatma Gandining "Mening hayotim" asarini o'qib tugatdim...
Asarni o'qib Gandining kamtarin xulqi, shijoatini bilib qoyil qolasiz, Gandi insoniyatga foydasi tekkan odam hiosblanadi..

Sizlargayam o'qishni maslahat beraman


Qayd etilgan


Shukrona  26 Avgust 2010, 07:27:21

Assalomu alaykum.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Tafsiri hilol" 1-juz.Hammamizni ilm olishda sobit qadam qilib,o'qiganlarimizga amal qilishni nasib etsin. :amn:

Qayd etilgan


Shukrona  26 Avgust 2010, 07:36:05

Tohir Malik "Odamiylik mulki"
Haqiqatda yaxshi,kitobini o'qimaganmanu lekin mp3 farmatidagisini eshitganman.Sevimli yozuvchimizni yana bir kitoblari:"Iblis devori"ni o'qishilani maslaxat beraman.Elektron variantini Islom.uz dan olishila mumkin.

Qayd etilgan


UzMuslim  26 Avgust 2010, 20:07:15

Ayni Payda Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Tavsiri Hilolni Birinchi Kitobini" O'qiB Chiqmoqdaman..

Qayd etilgan


BelleQizcha  26 Avgust 2010, 20:54:15

Fortress of the Muslim invocations from the Quran and Sunnah juda zo;r kitob

Qayd etilgan


Zulfina  27 Avgust 2010, 00:18:26

 :as:

Shayh Abdulaziz Mansurning Qur'oni Karim tafsirlarini va Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Kifoya"larini o'qivomman. Alloh ikkalovlaridanam rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


AbdulAzim  27 Avgust 2010, 03:29:51

 :as:
Anchadan beri o'zbek tilidagi kitoblarni o'qimay qo'ygandim. Bugun yuqoridagi maslahatlarga ko'ra Tohir Malikning "Odamiylik mulki", O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"ini boshladim. Baribir o'z tilingdagi kitoblar boshqacha ta'sir qilar ekan. Ayniqsa "Daftar hoshiyasidagi bitiklar". Bizda ham shunday etuk yozuvchilar borligiga yana bir bor amin bo'ldim. Yozuvchining qirq yillik mehnati bekor ketmapti. O'qimaganlarga o'qishni maslahat beraman. Hayotning achchiq - chuchugini totgan oqil kishining - hikmatlari desak ham bo'ladi.

Qayd etilgan


BelleQizcha  27 Avgust 2010, 03:38:04

Daftar hoshiysidagi bitiklar uncha ko'p mas to'rimi chunki man ancha oldin oqigandim yarimi bo'lmasa kerak dib oylagandim... yokiy o'zi shunaqa kammi?

Qayd etilgan