Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 381508 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 ... 60 B


Nurdinboy  26 Yanvar 2011, 15:20:29

Ulug'bek Hamdam tarjimasidagi
Jaloliddin Rumiy.
"Ichingdagi ichingdadir" kitobi.
Undan avval Agata Kristining O'g'irlangan million dollar kitobini o'qiyotuvdim. Qandaydir odamni charchatadigan, chalkaw tarjima bo'libdi. Wunga endi Rumiy xazratlarining kitoblarini bowladim.

Qayd etilgan


Aqoid  26 Yanvar 2011, 20:41:36

Nuriddinboy Mavlononing bu shedevrini 1 marta o'qimang.
Sh.Qurbon "Tohir Malik saboqlari" kitobchasini hozirgina tugatdim. Bu adibimizga bo'lgan hurmatim yanada oshdi.

Qayd etilgan


yoqutxon  26 Yanvar 2011, 20:54:01

 :as:
"Aka uka grinn ertaklari" kitobini hali maktab paytlarimda sotib olgan edim. U paytlardan beri necha martalab o'qib chiqqanman. Lekin negadir ko'p o'qigan bo'lsam ham yana o'qigim kelaveradi, ertaklarni :)

Qayd etilgan


Aqoid  26 Yanvar 2011, 20:58:06

Mirzakalon Ismoiliy ning "O'zingdan ko'r" qissasi kerak edi. Saytda bormi? Teldan kirayotgan edim. Aytvorilar. Akalar, opalar.

Qayd etilgan


Nurdinboy  26 Yanvar 2011, 21:28:50

Aqoid aka u kitob kutubxonalarda bo'ladi. Anjondan surishtirib ko'ring topiladi.

Qayd etilgan


jasur.best  28 Yanvar 2011, 20:31:44

Najmiddin Komilov "Tasavvuf"

Najmiddin ustoz O'zbekistonda Tasavvufni har tomonlama yoritib bergan, bu sohada kuchli bilimga ega olimlarimizdan biridir. Alloh u kishidan rozi bo'lsin...
To'g'ri, muallifi juda tushunarli va ravon ifoda tarzi bilan bayon etgan. Boshqalarga ham tavsiya etaman

Qayd etilgan


Nоdirbek  02 Fevral 2011, 22:36:38

Ayni paytda Scott Odelning Island of the blue dolphins nomli kitobini o'qiyapman

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2011, 08:25:40

Mazza qilib Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar"i radiodramasini eshitib chiqdim.

"Alkimyogar"ning o'zbekchasi va ruschasini o'qidim. Lekin hech bir yangilik topmadim. Ramzlar haqida, sharq va g'arb falsafasi umumlashgan bir oddiy kitob ekan. To'g'risi menga yoqmadi.

Qayd etilgan


braupov  03 Fevral 2011, 08:41:26

"Alkimyogar"ning o'zbekchasi va ruschasini o'qidim. Lekin hech bir yangilik topmadim. Ramzlar haqida, sharq va g'arb falsafasi umumlashgan bir oddiy kitob ekan. To'g'risi menga yoqmadi.

 :as:
"Alkimyogar"ni 2-3 martta o'qiganimdan keyingina tushuna boshlaganman. Asar menga maqqul kelgan.

P.S. Kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi ... deb bekorga aytishmas ekan. 


Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2011, 08:50:17

:as:
"Alkimyogar"ni 2-3 martta o'qiganimdan keyingina tushuna boshlaganman. Asar menga maqqul kelgan.

P.S. Kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi ... deb bekorga aytishmas ekan.

Men ham oldin o'qiganman. Yana o'qidim. Balki tarjimadandir deya ruschasini ham o'qidim. Lekin biron yangilik topmadim.
Bu kabi asarlar o'zimizning mumtoz adabiyotimizda juda ko'p. Masalan, "Lisonut-tayr".
Paolo Koel'oning yutug'i esa ham sharq, ham g'arb an'analarini chatishtirib, asar yaratgan.
Asar g'oyaviy jihatdan yaxshi bo'lishi mumkin (lekin menimcha, yangilik yo'q), lekin baddiy jihatdan men undan qoniqmadim.

Qayd etilgan