Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 381301 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 ... 60 B


Lobar AZIZ  04 Yanvar 2011, 13:27:50

Ayni damda HAYOT kitobini o`qiyapman, "O`N TO`QQIZ"inchi bobni hademay tugatib, yaqinda "YIGIRMA"nchi bobga ham o`taman nasib bo`lsa... Shuncha bo`limni o`qib qo`yibman-u, biroq kitobdagi hikmatlarni keragicha uqiy oldimmikin deb o`ylayman... Kitob mundarijasi asosan to`rt qismga bo`lingan: BAHOR, YOZ, KUZ, QISH... Bu kitobning boshqalardan farqi, undagi ayni damda o`qiyotgan betlaringizdan keyingisini istasangizda oldindan o`qiy olmaysiz, biroq hohlasangiz, oldin o`qigan betlaringizga nazar tashlab, ulardan nima olganingiz-u, nima o`rganganingizni sarhisob qilishingiz mumkin... Bu kitobning hajmi qancha, yana qancha bo`limlari qoldi, voqealar rivoji qanday bo`ladi, bu ham mavhum... Ajabki, HAYOT kitobi har bandaga atab alohida-alohida bitilgan va yetti yarim milliarddan oshiq nusxada... Yana qanchadan-qanchasi nashr etilish arafasida.
HAYOT kitobining adadi qancha nusxada va hajmda, yana turfa janrda, voqealarda yozilganidan qat'iy nazar, muallifi bitta, u ham bo`lsa ALLOHdir!
HAYOT kitobimizning har bir varag`ini iymon nuri bilan bitgin, yo Rabbim...

Qayd etilgan


azizbek_mx  04 Yanvar 2011, 13:33:57

Dadaxon Nuriy, "Niqobsiz Amerika". Bugungi kun rossiya va amerika siyosatiga bag'ishlangan. Vatan tuyg'usi uyg'unlashtirilgan

Qayd etilgan


braupov  04 Yanvar 2011, 13:40:55

Ayni damda HAYOT kitobini o`qiyapman, "O`N TO`QQIZ"inchi bobni hademay tugatib, yaqinda "YIGIRMA"nchi bobga ham o`taman nasib bo`lsa... Shuncha bo`limni o`qib qo`yibman-u, biroq kitobdagi hikmatlarni keragicha uqiy oldimmikin deb o`ylayman... Kitob mundarijasi asosan to`rt qismga bo`lingan: BAHOR, YOZ, KUZ, QISH... Bu kitobning boshqalardan farqi, undagi ayni damda o`qiyotgan betlaringizdan keyingisini istasangizda oldindan o`qiy olmaysiz, biroq hohlasangiz, oldin o`qigan betlaringizga nazar tashlab, ulardan nima olganingiz-u, nima o`rganganingizni sarhisob qilishingiz mumkin... Bu kitobning hajmi qancha, yana qancha bo`limlari qoldi, voqealar rivoji qanday bo`ladi, bu ham mavhum... Ajabki, HAYOT kitobi har bandaga atab alohida-alohida bitilgan va yetti yarim milliarddan oshiq nusxada... Yana qanchadan-qanchasi nashr etilish arafasida.
HAYOT kitobining adadi qancha nusxada va hajmda, yana turfa janrda, voqealarda yozilganidan qat'iy nazar, muallifi bitta, u ham bo`lsa ALLOHdir!
HAYOT kitobimizning har bir varag`ini iymon nuri bilan bitgin, yo Rabbim...
:as:
Bir hil kitob o'qivotgan ekanmiz. Faqat man 24-bobni tugallsh arafasida turibman. Kitobning qizig' joyi ham aynan shun boblar ekan.
P.s. Kitobizi Boblari ko'p bolishi va mazmunli bo'lishiga tilakdoshman. :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Yanvar 2011, 14:02:28

:as:
Bir hil kitob o'qivotgan ekanmiz. Faqat man 24-bobni tugallsh arafasida turibman. Kitobning qizig' joyi ham aynan shun boblar ekan.
P.s. Kitobizi Boblari ko'p bolishi va mazmunli bo'lishiga tilakdoshman. :)

Shu bobda kitobingizga yangi qahramon qo'shilyaptimi deyman  : )
Iloyim, kitobingizning ijobiy qahramonlari ko'payaversin!
Sizga fasohatli, saodatli ikkinchi bosh qahramon ham nasib etsin!

Qayd etilgan


azizbek_mx  04 Yanvar 2011, 15:41:43

Haa, men esa, nasib qilsa, rosa to'qqiz oydan keyin o'n to'qqizinchi bobga o'taman. Eh, bu bobda oliy o'quv yurtidagi voqealarning guvohi bo'lish nasib qilishini Yaratgandan iltijolar qilib so'rayman. Duo qiling forumdosh...

Qayd etilgan


GRAND  04 Yanvar 2011, 16:23:06

Men xozirgi kunda sizi bizga mashhur bo'lgan Tohir Malikni SHaytanat nomli kitobini 5 faslini o'qiyaman.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  04 Yanvar 2011, 20:56:39

Men xozirgi kunda sizi bizga mashhur bo'lgan Tohir Malikni SHaytanat nomli kitobini 5 faslini o'qiyaman.
Kitobi qachon chiqdi? yo gazetada o'qiyapsizmi?
o'tgan oyi so'raganimda tenderga qo'yish kerak degandi.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  08 Yanvar 2011, 21:01:37

T.Malikning "Tilla kalamush" hajviy qissasini o'qiyapman, rosa ichakni uzyapti : )

Qayd etilgan


BilmasOY  09 Yanvar 2011, 18:54:43

Men ham Tohir malikning o'sha "sizu bizga mashhur" Shaytanat qissasini o'qiyapman. Kecha 1-kitobni tugatdim, bugun esa 2-kitobni boshladim.
  Kitobdagi tafsilotlar ayni hayotimizga mos, to'g'risi hayron qoldim adibimiz bunaqa ma'lumotlarni qayerdan topgan ekanlar deb... Ularga nisbatan hurmatim yanada oshdi... Umrlari ziyoda bo'lsin...
   Menga mana bu satrlar judayam yoqdi o'qib ko'ring:
  Zamonlar o'zgaradi, tuzumlar o'zgaradi, podsholar kelib-ketaberadi, bular - dunyonong ustidagi liboslar. Eski ko'ylak ustiga yangisi kiyilgani, vujud, qalb, insof, vijdon esa o'zgarmay qolabergani kabi, foniy dunyo aslini o'zgartirmaydi. Xalq yaratgan hikmatlar ham aslicha qolaveradi....

Qayd etilgan


ree7  10 Yanvar 2011, 00:32:06

T.Malikning "Tilla kalamush" hajviy qissasini o'qiyapman, rosa ichakni uzyapti : )

Shu kitobni Abdulaziz akaga vaqtinchalikka berib turolmaysizmi ))

Qayd etilgan