Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 381544 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 ... 60 B


Shokir  12 Aprel 2011, 20:48:18

Imom G'azzoliyning IHYOU ULUMID-DIN ilm kitobini mobil varyantda o'qishni boshladim.

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  13 Aprel 2011, 11:30:06


Erik Fixtelius "Jurnalistikaning o'n qoidasi"

Chehmik, menga ham berib turing o`qib bo`lib

Qayd etilgan


Nurdinboy  14 Aprel 2011, 18:14:31

Najmiddin Komilov "Tafakkur karvonlari" kitobini o'qiyapman. Kitob Sharq va G'arb adabiy-fikriy aloqasi, mumtoz adabiyotimiz namoyondalari asarlarining G'arb adabiyoti, balki dunyo madaniyatidagi roli haqida ekan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 May 2011, 14:38:36

Hozirgina yoshligimda sevib radiopostanovkasini eshitgan Chingiz Aytmatovning "Sohil yoqalab chopayotgan Olapar" qissasini o'qib tugatdim.

Qissada shimolda yashovchi nivxlarning bir necha avlodi taqdiri haqida gap boradi. Nivxlar bir qayiqda cheksiz ummonda dahshatli zulmat ko‘ynida qolib ketishadi va hayot-mamot olishuvi boshlanadi.

Dengiz safariga chiqib, dahshatli bo'ron oqibatida quyuq tuman zulmati ostida yo'lini yo'qotgan 4 ta yo'lovchidan eng kichigi Kirisk omon qoladi...

Qayd etilgan


Yaratganga shukr  04 May 2011, 15:05:46

Kamina Garsia Markesni "Yolg'izlikning yuz yili" romani uqishni boshlab yubordila. o'zimizni uzbek tilida tarjima qilinganini.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  04 May 2011, 16:19:33

Toxir Malik - "So'nggi o'q".

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 May 2011, 17:44:27

Hamza Hakimzodanining she'rlarini tugatolmay yurgandim. Bugun ularni ham tugatdim.

Hamzaning she'rlarini uch qismga bo'lish mumkin ekan:

1. Ma'rifiy she'rlar. Uning 1915 yilgacha she'rlarida ma'rifatga, ilmga chaqiriq, jaholatdan qutulishga intilish kuchli bo'lgan ekan.

2. Qizil she'rlar. Hamzaning 1917 yil va undan keyingi she'rlari Oktabr inqilobidan so'ng ishchi-dehqonlarni ulug'lash va eski tuzumni, boylar va eshonlarni tanqid qilishdan iborat ekan.

3. Dahriy she'rlar. Bu yo'nalishdan ba'zan shariatning ustidan kulish, o'sha davr mafkurasiga mukkasidan ketish haqidagi she'rlar o'rin olgan.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  04 May 2011, 19:29:28

Tog'ay Murodning "Ot kishnagan oqshom"ini maza qilib o'qiyapman. Chingiz Aytmatovning "Alvido, Gulsari"sini eslatib yubordi.
Kecha "Yulduzlar mangu yonadi"sini o'qib chiqdim, milliy kurashimizga qiziqmas edim, shu qissa meni kurashga qiziqish uyg'otdi.

Qayd etilgan


NANO  05 May 2011, 06:32:50

Said axmad Jimjitlik...

Qayd etilgan


Nurdinboy  05 May 2011, 11:02:43

Said axmad Jimjitlik...
Juda zo'r kitob. Men ham shu... febral oylarida o'qib chiqqandim. Davr va shaxs fojealari go'zal tasvirlarda aks ettirilgan asar.

Qayd etilgan