Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 254938 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 60 B


Muhyiddin  26 Oktyabr 2009, 17:02:22

Asarning qisqacha mazmuni va undan ayrim parchalar:

...Aslida otasiz tug’ilgan bir bola taqdir taqozosi bilan eng yuksak lavozimgacha — prezidentlikkacha ko’tariladi. U juda uzoq yashaydi va bu kursini hadeganda bo’shatmaydi... U haqiqiy voqe’likdan uzilgan, yolg’iz o’zi uchun birgina nusxada chop etiladigan gazetani o’qib, faqat ungagina yoqadigan ko’rsatuv va reklamalar qo’yiladigan telekanalni ko’radigan kishi... O’zini o’rab turgan muhitga doim shubha bilan qaraydi, qo’rqib yashaydi, ko’ziga yomon ko’ringanlarni bir bahonayu sabab bilan gumdon qiladi... Ko’ngli tusagan ishni qiladi... Xotinlari, biri sog’ biri nosog’ tug’ilgan bolalari sonini o’zi ham yaxshi bilmaydi... (Hatto bu shu darajadaki, bir kuni u hovlida yurib ketayotib deraza oldidan o’tayotganida, ichkaridan doya xotinning: "œHukmdorim, o’g’il ko’rdingiz, o’g’il! Otini nima qo’yaylik?.." — degan so’roviga, befarqlarcha: "œNima qo’ysalaring qo’yavermaysanlarmi!" — degan ajablanarli javobni beradigan darajada...) Onasi olamdan o’tadi... Uni nima qilib bo’lsa ham avliyo-sanamlar qatoriga qonuniy qo’shish ustida muhokamalar o’tkazadi...
Lekin, hamma narsaning cheki-chegarsi bo’lganidek, uzoq hukmronlikdan so’ng, bir kuni kechasi, qo’qqisdan, eski dardi qo’zg’alib, paydo bo’lgan qattiq og’riq iskanjasida mash’um o’lim topadi!...

Qayd etilgan


Muhyiddin  26 Oktyabr 2009, 17:03:59

....U (general) shunday xulosaga kelardiki, qanchalik urinib-surnib yashamagin — baribir u faqat qanday yashashni o’rganishgagina yetadi — bu ham umrning eng so’nggi damida muyassar bo’ladi! U umr borasida bir xulosaga kelganda o’ldi... U jismoniy, hirsiy muhabbat o’rnini hokimiyatga muhabbat bilan bosishni mo’ljalga oldi, ko’ngil mulkida hokimiyatparaslik devini tarbiyaladi; u nafsini kazzoblik va jinoyatlar bilan boqdi, shafqatsizlik va nomussizlikda qad ko’tardi... U faqat bir narsani tushunmadi, hokimiyatparslik, hech to’ymas hokimyatparaslikni keltirib chiqaradi, u tushunmadi, hokimiyatga to qiyomat qoyimgacha to’yib bo’lmaydi, balki yana boshqa dunyolar tura turguncha unga to’yib bo’lmas!..

Lekin u axir bilardi boshdanoq: unga xushomad qiluvchilar uni aldaydilar, u bilardi, xushomad uchun naqdina oladilar, u bilardi, uni shodumon sharaflagan va unga mangu baxtiyor hayot tilagan izdihomlar harbiylarning qurolli kuchi bilan haydab keltiriladi; u bularning barini bilar va o’zini shu yolg’onga, shon-shuhratning shu tuban o’lponiga suyanib yashashga o’rgatgandi. Zero, o’zining son-sanoqsiz umrguzaronlik yillarida shunga takror-takror amin bo’lardiki, yolg’on - shubhalardan qulayroq, muhabbatdan nafliroq, haqiqatdan boqiyroqdir; u nomigagina hukmronlik qiladigan bo’lib qolgan paytlargacha yashab, endi hech narsaga ajablanib o’tirmaydigan darajaga yetgandi; u hamma narsa uning hukmidan chiqqan mahalda hukm yuritardi, u shon-sharafni batamom yo’qotganda, shon-sharflarga chulg’anardi, hech qanday obro’-e’tibori bo’lmagan holda qo’l ostidagilarning bo’ysunishidan taskin-tasalli topardi.

Umr kuzining xazongarchiligi boshlanganda, u shunga ishonch hosil qildiki, o’z hokimiyatiga hech qachon to’la ega bo’la olmaydi"¦, Zero, u bu hayotning yolg’iz orqa tomonigina bilishga mahkum.... hatto oxirgi damlarda ham anglolmadiki, haqiqiy hayot, chin hayot barchaning ko’z o’ngida edi... u ko’pchilik besh qo’lday yaxshi bilgan narsalarni bilishdan qo’rqar edi: ya’niki hayot nihoyatda mushkul va u yeldek tez o’tib ketgay, ammo boshqa qaytib kelmagay...!


Qayd etilgan


Muhseena  26 Oktyabr 2009, 18:08:26

Bu kitoblarni qayerdan sotib olsak bo'ladi?

Qayd etilgan


imlaah  26 Oktyabr 2009, 18:59:24

Uzmus Asar mazmuni bilan o'rtoqlashganiz uchun tashakkur.Ammo bu kitobga bo'lgan qiziqishimni ikki karra oshirob ham qo'ydingiz.Allah rozi bo'lsin.Yuqorida sanab o'tgan asarlaringizni barchasi ham bemalol o'qib ibratlanishga arziydigan kitoblar deb tahmin qilyabman.Imkon bo'lsa Abdulazizdan ham iltimosim shu kitoblarni elektron versiyasini topishda yordam bersalaringiz.

P.S.Kitob shundayin go'zal suhbatdosh o'zini so'zlarini bo'lishga botinmaydigan qilib qo'yadi qarshididagi suhbatdoshini.U "so'zlayveradi" siz esa "tinglashni " eplasangiz kifoya juda mazza qilib oromli suhbatdosh topgan bo'lasiz shunda...

Qayd etilgan


Muhyiddin  27 Oktyabr 2009, 10:32:23

Bu kitoblarni qayerdan sotib olsak bo'ladi?

O'zim Chorsudagi yangi "Kitoblar dunyosi" magazinidan olgandim. Bu kitoblarni yana Toshkentni qoq markazidagi "Sharq" ziyokori", Qatortoldagi "Yangi asr avlodi" nashriyotiga qarshli do'kondan yoki Navoiy ko'chasidagi "Ma'naviyat" va boshqa nashriyotlar do'konidan topish mumkin.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  27 Oktyabr 2009, 16:21:25

    Ақуббек Яквалхсжаев. Қайтар дунё. — Советларнинг миллатимиз зиёлиларига ксрсатган кирдикорлари, муҳожирларнинг хориждаги ачинарли қисматлари ҳақида чиройли баён стилган. Яқин орада бунақа пишиқ сюжетли асар сқимагандим.

   Жалолиддин А умий. — Ичиндаги ичиндадир. Форумчиларнинг афоризмлари мавзусида бир форумдош келтирган афоризмга нисбатан ушбу ибора ёдимга тушиб иқтибос келтириб схшатганимда, сқин кунлар ичида китоб дсконида айни  шу китобни ксриб қолишим хаёлимда ҳам йсқ сди (ҳикматли дунё). Ҳали сқимадим. Бу доимий сқиш, уқиш керак бслган китоблардан бири. 




Qayd etilgan


siddiqa  29 Oktyabr 2009, 09:33:02

 :as:

kursdoshimning qo'lida shu kitobni ko'rganimdan keyin judayam o'qigim kelganiydi ,
Tohir Malikning talvasa kitobi boshlanishidan qiziq tuyuldi ,jazo haqidagi oyatlar bilan ......

Qayd etilgan


Muhyiddin  21 Noyabr 2009, 20:36:48

Va'daga binoan, hozirgina kecha skaner qilganim, ikkita o'zim mazza qilib o'qigan hikoyalarni forumga joyladim. Sizlarga ham ma'qul kelar, degan umiddaman...

Ular Ibrohim G'afurovning "Hayo xaloskor" toplamidan olindi.

Bobrahimning sariq gullari. Ibrohim G'afurov (hikoya)

Amir Alisherning tavbasi. Ibrohim G'afurov (hikoya)

Asta-sekin qolganlarini ham vaqt topib qo'yishga harakat qilamiz...




Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Noyabr 2009, 19:30:52

Aziz Nesin, G'aroyib bolalar

Boshidan oxirigacha komediya. Yosh bolalarga atab yozilgan, lekin rosa kattalar o'qidigan kitob ekan.

Qayd etilgan


siddiqa  23 Noyabr 2009, 08:27:01

 :as:
bugun inshaAlloh nasib qilsa Dostoevskiyning Jinoyat va jazo asarini boshlayman ,bir birodarimiz bu kitobni o'qish uchun inson aaancha sabrli bo'lishi kk degandilar .

Qayd etilgan