Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 255354 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 60 B


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:01:25

Behzodbek:

Assalomu alaykum, Abdulaziz.

Mahmud As'ad Jo'shon hazratlarining "Islom, Tasavvuf va axloq" kitobidan qanday taassurotlar olding? Shu haqda ham yoz.

Bu kitob mening eng sevimli kitoblarimdan. Uni qayta-qayta o'qigim keladi. Lekin postda sen kabi mufassal va chiroyli tasvirlashga vaqtim yetmayapti yoki hafsala qilmayapman.

Yangi chiqayotgan kitoblar haqidagi postlaring ham juda zo'r ish bo'libdi. Uni ham davom ettirish kerak. Hozir "Hadis va Hayot" kitobining nechanchi juz'i nashrdan chiqdi?
"Tafsiri Hilol" to'liq nashrdan chiqdimi? Uning tarkibi, tafsirida qo'shimchalar, yangiliklar bormikan? Yoki ilgarigi nashrning faqat qayta nashri xolosmi?

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:01:40

AbdulAziz:

Va alaykum assalom Behzod!
Haqiqatda ham Shayx Mahmud As'ad Jo'shonning "Islom, Tasavvuf va axloq" kitoblari juda yaxshi kitob ekan.
Bu maxsus kitob tarzida yozilmagan bo'lib, shayxning ixlosmandlar uning suhbatlari, ma'ruzalarini to'plab, kitob holida nashr etganlar. Kitobda
"Din va e'tiqod haqiqati"
"Hazrati payg'ambarimizning axloqlari"
"Tasavvuf va hayot"
"Islom va insonning mas'uliyati"
"Dunyo sevgisi va zuhd"
"Go'zal xulqlar va vafo"
"Islomda insoniy munosabatlar"
"Nafs tarbiyasi"
"Allohni bilish"
"Hilm, go'zal axloq va vara'"
kabi mavzular borki, ularning har biri mustaqil kitob bo'la oladi. Islom dinini, undagi go'zal an'analarni oddiy va tushunarli usulda ochib berilgan kitob ekan.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:02:01

Kecha Umar Xayyomning o'zbekcha ruboiylar kulliyotini o'qib chiqdim. Bu kitob Shoislom Shomuhammedov tomonidan tarjima qilingan bo'lib, 1981 yilda nashr qilingan. Unga Xayyomning 400 dan ortiq tanlab olingan ruboiylari kiritilgan ekan.

Umar Xayyomni dunyoga mashhur qilgan uning ruboiylaridir. Umar Xayyom shoir bo'lmagan, lekin hayot haqida ba'zi mulohazalarini 4qatorlik she'r qilib qog'ozga tushirib qo'yavergan. XVIII asrga qadar uning ruboiylari haqida tadqiqotlar olib borilmagan. U haqda dastlab Oksford universiteti professori Tomas Gayd, undan so'ng Fon Gomer Birgestel va Meme Nikoloslar tadqiqot olib borishgan. 1859 yili ingliz shoiri va tarjimoni Edvard FitzJerald Umar Xayyomning 70 ruboiysini tarjima qilib e'lon qilgandan so'ng, bu she'rlar juda mashhur bo'lib ketgan va ingliz tilidan jahonning boshqa tillariga ham tarjima qilingan.

Xayyom ruboiylarining soni turli ma'lumotlarda 11 tadan 1200 tagacha ekanligi aytiladi. Xayyomga nisbat beriladigan ruboiylarni u yozganligiga ham turli shubhalar mavjud. Ayniqsa, zamondoshlari "katta ilm egasi, mutaffakir, taqvodor zot edi" deb ulug'lagan shoirning mayxo'rlik, yengil hayot, aysh-ishrat, kufr, dahriylik mavzularidagi ruboiylari ishonchsizdir. Bunday ruboiylar Islomga qarshi ba'zi toifalar tomonidan ataylab to'qib chiqarilgan, degan ma'lumotlar bor. Hatto Londonda saqlanayotgan Umar Xayyom ruboiyoti qo'lyozmasi ham soxta ekanligi aniqlangan.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:02:27

AbdulAziz:

Aziz Nesinning "Dardi bedavo", "Dengiz oyoq ostida" va "Chegara ustidagi uy" hikoyalarini o'qib chiqdim.
Mashhur turk adibi Aziz Nesinni bilmagan adabiyot muxlisi bo'lmasa kerak. O'z umri davomida 110 dan ortiq kitob yozgan Nesinning birqancha asarlari o'zbek tiliga ham tarjima qilingan. Ayniqsa, uning achchiq kulgiga boy hajviy hikoyalari kitobxonlarga juda ma'qul keladi. Quyidagi hikoyalar ham mana shunday jamiyat muammolari kulgi asosida haqqoniy yoritigan asarlardandir.
 
"Dardi bedavo" muallif tilidan hikoya qilinadi. Judayam xasis va qurumsoq bo'lgan tog'amning shuncha puli borligini kasal bo'lganda bildim, deya boshlanadi hikoya. Bosh qahramonning qorni buralib og'rib, rosa dard chekadi. Uni shaharning mana man degan doktorlariga ko'rsatishadi. Ulardan biri bu oshqozon dardi ekanligini, uni tezda operatsiya qilib davolasa bo'lmasligini aytadi va ishga kirishadi. Oshqozonni ochgan esa top-toza me'daga ko'zi tushib hayron bo'ladi. Pulni harom qilmaslik uchun baribir nimadir qilish kerak. Dono doktor bemor oshqozonidan me'daning yarminini kesib tashlaydi. Operatsiyadan keyin qahramonimizning qorin og'rig'i bosilmaydi.
Shu usulda boshqa doktorlar ham uning dardiga davo topmoqchi bo'ladilar, biri ikkinchisini nodonlikda ayblab, bemorga turli xil tashxis qo'yishadi. Shunday qilib, "qotil" doktorlar qo'lida bemor ikkinchi buyragidan, ichagining ba'zi qismlaridan, ko'richagidan, tomoqdagi bodomchasidan, gormon bezlaridan, oyoq qadoqlaridan, hatto barcha tishlaridan judo bo'ladi...
Bemorning holatini muallif judayam kulgili qilib tasvirlaydi:
"Badanidagi barcha ichki a'zolar amaliyot qilingandi. Ikkita bo'lgan a'zosidan bittasi qolgan, ba'zilari qisqargan, ortiqchalari kesib tashlangandi. Hadeb kesib tikaverganlari uchun tog'amning badani baliqchilarning to'riga o'xshab ketgandi. Amaliyot paytida jarrohlik asbobnlarini ishlatishga ham ehtiyoj qolmagandi. Doktorlar tikilgan joylarni tortsalar, bas, tog'amning qorni dasturxonday ochilib qolardi. Ba'zida qattiqroq yo'talsa ham tikilgan joylari ochilib ketadi..."
Turkiyada ko'rsatmagan vrachlari qolmagach, Parijga borishga majbur bo'lishadi. U yerni bilmaganliklari uchun duch kelgan bir vrach huzuriga kirishadi. Vrachga hamma narsani tushuntirishgandan keyin, dardga darmon topiladi. Vrach:
- Barcha qilingan amaliyotlar behuda ekan. Endi kamarni qisib bog'lamang, undan ko'ra yelkadan o'tkaziladigan kamar taqing...


"Dengiz oyoq ostida" va "Chegara ustidagi uy" hikoyalarida Turkiyadagi uy-joy, ijara bilan bog'liq muammolar kulgili tarzda ochib berilgan.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:02:44

Farzonochka:

ASsalomu alaykum, man ayni kunlada oqishga kirishga kere bogan barcha kitoblani oqivomman, odam kitob oqisa ancha dunyoqarashi kengayadi albatta bilmagan kop narsalarimmi organvomman, manga omad tilayla :)

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:02:57

Feruzabgim:

assalomu alaykum! o'qiyotgan kitoblaringiz ro'yxatini o'qib, sizga rosa havasim kelayapti! chunki menda birota o'zbekcha kitob yo'q. faqat tarixlarni olib kelganman.
AQSH yozuvchilarining kitoblarini o'qiyapman, lekin yoqayapti deb aytolmayman. juda oddiy narsalar haqida yozilganga o'xshaydi. bir kuchli mushohada, odamni o'yga toldiradigan kitoblar emas.
iltimos, maslahat beringlar, qayerdan o'zbek asarlarini topsam bo'ladi. hech qayerdan kitob sotib olish mumkin bo'lgan saytni topa olmadim. faqat inglizlarnikini yoki ruslarnikini topdim.
men o'zbekcha asar o'qimoqchiman. yordam beringlar!!!!!!!

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:03:13

Behzodbek:

Assalomu alaykum,
Feruza, menimcha, AQSHda ham o'zbek mmadaniyati markazlari bo'lishi kerak. Yoki shunday akademik kutubxonalar bo'ladiki, ulardan o'zbek tilidagi kitoblarni topish mumkin. O'sha yerdagi o'zbekistonlik vatandoshlardan ham so'rab ko'rish kerak.

Men ham Hindistonga o'qishga kelishdan oldin o'zim sevadigan va ko'p murojaat qiladigan bir necha kitoblarimni o'zim bilan olib kelganman. Shularni baqadri imkon o'qiyapmiz.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:03:30

Feruza:

Assalomu alaykum!
bilmadim, halicha madaniyat markazlarini ko'rganim yo'q. bo'lsa ham poytaxtda bo'lsa kerak. katta kutubxonalari bor, ammo o'zbek kitoblarini topish amri mahol.
agar birorta joydan kitob topish imkoni bo'lsa, yozib yuboringizlar!
oldindan katta rahmat!

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:03:43

Shamshir:

Assalomu alaykum,Feruza sizga kitob yoboraylikmi nima deysiz boshqa o`zbekalrga ham berib turardiz qanaqa asarlarga qiziqasiz , balki diniy kitoblar kerakdir, muhabbat mavzusidagi zor asarimizni yangilardan man ham o`qimadim, lekin yaxshi kitoblar ham chiqib turibdi.....

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:04:18

Feruza:

AQSh da ingliz tili darslar uchun maktabdan tashqari kitob o'qish talab qilinadi. birinchi o'qigan kitobim yoqmagandi, ikkinchisi yoqdi. shu haqida ozgina yozmoqchiman. bu kitob Mitch Albomning "osmonda uchratgan beshta kishi" (five people you meet in a heaven) deb ataladi. sal g'alatiroq yozilgan, lekin qiziqarli. bunda asosiy qahramonning o'limi bilan boshlanadi. keyin u odam, Eddie o'limidan keyingi hayotini ko'radi. U joyda u 5 ta kishini uchratadi, har bir kishi unga o'zining hayotidan bitta voqea aytib beradi. u voqea Eddie ning hayoti bilan ba'zida bog'langan, ba'zida esa yo'q. lekin har bittasi u uchun dars. u o'tirib o'zgalarning o'zining hayoti haqida nima o'ylashlarini, xatolarini eshitadi va o'ziga yarasha xulosa chiqaradi. kitobning janri ko'proq fantastik. bunda muallifning fikrlari ifoda etilgan xolos. eng yoqqan tomoni bu muallifning gaplari. shunaqa gaplar ishlatilganki, ularni o'qib, o'ylab qolasan kishi. masalan, "no life is a waste. the only time we waste is the time we spend thinking we are alone."

Qayd etilgan