Muallif Mavzu: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 221684 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #45 : 12 Iyul 2006, 06:02:57 »
Feruzabgim:

assalomu alaykum! o'qiyotgan kitoblaringiz ro'yxatini o'qib, sizga rosa havasim kelayapti! chunki menda birota o'zbekcha kitob yo'q. faqat tarixlarni olib kelganman.
AQSH yozuvchilarining kitoblarini o'qiyapman, lekin yoqayapti deb aytolmayman. juda oddiy narsalar haqida yozilganga o'xshaydi. bir kuchli mushohada, odamni o'yga toldiradigan kitoblar emas.
iltimos, maslahat beringlar, qayerdan o'zbek asarlarini topsam bo'ladi. hech qayerdan kitob sotib olish mumkin bo'lgan saytni topa olmadim. faqat inglizlarnikini yoki ruslarnikini topdim.
men o'zbekcha asar o'qimoqchiman. yordam beringlar!!!!!!!

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #46 : 12 Iyul 2006, 06:03:13 »
Behzodbek:

Assalomu alaykum,
Feruza, menimcha, AQSHda ham o'zbek mmadaniyati markazlari bo'lishi kerak. Yoki shunday akademik kutubxonalar bo'ladiki, ulardan o'zbek tilidagi kitoblarni topish mumkin. O'sha yerdagi o'zbekistonlik vatandoshlardan ham so'rab ko'rish kerak.

Men ham Hindistonga o'qishga kelishdan oldin o'zim sevadigan va ko'p murojaat qiladigan bir necha kitoblarimni o'zim bilan olib kelganman. Shularni baqadri imkon o'qiyapmiz.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #47 : 12 Iyul 2006, 06:03:30 »
Feruza:

Assalomu alaykum!
bilmadim, halicha madaniyat markazlarini ko'rganim yo'q. bo'lsa ham poytaxtda bo'lsa kerak. katta kutubxonalari bor, ammo o'zbek kitoblarini topish amri mahol.
agar birorta joydan kitob topish imkoni bo'lsa, yozib yuboringizlar!
oldindan katta rahmat!

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #48 : 12 Iyul 2006, 06:03:43 »
Shamshir:

Assalomu alaykum,Feruza sizga kitob yoboraylikmi nima deysiz boshqa o`zbekalrga ham berib turardiz qanaqa asarlarga qiziqasiz , balki diniy kitoblar kerakdir, muhabbat mavzusidagi zor asarimizni yangilardan man ham o`qimadim, lekin yaxshi kitoblar ham chiqib turibdi.....

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #49 : 12 Iyul 2006, 06:04:18 »
Feruza:

AQSh da ingliz tili darslar uchun maktabdan tashqari kitob o'qish talab qilinadi. birinchi o'qigan kitobim yoqmagandi, ikkinchisi yoqdi. shu haqida ozgina yozmoqchiman. bu kitob Mitch Albomning "osmonda uchratgan beshta kishi" (five people you meet in a heaven) deb ataladi. sal g'alatiroq yozilgan, lekin qiziqarli. bunda asosiy qahramonning o'limi bilan boshlanadi. keyin u odam, Eddie o'limidan keyingi hayotini ko'radi. U joyda u 5 ta kishini uchratadi, har bir kishi unga o'zining hayotidan bitta voqea aytib beradi. u voqea Eddie ning hayoti bilan ba'zida bog'langan, ba'zida esa yo'q. lekin har bittasi u uchun dars. u o'tirib o'zgalarning o'zining hayoti haqida nima o'ylashlarini, xatolarini eshitadi va o'ziga yarasha xulosa chiqaradi. kitobning janri ko'proq fantastik. bunda muallifning fikrlari ifoda etilgan xolos. eng yoqqan tomoni bu muallifning gaplari. shunaqa gaplar ishlatilganki, ularni o'qib, o'ylab qolasan kishi. masalan, "no life is a waste. the only time we waste is the time we spend thinking we are alone."

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #50 : 12 Iyul 2006, 06:06:18 »
AbdulAziz:

AbdulAziz:

Harun Yahyaning Benuqson mum uya qura oladigan ASALARILAR (ПЧЕЛЫ которые умеют строить безупречные соты) kitobini kecha o'qib chiqdim.
Bolalar uchun mo'ljallangan bu kitob judayam qiziq ma'lumotlarga boy ekan. Ayniqsa kitobning dekorativ tuzilishi, rasmlar bilan bezalganligi har bir yosh bola tugul, kattalarni ham risolani mutolaa qilib chiqishga undaydi.

Bu kitob aslida ilmiy risola bo'lib, muallif uni bolalarga xos uslub bilan bayon qiladi. Timur ismli bola otasi bilan o'rmonga borib bir asalari bilan tanishib qoladi. Asalari esa Timurga o'zining hayot va xizmat tarzi haqida gapirib beradi. Mana shu jarayonda birqancha ilmiy haqiqatlar oshkor bo'ladi. Bola asta-sekin
- Asalarilar qanday dunyoga keladi?
- Nima uchun minglab asalarilar bir uyada yashaydilar-u, bir-birlari bilan "urishmaydilar?"
- Asalarilar uyalarini qanday yig'ishtiradilar?
- Katta chiqindilarni yo'q qilish uchun ishlatiladigan propolis moddasini qayerdan oladilar?
- Asalarilar qanday qilib asal ishlab chiqaradilar?
- Geometriya, algebrani o'qimagan asalarilar qanday qilib, mohir muhandislardek mukammal uya qura oladilar?
- Nima uchun asalari uyasi oltiburchakli bo'ladi?

kabi savollarga javob oladi.

Timur o'zimining olgan bilimlari va mulohazalari asosida otasiga "Qanday qilib mana shu aqlsiz, hech qayerda o'qimagan mittigina jonzotlar shuncha ishni amalga oshira oladi?" deya savol beradi. Otasi esa shunday javob qiladi: "To'g'ri aytasan Timur. Haqiqatda asalarilar bizga o'zlarining mohirona san'atlarini namoyish qilishadi. Lekin bizni hayron qoldiradigan faqat asalarilarmi? Dunyodagi har bir jonzor, har bir modda mustahkam qurilishga ega va uning Yaratuvchisi borligiga guvohlik beradi. Kel, oldin men asalarilar haqidagi savolingga javob beray. Quyidagi oyatlarni diqqat bilan tingla: 
"(Ey Muhammad), Parvardigoringiz asalariga vahiy — amr qildi: "Tog‘larga, daraxtlarga va (odamlar) quradigan inlarga uya sol. So‘ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoring (sen uchun) oson qilib qo‘ygan yo‘llardan yur!" Uning qornidan odamlar uchun shifo bo‘lgan alvon rangli ichimlik - asal chiqur. Albatta, bu ishida tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibrat bordir" ("Nahl" surasi, 68-69-oyatlar).

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #51 : 12 Iyul 2006, 06:06:30 »
Assalom:

Assalomu alaykum!
Man ham Horun Yahyoning birqancha dokumentalniy filmlarini ko'rganman. Judayam zo'r filmlar.
Mana shu kitoblarni qayerdan topsak bo'ladi?
O'zbek tiliga tarjima qilinganlari ham bormi?

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #52 : 12 Iyul 2006, 06:06:45 »
Maknuna:

Bu kunda uy yumushlaridan ortib ikkita kitobni mutolaa qildim. Juda zo'r kitoblar ekan.
Biri Ahmad Lutfiyning "Saodat asri qissalari" degan kitobi, afsuski, bu kitobning 2-3-qismlari manda yo'q ekan, birinchi qismiyam juda go'zal ekan, o'qib mazza qildim.
Ikkinchi kitobim, "Oylik hilol taqvimi" juda zo'r maqolalari bor ekan.
Boshqalarga ham tavsiya etaman.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #53 : 12 Iyul 2006, 06:06:58 »
Feruzabegim:

Men yaqinda bitta kitobni tugatdim.
Xolid Husayniyning "Varrak uchiruvchi"(Kite Runner) degan kitobi. O'qituvchim bu kitobni o'qisang bo'ladi deb tavsiya qilgandi, Afg'oniston haqida deb. shundan keyin o'qidim.
Umuman kitob Afg'onistonning tarixi haqida. Muallif nima bo'lganini o'sha yerning aholisi hayotidagi voqealar bilan aytib beradi. O'z vatanini tashlab, AQSH ga ketishga majbur bo'ladi, u yerda mashhur yozuvchi bo'lib yetishsa hamki, har dam "Vatanim" deb nafas oladi.
Bu kitobni o'qib, madaniyatimiz bir biriga qanchalik o'xshashligini bildim. Bu yerga kelganimdan beri hali bunaqa chuqur ma'noli kitob o'qimagandim. Menga juda ham yoqdi. Hatto shuncha yil u davlatga qo'shni bo'lib yashab, juda ko'p narsalarni bilmaganimni angladim. Odamni o'ylatadigan, mushohada qilishga majbur qiladigan asar.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #54 : 12 Iyul 2006, 06:07:16 »
AbdulAziz:

Harun Yahya kitoblarini internetdan olsa bo'ladi.
www.harunyahya.ru saytidan muallifning rus, ingliz, fransuz, turk va boshqa tillardagi kitoblarini bemalol download qilib olsangiz bo'ladi.

O'zbekistonda ham Harun Yahyaning birqancha kitoblari o'zbek tilida chop etilgan. Ulardan biri - "Islom terrorni la'natlaydi" asarini saytimizdan ham olishingiz mumkin.

Shuningdek, Chorsuda ochilgan "Ixlos" savdo do'konidan ham Harun Yahyaning ruschga kitoblarini topsangiz bo'ladi.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #55 : 12 Iyul 2006, 06:07:28 »
Aziz:

Salom Men yana sizlar bilan aloqaga kiriha boshlaganimdan hursandman.
Hozirda Sadulla Siyoyevning "Yassaviyning so'nggi safari" romanini o'qiyapman. Sizlarga ham tavsiya qilardim, ibratli jihatlar ko'p, shuningdek ongu shuurra yaxshilik urug'ini mutolaa davomida joylab boradi.
5 ta kitob masalasini ham o'ylab ko'rsam, albatta, javob yozaman. Lekin Quroni Karimni albatta olgan bo'lardim.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #56 : 12 Iyul 2006, 06:07:52 »
Muslim:

man hozir Elvin Tofflerning "Uchinchi to'lqin" nazarisini o'qiyapman.Hudo xohlasa Navoiyning "Xamsa" sini boshlamoqchiman.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #57 : 12 Iyul 2006, 06:08:09 »
Maknuna:

Assalomu alaykum!
Man yaqinda "saodat asri qissalari" kitobini o'qidim.
Judayam zo'r kitob ekan. Payg'ambarimiz Muhamad sav hayotlari haqida ekan. Juda maza qilib o'qidim.
Sizlarga ham tavsiya etaman.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #58 : 12 Iyul 2006, 06:08:29 »
Mubashshir:

Assalamu alaykum.Men ohirgi marta Bakir Yuldizning "Karbalo fojeasi yohud muminlar,zolimlar va qasoskorlar"kitobini uqib chiqdim. Qalbni larzaga keltiradigan kitob ekan uqimaganlar bulsa tavsiya qilaman.Shu kitobni uqib chiqdimu naligacha uzimga kelmadim, bilasizmi, hozirgacha undagi Hazrati Ali va ul zotning o'g'illarini fojeali o'limini ko'z oldimdan ketkazolmayman. Meni bittta savol qiynaydi,nahot Muhammad s.a.v. ko'rgan va Ul Zotni suhbatlarini olgan "musulmonlar" shunday qabih gunohga qo'l urishgan bulishsa?Shu savolni javobini topolmay qiynalaman.Alloh u buyuk Zotlarni O'z rahmatiga olgan bulsin.Amiyn.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?
« Javob #59 : 12 Iyul 2006, 06:08:54 »
AbdulAziz:

Va alaykum assalom Mubashshir!
Ha, albatta payg'ambarimiz Muhammad SAV vafotlaridan ko'p o'tmay ummat orasida firqalanish, taqvodan uzilish holatlari bo'ldi. Usmon zinnuraynning qatl qilinishi, Ali karammallohu vajhning o'ldirilishi ummat boshiga tushgan buyuk musibatlardan biri edi.
Bu ham Allohning bir hikmati edi. Hidoatni, taqvoni Alloh beradi. Hatto sahobalar ham adashishlari mumkin.
Bunday holatlarni ko'rib bizlar ibrat olmog'imiz uchun ham mana shu holatlar yuz bergan.

 

Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?

Muallif MargilanetsBo'lim Umumiy

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 16335
So'nggi javob 13 Sentyabr 2013, 21:37:48
muallifi Muxsiya
Islomiy kitoblar bo'limi: mulohazalar, takliflar, qaysi kitobni o'qimoqchisiz

Muallif Abu MuslimBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 140
Ko'rilgan: 93034
So'nggi javob 05 Mart 2016, 18:04:24
muallifi farruhbek81
Bugungi kunda tilimizning saviyasi qanday darajada???

Muallif MuattarBo'lim Umumiy

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 10703
So'nggi javob 01 Dekabr 2009, 21:53:56
muallifi Shokir63
Vanga qanday davolagan?

Muallif NodiBo'lim Salomatlik

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 11733
So'nggi javob 11 Noyabr 2012, 23:24:34
muallifi Bobur Sharipov
Risoladagi turmush o'rtoq qanday bo'lishi lozim?

Muallif MuslimаBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 85
Ko'rilgan: 37975
So'nggi javob 05 Iyul 2011, 17:45:59
muallifi Humayro