Men odatda bir paytda, kayfiyatga qarab, bir necha kitoblarni o'qiyman.
Ba'zi kitoblarni bir o'qishni boshlasam qo'limdan qo'ymayman.
Biror kitobni o'qishdan avval, ko'pincha, uning muallifi tarjimai holi bilan qiziqaman. Yaxshi insondan yaxshi narsa chiqadi, degan fikrga qo'shilaman.
Shu kunlarda avar shoiri marhum Rasul Hamzatning "Mening Dog'istonim" nasriy asarini o'qiyapman.