Kumushbibi:
Men ayni paytda Jonrid Abdullaxanovni Tergov nomli asarini o'qiyapman.Deyarli oxirladim.
Bu asarning ta'surotliligi shuki,unda tabiatning eng oliy mahsuli- inson va uning haq-huquqlari va haqiqatni egilsa-da sinmasligi va gunohkor hisoblangan gunohsiz ayolning va mushtipar onaning haqiqat uchun tortgan azobli kunlari bu yo'lda o'z yaqinlaridan ayrilish evaziga bo'lsa-da ularning jasoratlari.
Insonni ardoqlash tabiatni,qolaversa uni yaratguvchi Alloh Taoloni ardoqlamoq bilan barobardir.O'zini unib,o'smoqqa da'vat etgan oddiy giyoh quyosh sari mutassil intilgani kabi inson ham hayot gulshanida azbaroyi aziz tuprog'i,yashashga sadoqati tufayli hech zotga tobesiz,zulmsiz,faravon turmush sari intilib,tomir otadi,kamol topadi.Zero,erkinlik uning muqaddas shioridir.Su bois azaldan go'zallik,nafosat shaydosi va erkin hayot kechirishga tashna o'zbek xalqi umr bo'yi kurasha-kurasha shu kunlarga erishdi.
Shunday ajib halovatni qadrlamaslik,shukronalar aytmay,har kimsa bu mukaram davr gulshaniga ajib savlat in'om etish burchini muqaddas sanamay yashasahligi mumkin emas.O'zbek millati o'zining buyuk tarixi,milliy madaniyati,besanoq iste'dod egalari,mo'tabar avlod-ajdodlarining nomlarini abadiy tiklashi,tabarruk yurtini jahon ichra,jahonni esa yurt ichra olib kirishi zaruriy,qonuniy va hayotiy jaroyon edi.Bu jarayonni sezgan ayrim ajnabiy vazifador guruhlar ertami-indinmi o'z mavqelaridan ayrilib qoladiganday vahimaga tushib,taraqqiyotimiz g'ildiragini to'xtatib qolishga oshiqadilar.Fitna,g'avg'o,tuhmat yog'dirib millat qadrini kamsitish inson huquqini toptashga tirishadilar.Mushtipar xalq boshiga og'ir fojialar yog''dirib uning irodasi,sabrini bukish milliy ananalarimiz ustiga tuproq tortmoqchi bo'lishadi.Asrlar bo'yi yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklarini talon-taroj,go'zal manzilgohlarni xaroba etib mamlakat ahlini qashshoqlik botqog'iga botirish payida kurashadilar.Xalqning farovonligi uchun kurashganlarni qamoqxona,surgunlarda gunohsiz gunohkor,nohalollikda ayblab boshiga ne-ne azobli kunlarni soladilar.Biroq,jafo chekadilaru tiz cho'kmaydilar.O'zgaga qad bukishni or bilib kurashadilar.Natijada hasadgo'ylar niyatlariga yeta olmay lablarini tishlab qoladilar.Haqiqat egiladiyu,sinmaydi aslo!Tun ketidan tong otishi muqarraligi kabi adolat g'olib chiqadi.Bu asar asl ma'nosi shular.