Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 381530 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 B


BilmasOY  13 Yanvar 2013, 00:14:14

Assalamu alaykum!
   Hozir to'g'risi badiiy kitobga vaqt topolmayapman, faqat maktab va litsey darsliklarini takrorlash, abituriyentlar uchun qo'llanmalar, testlar.. Akam Rauf Cilasun ning "Bir annenin feryadí" kitobini sovg'a qilgandilar, ilohim, imtihondan keyin, shu kitobni boshladim, deb yozish nasib etsin..

Qayd etilgan


Salsabil  13 Yanvar 2013, 04:39:28

Ahmed Gunbay Yildiz ning "Kiralik hayaller", "Cicekler susayinca", "Yanik bug`daylar", "Kayip sabahlar", "Afedersin hayat", "Figan" kitoblarini o`qib chiqdim. Hammaga tafsiya qilgan bo`lardim... Shunaqangi ajoyib kitobla hammasi islom dinini shunaqa chiroyli yoritgan... Asl Islom tarbiyasi chiroyli ifodalab berilgan...

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  14 Yanvar 2013, 00:12:18

Koreys yozuvchisi Kim Jong Xyon qalamiga mansub "OTA" qissasini o'qiyapman. Asar 1996 yilda nashrdan chiqqan bo'lib, butun Koreyani yig'latgan asar deyishyapti.Haqiqatan g'amgin qissa ekan. Bedavo dardga chalingan o'rta yoshlardagi otaning o'z oilasi va farzandlariga bo'lgan mexr-muxabbati haqidagi ajoyib asar! Nasib qilsa, shu qissani o'zbek tiliga tarjima qilmoqchiman.
Avval ham bir-ikki kitobni tarjima qilaman degan edingiz, ular nima bo'ldi?

Qayd etilgan


kamoliddinov  14 Yanvar 2013, 03:17:51

3 kun avval Mexrobdan chayon asarini tugatdim. 1 chi marta o'qishim edi. Juda qattiq tasir qildi. Hatto bir necha kun ishda ham huddi hozirgi yashab turgan muhitda emas, shu 200 yillar oldingi xon davridagi muhitda his qildim. Anvar obrazi juda yoqdi. Qodiriy narsalarni shunaqa tasvirlaganki, o'zimni ko'zim bgilan ko'rsam ham, ko'zim manga narsalarni qodiriy qalamadan zo'r qilib tasvirlab bera olmasa kerak deb qoldim. Kitob man uchun eng yahshi asarlardan biri shundoq ham bo'lar edi, Lekin kitobni ohirida yozuvchi Anvar haqida aniq malumot berib uni haqiqatda bo'lgan shaxs (Qo'qon dan qochib Toshekntning eski jo'va mahllasida yashagan) degan gapi tamoman mani kitobga mahliyo qildi. Anvar kabi insonlar biz yashayotgan o'lkada o'sib ulg'ayganini eslab odam quvonasan.
Kitobni shu ziyouz.com kutubhonasidan eletron versiyasini olib o'qidim. Kitobni joylaganlardan Olloh rozi bo'lsin.

Eni Qaysi kitobni o'qisam ekan deb turibman. Dostoevskiy ni "Лреступление и наказание" kitobini o'qisammi deb turibman shu asar zo'r deyisgan edi. Lekin manga jahon adabiyotidan o'zbek adabiyoti ko'proq yoqadi.

Qayd etilgan


kamoliddinov  14 Yanvar 2013, 03:20:15

:asl3:
Ayni paytda Toxit Malikni, "voy Onajonim" degan kitobini o'qiyapman judayam  yoqdi ...
AA, Link bormi shu asarga?

Rahmat

Qayd etilgan


kamoliddinov  14 Yanvar 2013, 03:24:39

Chingiz aytmatovni "Cassandra tamg'asi" asarini 4 oycha oldin boshlab yarmiga kelganda o'qigim kelmay qoldi. Manga asar butublay yoqmadi. O'qiganlar bo'lsa nima deysizlar? Sizlarning firklaringiz qanaqa?

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2013, 09:54:07

Gabriel Garsia Markesning "Buzrukning kuzi" romanini eshitib chiqdim (Baraka topsinlar, Ibrohim G'afurov juda mahorat bilan tarjima qilibdilar).
 
Yana Aleksandr Dyumaning "Graf Monte Kristo" romanini ham tugatdim.

Den Braunning "Da Vinchi siri" asarini ham tugatdim. Lekin asarning g'oyasi,  ayniqsa, Iso Masih haqidagi turli uydirma va tuhmatlari menga yoqmadi. Asarda yahudiylik, nasorolik, ma'jusiylik, sionizm g'oyalari mohirona qorishtirib tashlangan. Iso alayhissalom haqidagi uydirmalarga kelsak, musulmon shaxs uchun Iso Masih haqida Qur'on va sahih hadislarda keltirilgan ma'lumotlar kifoya qiladi. Zero, aynan nasoro olamidagi turli mazhablarning ham Iso Masih haqidagi aytayotganlari bir-birini inkor etayotganligi fikrimizga dalildir.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  14 Yanvar 2013, 11:28:50

Tohir Malikning "Devona" asarini o'qiyapman...

Qayd etilgan


Muxsiya  28 Fevral 2013, 17:27:52

Abdulla Qahhorning "Muhabbat" asarini o'qib tugatdim hozir "O'tmishdan ertaklar" asarini o'qimoqdaman judayam ajoyib zo'r asarlar ekan o'qimaganlar bo'lsa tavsiya qilaman
Aytgande buni ziyouzdan yukladim uni yuklaganlarga va admin akaga rahmat aytaman

Qayd etilgan


Aqoid  01 Mart 2013, 04:44:27

L. Tolstoy " Iqrornoma" ni o'qiyapman.

Qayd etilgan