Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 381194 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 60 B


Mashhura  19 Avgust 2006, 13:43:23

Assalomu alaykum!
Men hozir Stendalning "Qizil va qora"sini o'qiyapman. Juda asta o'qiyotganimga qaraganda zerikarli bo'lsa kerak. Zamon tezlashib ketganlgi uchunmi 400 betlik narsalar juda ko'p tuyulayaptimi????????????????????????????????????????? :o :o ???.

Qayd etilgan


Mohinur  29 Avgust 2006, 07:42:49

Assalomu alaykum!
Men hozir Stendalning "Qizil va qora"sini o'qiyapman. Juda asta o'qiyotganimga qaraganda zerikarli bo'lsa kerak. Zamon tezlashib ketganlgi uchunmi 400 betlik narsalar juda ko'p tuyulayaptimi????????????????????????????????????????? :o :o ???.

Men ham Stendalning "Parma ibodatxonasi" asarini o'qigandim.

Qayd etilgan


yabancicek  13 Sentyabr 2006, 01:23:23

Men kechagina Efreim Sevelaning "To'xtating samolyotni, tushib qolaman" asarini tugatdim. Muammolarni yumor orqali ta'sirchan ochib berilganligi menga juda yoqdi.

Qayd etilgan


Akmal  13 Sentyabr 2006, 15:50:19

Мен "Кизил ва кора"ни хам "Парма ибодатхонаси"ни хам укиб чикканман. Ростдан хам ута зерикарли асар (менимча).
Хозирги кунда Microsoft нинг Windows XP professional дегани китобини укияпман. Мана турт ой булдики, хеч укиб тугата олмаяпман. Ушбу китоб оркали Windows XP буйича жуда куп нарсаларни урганса булади.

Qayd etilgan


Nodi  14 Sentyabr 2006, 19:54:34

Men kechagina Efreim Sevelaning "To'xtating samolyotni, tushib qolaman" asarini tugatdim. Muammolarni yumor orqali ta'sirchan ochib berilganligi menga juda yoqdi.

Juda qiziqarli asarga o'xshaydi nomlanishidan.
Biroz hikoya qilib bera olmaysizmi?

Qayd etilgan


Foniy  26 Sentyabr 2006, 22:02:52

Assalomu alaykum!
Mohi Ramazon Muborak bo'lsin!
Oxirgi o'qiganlarim:
Haqiqiy sevgi, Salang, O'tkan kunlar, Hazrati Ali haqida aniq haqiqat...
Hozir o'qiyotganim:
Xoja Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat"ini o'qiyapman: "Maning hikmatlarim dardsizga aytmang...", "Fazkurulloh kasiyron(Ollohni ko'p eslanglar)", "Kulli yavmin batar(Har bir kunning oxiri bor)"...

Qayd etilgan


shoir  01 Oktyabr 2006, 06:46:41

Assalomu alaykum!
So'nggi o'qiganim Luqmon Bo'rixonning "Jaziramadagi odamlar" asaridir.
Juda yaxshi roman chiqibdi. Muallifning birinchi romani ekan.
Yozuvchining usuli Murod Muhammad Do'st, Tog'ay Murod va Erkin A'zamlarnikining qorishmasiga o'xshaydi.

Qayd etilgan


Foyfull  08 Noyabr 2006, 15:25:03

Salom. savoliz juda yahsi ekan. chunki bu orqali yoshlarni nimalarga qiziqishlari bilib olsa bo`ladi. o`zim huquqshunoslik fakultetida o`qiyotganim bois ko`p roq detektiv kitoblarga qiziqaman. man hozirda Tohir Malikni Shaytanat asarini o`qiyotgan edim . man bu asarni bir necha marotaba o`qigan bo`lsamda uni har safar o`qiganimda o`zimga yangigan yangi ma'lumotlar va brazlar kashf etaman.

Qayd etilgan


_Otabek_  13 Noyabr 2006, 15:51:50

Ayni paytda o'qiyapman: Xurshid Davron. Amir Temur nabirasi. Sharq n., 1995.

Qayd etilgan


Shahina  04 Dekabr 2006, 23:39:42

Assalomu alaykum!
Tohir Malikning "Iblis devori" asarini o'qidim.

Qayd etilgan