Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 383179 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 ... 60 B


Sadulla  06 Avgust 2011, 11:10:28

 :asl3:

"Saodat asri qissalari"  Kitobning boshlanishi Abrahaning Makkaga yurishida boshlanadimi?!
 
   Yoxud  bu  boshqa kitobmi?!

Xa,adashmasam asar shunday boshlanar edi,men bir necha yil oldin o'qigandim.

Ikki kun oldin shu kitobni kitob do'konlaridan surishtirib ko'rgandim,afsuski sotuvda qolmabdi,qayta nashr haqida esa biron gap yo'q  :(

Qayd etilgan


akula  06 Avgust 2011, 12:19:52

Библис ХаКера (Максим Левин)

Qayd etilgan


BilmasOY  06 Avgust 2011, 12:25:35

"Saodat asri qissalari"  Kitobning boshlanishi Abrahaning Makkaga yurishida boshlanadimi?!
  
   Yoxud  bu  boshqa kitobmi?!


Ha bu kitob Abrahaning Makkaga yurishi ya'ni "Fil voqeasi" biln boshlanadi.

Qayd etilgan


LONER  06 Avgust 2011, 13:41:10


    Fil suzasini tarjimasidan  kelib  chiqan holda  yozilganmi  yoki  boshqa yana biror narsalar bormi tarixni  eslatuvchi
    manga shunisi qiziqki  fil  voqeasi tastiqlovchi  nimalar  borki  aynan shunday  bo`lganini tasdiqlaydigan.....


 



 Sizlarga oldindan rahmat

Qayd etilgan


BilmasOY  07 Avgust 2011, 23:00:59

Fil surasidan oyatlar hozircha keltirilmagan, balki keyingi kitoblarda shunga bog'liq biror narsa yozilgandir. Chunki Payg'ambarimiz s.a.v.ga vahiy kelganlari keyingi kitoblarda batafsil keltirilgan. Fil voqeasidan  52 kun o'tgach rabiul-avvalning o'n biridan o'n ikkisiga o'tar kechasi Eronda mudhish yer qimirlashi, eronliklarning muqaddas otashxonasida o't o'chib qolishi,Sava ko'lining bir kunda qurib qolishi kabi g'aroyib hodisalar bo'lib o'tadi. Va shu kechada sevikli Pay'gambarimiz Nabiy s.a.v. dunyoga keladilar. Demak, kitob albatta tarixiy manbalarga asoslanib yozilgan. Lekin aynan qaysi manbalarga ekanligini bilmadim.
  O'qisam Inshaalloh yetkazaman.

Qayd etilgan


Nurdinboy  08 Avgust 2011, 00:09:36

Nazar Eshonqulning "Yalpiz hidi" kitobidagi ayrim qolib ketgan qissa va hikoyalarni yaqinda o'qib tugatdim. Asosan "Tun panjaralari" qissasi va "Muolaja" hikoyasini o'qidim. Dahshat! Yozuvchining baddiy mahorati qoyil qolarli. Chet el adabiyoti bilan tenglawa oladigan asarlar.

Qayd etilgan


Nurdinboy  08 Avgust 2011, 00:13:00

Hozir qiziqiwim yuzasidan kelib chiqib "Jinoyat protsessual kodeksiga sharhlar" kitobini o'qiyapman. Aniqrog'i kerakli o'rinlaring.

Qayd etilgan


azizbek_mx  08 Avgust 2011, 04:10:07

boshqa davlatlani bilmadimu, amerikanlani asarlarini hech yahshi hazm qilomadim. Yo juda sayoz, yo... Bilmadim nima deyishniyam bilmiman. Xullasi, könglim tölmagan. Jyul Vern asarlarini öqisam, multfilm körganday bölaman. Sherlok xolms haqidagi kitobniyam öqib chiqqandim. Kitob zöru, baribir sharqona tasvirlash, örab ifodalash yöqda...

Qayd etilgan


Nurdinboy  08 Avgust 2011, 14:18:38

boshqa davlatlani bilmadimu, amerikanlani asarlarini hech yahshi hazm qilomadim. Yo juda sayoz, yo... Bilmadim nima deyishniyam bilmiman. Xullasi, könglim tölmagan. Jyul Vern asarlarini öqisam, multfilm körganday bölaman. Sherlok xolms haqidagi kitobniyam öqib chiqqandim. Kitob zöru, baribir sharqona tasvirlash, örab ifodalash yöqda...

Har bir millat ijodkori o'zining milliy kelib chiqishi nuqtayi nazaridan kelib chiqib asar yarartadi. Bazilar boshqa millat adabiyotidan ta'sirlanadi. Masalan N.Eshonqul Frans Kafka, Hulio Kortasar va hokazo chet elning moderenist vakillari ijodidan ilhom oladi. Lekin ko'proq o'zimizning tasavvuf adabiyotiga murojaat qiladi. Nazar akaning fikricha G'arb barchasini avvalda sharq tafakkuridan olgan. Braziliyalik populyar yozuvchi, "Alkimyogar"ni muallifi Paulo Koeloni ham Rumiydan ta'sirlangan, deydi.

    Lekin birinchi navbatda har bir yozuvchi 'z milliy tafakkur nuqtai nazaridan yondashib o'zining badiyat namunasini yaratadi.   

Qayd etilgan


Nurdinboy  08 Avgust 2011, 14:29:09

Sherlok xolms haqidagi kitobniyam öqib chiqqandim. Kitob zöru, baribir sharqona tasvirlash, örab ifodalash yöqda...

Sherlok Xolms - XIX asr Angliya adabiyoti, xususan detektiv adabiyotiga ayricha pafos va o'zgacha ifoda maromi bilan kirib kelgan Artur Konan Doylning qalamiga mansub. Bilasizmi Azizbek_mx, to'g'ri Konan Doylda Sharqona ifoda maromi yo'qdir, lekin boshqa beparda asalar oldida Sherlok Xolms haqidagi hikoyalar ancha, aniqrog'i yetti qavat pardali kitob. Men shu hikoyalarda va Oqqa qizil bilan qissasida umuman beparda sahnalarni ko'pmagamman. Demoqchimanki ochiq sahnalar. Siyosat, tanqid bobida o'ralmagandir, lekin haqiqatlarni va yangi topilmalar yaratilgan, yozilgan. Hikoyalar juda jo'nga o'xshab ko'ringani bilan lekin unda katta falsafa, mayli u qadar kuchli falsafamasduru lekin kuchli baddiy topilmalar bor.

Shunaqa gaplar     

Qayd etilgan