Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 381440 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 ... 60 B


Nurdinboy  16 Yanvar 2011, 17:21:58

Yaqinda Agata Kristining "Yangi asr avlodi" nashryotida "O'g'irlanga milion dollar" nomli kitobi nashrdan chiqdi.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  16 Yanvar 2011, 17:36:48

"Lord Ejiarning o'limi" Agata Kristinikimi?
Aha, Agata Kristiniki... O'zbek tiliga o'girilmagan zo'r kitoblari bor, ularni ham o'girishsa yaxshi bo'lar edi.
Gazetalarda ko'p asarlari bosilgan, birorta odam o'shalarni jamlasa bir kitob ham bo'lardi.
hozircha ikkita kitobi chiqdi.
1. Rodjestvo arafasidagi qotillik (juda manzur bo'ldi)
2. O'g'irlangan million dollar (dedektiv qissalar)

Qayd etilgan


Nurdinboy  16 Yanvar 2011, 20:00:19

"Sharq yulduzi" jurnalining 2008-yilgi sonida Agataning "Al Karnaku kemasida qotillik" asari ham bosilgan. Lekin bu roman kitob bo'lmagan.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  16 Yanvar 2011, 20:12:27

Qori shu jurnaldagi hikoyani skanerdan o'tkazib forumga qo'ya olmaysizmi?

Qayd etilgan


Nurdinboy  17 Yanvar 2011, 00:18:51

Albatta. Shu hafta harakat qilaman.

Qayd etilgan


Nurdinboy  18 Yanvar 2011, 00:15:28

Mixail Sholohovnin g "Inson taqdiri" kitobini o'qiyapman. E, o'rtoqlar, juda yaxwi kitob ekan. O'qiwni maslahat beraman.

Qayd etilgan


jasur.best  26 Yanvar 2011, 12:42:29

Najmiddin Komilov "Tasavvuf"

Qayd etilgan


Ansora  26 Yanvar 2011, 13:35:36

Najmiddin Komilov "Tasavvuf"

Najmiddin ustoz O'zbekistonda Tasavvufni har tomonlama yoritib bergan, bu sohada kuchli bilimga ega olimlarimizdan biridir. Alloh u kishidan rozi bo'lsin...

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  26 Yanvar 2011, 13:43:25

Tasavvuf 2hil. Biri sof tasavvuf, 2chisi falsafali tasavvuf. Komilov shu 2chi tasavvuf bo'yicha dars beradi.

Qayd etilgan


Ansora  26 Yanvar 2011, 14:14:43

Tasavvuf 2hil. Biri sof tasavvuf, 2chisi falsafali tasavvuf. Komilov shu 2chi tasavvuf bo'yicha dars beradi.

Maylida Mo'min Mirzo. Ziyouzdan olingan bir maqolada shunday deyiladi:

"Sho‘rolar davrida muqaddas kitobimiz Qur’oni karimni o‘zbekchaga tarjima qilib,
nashr etishni, Rasululloh SAV hayotnomalarini, imom al-Buxoriy, imom at-Termiziy,
imom al-Motirudiy meroslarini o‘rganishga yo‘l yo‘q edi. Kim diniy qadriyatlarimiz
jamlangan kitoblarni, hadisi shariflarni nashr etish tugul, o‘qisa ham, jazoga tortilar edi."

Sho'ro davridan qutilganimizga endigina 20 yil bo'libdi. Biz Mustaqil bo'lganimizga endigina 3-4 yil bo'lgan paytlar o'qiganimz uchun qo'limizda tayinli kitob ham yo'q edi, fotokopiya tarqatardi domlalar. Shunday bir paytda Najmiddin Komilovni asarlaridan ko'p foydalanganmiz. O'ylab qarang, endigina İslomdan bahs eta boshlagan ekansiz, Tasavvuv haqida bir dunyo ma'lumot oldik bu kitoblardan. Demak bu kabi insonlarimiz sho'ro davrida ham yashirincha bo'lsada Dinimizni unutishmagan, bo'lmasa birdaniga bunday ilmga ega bo'lish aslo mumkin emas.
Mana endi xohlagan mavzumizda tortishayabmiz, bosh qotirgan har bir savolimizga din olimlarimizdan javob olyabmiz.
Men shularni nazarda tutgandim u kishini haqlariga duo etarkanman.

Uzr, mavzudan tashqari gaplarim uchun...

Qayd etilgan