Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 381196 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 60 B


Mars  26 Fevral 2008, 13:26:02

Menga Hadisi Qudsiyni o'qishni tavsiya qilishgandi.hozir o'shani qidiryapman.Qayerdan topsam bo'ladi?

Qayd etilgan


Sakina  03 Mart 2008, 23:46:18

Saodat asri qissalarini o'qivomman :) Payg'ambarimiz Sarvari (s.a.v) koinotni tarihlarini o'rganish juda ham kotta sharaf ..... 

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Mart 2008, 19:38:21

"Dinda savolim bor" kitobining 6-jildini o'qib chiqdim.
Birqancha fiqhiy masalalarga javob berilgan ekan.
Inshaalloh http://islom.ziyouz.com ni kuzatib tursangiz shu fatvolardan beramiz.

Qayd etilgan


Robiya  19 Mart 2008, 09:04:40

Assalomu alaykum! Ayni damda yana bir marta Imom G'azzoliyning "Mukoshafat -ul qulub" asarini o'qiyapman. Asardan mana bu parchani sizlarga havola qilaman:

"¦ Insonlar jahannamga yaqinlashgan vaqtlarida jahannam g’azabdan o’kirayotgan bo’ladi. Holbuki, bu o’kirish, bu jazava besh yuz yillik uzoq masofadan eshitilayotgan bo’ladi. Shu payt barcha insonlar, hatto payg’ambarlar ham "œVoy jonim, voy jonim" deb o’z dardlariga qovriladilar. Faqat payg’ambarlarning eng sarasi Hazrat Muhammad salallohu alayhi vasallam o’z jonini unutadi. "œVoy ummatim, voy ummatim" deya nola qiladi? Shunda jahannamdan tog’day mahobatli olov parchasi chiqadi. Hazrat Muhammadning ummati bu olov parchasini daf qilmoqchi va o’zlaridan yiroqlashtirmoqchi bo’lib:
-   Namoz o’qiganlar, ro’za tutganlar, haqiqatdan yuz o’girmaganlar va ixlosli kishilar haqqi, qayt orqaga, ket! — deydilar.

Lekin u ketmaydi. Shu payt Jabroyilning ovozi guldiraydi:
-   Olov parchasiga Muhammadning ummati qasd qilayotir!

So’ngra Jabroyil bir bordoq suv keltirib payg’ambaraimizga uzatadi.
-   Ey Ollohning rasuli, ol buni, olovning ustiga sep! — deydi

Payg’ambarimiz suvni oladi va olovga sepadi. Odamlar olov darhol so’nganini ko’radilar. Payg’ambarimiz Jabroyildan so’raydi:
-   Ey Jabroyil, bu suv nima edi?

Jabroyil javob beradi:
-   Ey Ollohning rasuli, bu — ummating orasidagi osiylarning yolg’iz Ollohdan qo’rqib oqizgan ko’z yoshlari. Hozirgina menga, olovga sochib o’chirishing uchun, uni senga berishim amr etildi.

Payg’ambarimiz shunday duo qildilar:
-   Ollohim, menga o’lmasimdan oldin, sendan qo’rqib yig’laydigan ikki ko’z ber!


Umr o’tdi, kechirgaysan, Ilohim!
Ko’zim yoshli: axir ko’p-ku gunohim"¦



Qayd etilgan


AbdulAziz  24 May 2008, 09:13:35

So'nggi o'qigan kitobim Said Ahmadning satirik hikoya va intermediyalaridan iborat "Sobiq o'g'ri" kitobi bo'ldi. Bu kitobdagi hikoyalarda muallif jamiyatdagi juda ko'pgina muammolar, ayniqsa insonlar o'rtasidagi munosabatlarni kulgu ostiga olgan.

Bu hikoyalarni shu yerdan o'qishingiz mumkin:
Yo’g’on tepa (hikoya). Said Ahmad
Kataysa (hikoya). Said Ahmad
Bosh og’rig’i (hikoya). Said Ahmad
Sobiq o’g’ri (hikoya). Said Ahmad
Paypoq (hikoya). Said Ahmad
Oshqovoq, 2 (hikoya). Said Ahmad
Nomi yo’q to’y (hikoya). Said Ahmad
Birinchi muhabbat (intermediya). Said Ahmad
Sinovchi ichuvchi (intermediya). Said Ahmad
Tabelchi (intermediya). Said Ahmad
Meni kechiring (intermediya). Said Ahmad

Qayd etilgan


Muzayyana  26 May 2008, 17:31:00

Assalomu alekum!
MAn muslima qizlarimizga Xolid Ertug'luning "O'zini qidirgan ayol" va uni davomi sifatida "Qidirganini topgan ayol" mana shu kitobni o'zim o'qib chiqdim va tavsiya qilaman. Juda ajoyib ibrat maktabi bo'ladi...muslimalarga.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  26 May 2008, 18:11:32

Тоҳир Малик. "Тилла каламуш". Ҳажвий қисса ва ҳикослар,
ва сна...
          Ziyouz.com кутубхонасидан 21-асрда Ислом, Тоҳир Маликнинг "Мурдалар гапирмайдилар" , Ахмад Лутфи нинг "Ўгай она" китобларини сқидим. Буларни газетадан сқиганман, лекин сна қайта сқиганимдан хурсандман. "Ўгай она"ни скиган инсонни ксзига ёш келиши тайин. Шундай ибратли қиссаларни кино қилишса бсларди олди-кочди севги ҳикосларидан ксра. Чунки ҳозир китоб сқишдан ксра кспроқ кино ксришади (китоб сқишга кспчиликда шароит йсқ, кинонинг аудиторисси кенг) ва албатта одамларга ижобий таъсири катта бсларди деб уйлайман....

Qayd etilgan


Furqat_Hasanovich  26 May 2008, 21:11:12

Men ayni paytda  hech qanaqa kitob o'qimayapman oxirgi marta 2 yil oldin Pirimqul Qodirovni "Yulduzli Tunlar"  va  "Avlodlar dovoni" degan kitoblarini o`qigandim.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  05 Avgust 2008, 16:02:58

Улуғбек Ҳамдамнинг "Мувозанат" деган китобини сқиб чиқдим, схши асар скан, тавсис қиламан.

Qayd etilgan


registan  05 Avgust 2008, 18:41:06

Aziz Nesin "Aferin"

Qayd etilgan