Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 381502 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 ... 60 B


Shoxruh Mirzo  12 Noyabr 2010, 17:26:00

Ayni vaqtda juda qiyin kitob, o'rganilishi ancha mushkul  bo'lgan "Xotin tili" degan kitobni "o'qiyabman" :)

InshaAlloh kelajakda "xotin tili" fani doktori bo'lib yetishsak, Ajabemas ;D

Akbarjon, unday bo'lsa men ham 5 oydan beri "Bola tili" degan kitobni o'qiyabman : )

Bunaqa kitoblar bizni hayotimizda hali nashrdan chiqqani yo'q:D

Qayd etilgan


jasur.best  13 Noyabr 2010, 11:29:07

Men bitta kitobni o'qimayman. Doim 3-4 kitobni barobar o'qiyman - biridan zerikish paydo bo'lsa, ikkinchisini o'qiyman.

Qayd etilgan


Zamiraxon  16 Noyabr 2010, 23:54:32

Ayni kunlarda jiyanlarimga "Muhammad alayhissalom hayotlaridan o'n qissa" kitobini o'qib beryapman. Judayam qiziq kitobcha ekan.

Qayd etilgan


azizbek_mx  17 Noyabr 2010, 08:46:45

Ayni damda Kaykovus qalamiga mansub Qobusnoma kitobining Subutoy Dolimov tomonidan qayta nashrini o'qiyapman. Juda ibratli tanbehlar va hikmatlar jamlangan. Tez orada tahrir qilib forumga joylash niyatidaman, biroz cho'zilib ketdi.

Qayd etilgan


jasur.best  17 Noyabr 2010, 21:17:38

M.Yo'ldoshev "Badiiy matn lingvopoetikasi", Fitrat "Tanlangan asarlar" 4-jild va Sh.Xolmirzayev "Saylanma" 2-jildini o'qiyapman

Qayd etilgan


UzMuslim  18 Noyabr 2010, 00:00:52

Ayni Paytda SHayh Muhamma Sodiq Muhammad Yusufning "Hadis Va HAyot 9 juz"ini O'qiyapman,..

Qayd etilgan


Zulfina  18 Noyabr 2010, 00:15:06

:as:

Alixonto'ra Sog'o'niy qalamlariga mansub "Turkiston qayg'usi"ni o'qishshi boshladim.

Qayd etilgan


siddiqa  18 Noyabr 2010, 00:33:56

 :as:
Menda Inshaalloh kitob o'qish sezoni boshlanib qoladi ,qishda biram kitob o'qish mazzade ,issiqqina uyda )))))


G'azzoliyni " qalblar kashfiyoti kitobini " judayam sekin o'qiyapman ,opkeberishuvdi .

Yana bitta mantiqsiz asarni o'qiyapman " Romeo va juletta " kurs ishimdan ayrim obrazlar uchun .

Qayd etilgan


JaviK  18 Noyabr 2010, 08:59:50

Tohir Malikning "Odamiylik mulki" kitobini o`qiy boshladim.

Qayd etilgan


Habibilloh  18 Noyabr 2010, 11:47:26

Men ayni paytda Tohir Malikning "Shaytanat" kitobini o'qishni boshladim endi 1-qismini o'qiyapman inshaolloh hammasini o'qimoqchiman

Qayd etilgan