Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 381321 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 60 B


shoir  11 Mart 2009, 16:08:44

Shu kunlarda avar shoiri marhum Rasul Hamzatning "Mening Dog'istonim" nasriy asarini o'qiyapman.

Bu asar o'zbekchaga tarjima qilinganmi?

Qayd etilgan


Muzayyana  23 Mart 2009, 11:41:56

Man busa yaqindagina sotib olgan kitobimni o'qishni boshladim, lekin juda sekin o'qiyapman. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlarining "Ruhiy tarbiya" kitobining 1-juzini boshladim. Forumdoshlargayam taklkif qilaman shu kitobni o'qib chiqishni va undagi gaplarni tadabbur qilishni.
Kitob 3ta juzda berilgan.

Qayd etilgan


Mashhura  23 Mart 2009, 14:35:49

Jaloliddin Rumiyning "Ichindagi ichindadir"ini yana o`qishga kirishdim. Ancha vaqtdan beri sog`ingan ekanman.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 Mart 2009, 16:44:53

Man busa yaqindagina sotib olgan kitobimni o'qishni boshladim, lekin juda sekin o'qiyapman. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlarining "Ruhiy tarbiya" kitobining 1-juzini boshladim. Forumdoshlargayam taklkif qilaman shu kitobni o'qib chiqishni va undagi gaplarni tadabbur qilishni.
Kitob 3ta juzda berilgan.


Men ham bu kitobning 3 ta juzini sotib oldim. Bir-bir varaqlab, mavzularini ko'rib chiqdim. InshaAlloh o'qishni ham nasib aylasa,  miriiqib o'qib chiqaman.

Hozirgi paytda esa tahrirga berilgan kitoblarni o'qiyapman. Jumladan ayni paytda "Fir'avnlar mamlakati" ni o'qimoqdaman.

Qayd etilgan


BaÑ…tiyor  24 Mart 2009, 04:12:40

Ayni damda man " Gunohi kabiralar " risolasini o'qiyapman, tarjimon va nashrga tayyorlovchi Shayx Abdulaziz Mansur.

Qayd etilgan


Muzayyana  27 Mart 2009, 11:47:35

Man busa yaqindagina sotib olgan kitobimni o'qishni boshladim, lekin juda sekin o'qiyapman. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlarining "Ruhiy tarbiya" kitobining 1-juzini boshladim. Forumdoshlargayam taklkif qilaman shu kitobni o'qib chiqishni va undagi gaplarni tadabbur qilishni.
Kitob 3ta juzda berilgan.


Men ham bu kitobning 3 ta juzini sotib oldim. Bir-bir varaqlab, mavzularini ko'rib chiqdim. InshaAlloh o'qishni ham nasib aylasa,  miriiqib o'qib chiqaman.

Hozirgi paytda esa tahrirga berilgan kitoblarni o'qiyapman. Jumladan ayni paytda "Fir'avnlar mamlakati" ni o'qimoqdaman.

MashAllah, albatta o'qib chiqing, juda yaxshi kitob ekan, mana 1-juzini o'qishni boshlab, bosh ko'targim kemiy qoldi shu kitobdan!

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Mart 2009, 19:51:45

Oxirgi paytda Hazrat Navoiyning asarlarini o'qibman.

"Layli va Majnun", "Lisonut-tayr" dostonlarini o'qish bilan birgalikda, "Muhokamatul-lug'atayn"ni ham mutolaa qildim. Hazrat turk tilining forsiydan ustun ekanligini rad qilishning imkoni bo'lmagan misollar bilan bayon qilibdilar. Birgina "Yig'lamoq" degan so'zning holatga qarab, 10 da ortiq ma'nolardagi sinonimlarini keltirganlar. O'qib juda maza qildim.

Hazratning islomiy asarlarini o'qir ekanman, buyuk ilm sohibi bo'lganliklariga yana ishonch hosil qildim. "Arbain"da Rasululloh SAVdan 40 ta sahih hadisni olib, shunga ruboiy bitgan ekanlar. "Munojot"dagi go'zal duolar har bir musulmonning qalbini yayratadi. "Sirojul-muslimiyn"da esa ba'zi aqidaviy va fiqhiy mas'alalar sodda til bilan, nazmda bayon etilgan.

Qayd etilgan


ibnUyayna  28 Mart 2009, 00:16:51

Assalamu alaykum wr wb!
Manam Ruhiy tarbiyani 1 juzini 3-4 marta o`qidim,juda yaxshi kitob,amal qilish nasib qilsin o`qiganlarimizga.Qani endi 3-4 juzlari ham bo`lsa edi...
 

Qayd etilgan


siddiqa  28 Mart 2009, 06:50:02

Assalamu alaykum wr wb!
Manam Ruhiy tarbiyani 1 juzini 3-4 marta o`qidim,juda yaxshi kitob,amal qilish nasib qilsin o`qiganlarimizga.Qani endi 3-4 juzlari ham bo`lsa edi...
 
bu kitob 3 ta kitob bo'lib chiqqan ,Alhamdulillah 2 3 juzlari ham chiqdi .hozir 2-juzi "tiklanish"    ni o'qiyotgandim.juda tushunarli qilib yozganlar .Alloh shayh MSMY dan rozi bo'lsin .                  '

Qayd etilgan


Abdullоh  28 Mart 2009, 11:14:25

Jaloliddin Rumiyning "Ichindagi ichindadir"ini yana o`qishga kirishdim. Ancha vaqtdan beri sog`ingan ekanman.
shu kitobni topolmay yuribman,qaysi do'kondan oldiz? o'zimda 2ta boredi,yo'qotib qo'ydim :(
Ruhiy tarbiyani 2,3 juzlariham 1 chisidek ajoyib bo'lsa keraga?...narxi ham 6 ming atrofida edi ilk chiqqan paytlari,ko'tarilmabdimi?

Assalomu alaykum. Chorsudagi masjidning oldida, ya'ni Shayh hazratlarining do'konida sotilmoqda. Bir juzining narxi 6000 so'm.

Qayd etilgan