Oxirgi paytda Hazrat Navoiyning asarlarini o'qibman.
"Layli va Majnun", "Lisonut-tayr" dostonlarini o'qish bilan birgalikda, "Muhokamatul-lug'atayn"ni ham mutolaa qildim. Hazrat turk tilining forsiydan ustun ekanligini rad qilishning imkoni bo'lmagan misollar bilan bayon qilibdilar. Birgina "Yig'lamoq" degan so'zning holatga qarab, 10 da ortiq ma'nolardagi sinonimlarini keltirganlar. O'qib juda maza qildim.
Hazratning islomiy asarlarini o'qir ekanman, buyuk ilm sohibi bo'lganliklariga yana ishonch hosil qildim. "Arbain"da Rasululloh SAVdan 40 ta sahih hadisni olib, shunga ruboiy bitgan ekanlar. "Munojot"dagi go'zal duolar har bir musulmonning qalbini yayratadi. "Sirojul-muslimiyn"da esa ba'zi aqidaviy va fiqhiy mas'alalar sodda til bilan, nazmda bayon etilgan.