Tasavvuf 2hil. Biri sof tasavvuf, 2chisi falsafali tasavvuf. Komilov shu 2chi tasavvuf bo'yicha dars beradi.
Maylida Mo'min Mirzo. Ziyouzdan olingan bir maqolada shunday deyiladi:
"Sho‘rolar davrida muqaddas kitobimiz Qur’oni karimni o‘zbekchaga tarjima qilib,
nashr etishni, Rasululloh SAV hayotnomalarini, imom al-Buxoriy, imom at-Termiziy,
imom al-Motirudiy meroslarini o‘rganishga yo‘l yo‘q edi. Kim diniy qadriyatlarimiz
jamlangan kitoblarni, hadisi shariflarni nashr etish tugul, o‘qisa ham, jazoga tortilar edi."
Sho'ro davridan qutilganimizga endigina 20 yil bo'libdi. Biz Mustaqil bo'lganimizga endigina 3-4 yil bo'lgan paytlar o'qiganimz uchun qo'limizda tayinli kitob ham yo'q edi, fotokopiya tarqatardi domlalar. Shunday bir paytda Najmiddin Komilovni asarlaridan ko'p foydalanganmiz. O'ylab qarang, endigina İslomdan bahs eta boshlagan ekansiz, Tasavvuv haqida bir dunyo ma'lumot oldik bu kitoblardan. Demak bu kabi insonlarimiz sho'ro davrida ham yashirincha bo'lsada Dinimizni unutishmagan, bo'lmasa birdaniga bunday ilmga ega bo'lish aslo mumkin emas.
Mana endi xohlagan mavzumizda tortishayabmiz, bosh qotirgan har bir savolimizga din olimlarimizdan javob olyabmiz.
Men shularni nazarda tutgandim u kishini haqlariga duo etarkanman.
Uzr, mavzudan tashqari gaplarim uchun...