Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 255769 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 60 B


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:06:18

AbdulAziz:

AbdulAziz:

Harun Yahyaning Benuqson mum uya qura oladigan ASALARILAR (ПЧЕЛЫ которые умеют строить безупречные соты) kitobini kecha o'qib chiqdim.
Bolalar uchun mo'ljallangan bu kitob judayam qiziq ma'lumotlarga boy ekan. Ayniqsa kitobning dekorativ tuzilishi, rasmlar bilan bezalganligi har bir yosh bola tugul, kattalarni ham risolani mutolaa qilib chiqishga undaydi.

Bu kitob aslida ilmiy risola bo'lib, muallif uni bolalarga xos uslub bilan bayon qiladi. Timur ismli bola otasi bilan o'rmonga borib bir asalari bilan tanishib qoladi. Asalari esa Timurga o'zining hayot va xizmat tarzi haqida gapirib beradi. Mana shu jarayonda birqancha ilmiy haqiqatlar oshkor bo'ladi. Bola asta-sekin
- Asalarilar qanday dunyoga keladi?
- Nima uchun minglab asalarilar bir uyada yashaydilar-u, bir-birlari bilan "urishmaydilar?"
- Asalarilar uyalarini qanday yig'ishtiradilar?
- Katta chiqindilarni yo'q qilish uchun ishlatiladigan propolis moddasini qayerdan oladilar?
- Asalarilar qanday qilib asal ishlab chiqaradilar?
- Geometriya, algebrani o'qimagan asalarilar qanday qilib, mohir muhandislardek mukammal uya qura oladilar?
- Nima uchun asalari uyasi oltiburchakli bo'ladi?

kabi savollarga javob oladi.

Timur o'zimining olgan bilimlari va mulohazalari asosida otasiga "Qanday qilib mana shu aqlsiz, hech qayerda o'qimagan mittigina jonzotlar shuncha ishni amalga oshira oladi?" deya savol beradi. Otasi esa shunday javob qiladi: "To'g'ri aytasan Timur. Haqiqatda asalarilar bizga o'zlarining mohirona san'atlarini namoyish qilishadi. Lekin bizni hayron qoldiradigan faqat asalarilarmi? Dunyodagi har bir jonzor, har bir modda mustahkam qurilishga ega va uning Yaratuvchisi borligiga guvohlik beradi. Kel, oldin men asalarilar haqidagi savolingga javob beray. Quyidagi oyatlarni diqqat bilan tingla: 
"(Ey Muhammad), Parvardigoringiz asalariga vahiy — amr qildi: "Tog‘larga, daraxtlarga va (odamlar) quradigan inlarga uya sol. So‘ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoring (sen uchun) oson qilib qo‘ygan yo‘llardan yur!" Uning qornidan odamlar uchun shifo bo‘lgan alvon rangli ichimlik - asal chiqur. Albatta, bu ishida tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibrat bordir" ("Nahl" surasi, 68-69-oyatlar).

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:06:30

Assalom:

Assalomu alaykum!
Man ham Horun Yahyoning birqancha dokumentalniy filmlarini ko'rganman. Judayam zo'r filmlar.
Mana shu kitoblarni qayerdan topsak bo'ladi?
O'zbek tiliga tarjima qilinganlari ham bormi?

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:06:45

Maknuna:

Bu kunda uy yumushlaridan ortib ikkita kitobni mutolaa qildim. Juda zo'r kitoblar ekan.
Biri Ahmad Lutfiyning "Saodat asri qissalari" degan kitobi, afsuski, bu kitobning 2-3-qismlari manda yo'q ekan, birinchi qismiyam juda go'zal ekan, o'qib mazza qildim.
Ikkinchi kitobim, "Oylik hilol taqvimi" juda zo'r maqolalari bor ekan.
Boshqalarga ham tavsiya etaman.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:06:58

Feruzabegim:

Men yaqinda bitta kitobni tugatdim.
Xolid Husayniyning "Varrak uchiruvchi"(Kite Runner) degan kitobi. O'qituvchim bu kitobni o'qisang bo'ladi deb tavsiya qilgandi, Afg'oniston haqida deb. shundan keyin o'qidim.
Umuman kitob Afg'onistonning tarixi haqida. Muallif nima bo'lganini o'sha yerning aholisi hayotidagi voqealar bilan aytib beradi. O'z vatanini tashlab, AQSH ga ketishga majbur bo'ladi, u yerda mashhur yozuvchi bo'lib yetishsa hamki, har dam "Vatanim" deb nafas oladi.
Bu kitobni o'qib, madaniyatimiz bir biriga qanchalik o'xshashligini bildim. Bu yerga kelganimdan beri hali bunaqa chuqur ma'noli kitob o'qimagandim. Menga juda ham yoqdi. Hatto shuncha yil u davlatga qo'shni bo'lib yashab, juda ko'p narsalarni bilmaganimni angladim. Odamni o'ylatadigan, mushohada qilishga majbur qiladigan asar.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:07:16

AbdulAziz:

Harun Yahya kitoblarini internetdan olsa bo'ladi.
www.harunyahya.ru saytidan muallifning rus, ingliz, fransuz, turk va boshqa tillardagi kitoblarini bemalol download qilib olsangiz bo'ladi.

O'zbekistonda ham Harun Yahyaning birqancha kitoblari o'zbek tilida chop etilgan. Ulardan biri - "Islom terrorni la'natlaydi" asarini saytimizdan ham olishingiz mumkin.

Shuningdek, Chorsuda ochilgan "Ixlos" savdo do'konidan ham Harun Yahyaning ruschga kitoblarini topsangiz bo'ladi.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:07:28

Aziz:

Salom Men yana sizlar bilan aloqaga kiriha boshlaganimdan hursandman.
Hozirda Sadulla Siyoyevning "Yassaviyning so'nggi safari" romanini o'qiyapman. Sizlarga ham tavsiya qilardim, ibratli jihatlar ko'p, shuningdek ongu shuurra yaxshilik urug'ini mutolaa davomida joylab boradi.
5 ta kitob masalasini ham o'ylab ko'rsam, albatta, javob yozaman. Lekin Quroni Karimni albatta olgan bo'lardim.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:07:52

Muslim:

man hozir Elvin Tofflerning "Uchinchi to'lqin" nazarisini o'qiyapman.Hudo xohlasa Navoiyning "Xamsa" sini boshlamoqchiman.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:08:09

Maknuna:

Assalomu alaykum!
Man yaqinda "saodat asri qissalari" kitobini o'qidim.
Judayam zo'r kitob ekan. Payg'ambarimiz Muhamad sav hayotlari haqida ekan. Juda maza qilib o'qidim.
Sizlarga ham tavsiya etaman.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:08:29

Mubashshir:

Assalamu alaykum.Men ohirgi marta Bakir Yuldizning "Karbalo fojeasi yohud muminlar,zolimlar va qasoskorlar"kitobini uqib chiqdim. Qalbni larzaga keltiradigan kitob ekan uqimaganlar bulsa tavsiya qilaman.Shu kitobni uqib chiqdimu naligacha uzimga kelmadim, bilasizmi, hozirgacha undagi Hazrati Ali va ul zotning o'g'illarini fojeali o'limini ko'z oldimdan ketkazolmayman. Meni bittta savol qiynaydi,nahot Muhammad s.a.v. ko'rgan va Ul Zotni suhbatlarini olgan "musulmonlar" shunday qabih gunohga qo'l urishgan bulishsa?Shu savolni javobini topolmay qiynalaman.Alloh u buyuk Zotlarni O'z rahmatiga olgan bulsin.Amiyn.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:08:54

AbdulAziz:

Va alaykum assalom Mubashshir!
Ha, albatta payg'ambarimiz Muhammad SAV vafotlaridan ko'p o'tmay ummat orasida firqalanish, taqvodan uzilish holatlari bo'ldi. Usmon zinnuraynning qatl qilinishi, Ali karammallohu vajhning o'ldirilishi ummat boshiga tushgan buyuk musibatlardan biri edi.
Bu ham Allohning bir hikmati edi. Hidoatni, taqvoni Alloh beradi. Hatto sahobalar ham adashishlari mumkin.
Bunday holatlarni ko'rib bizlar ibrat olmog'imiz uchun ham mana shu holatlar yuz bergan.

Qayd etilgan