Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 381132 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 60 B


AbdulAziz  14 Iyun 2006, 14:58:41

Assalomu alaykum Ziyo-uz forumi ishtirokchilari!
Sizga savol bilan murojaat qilmoqchiydim:

Ayni paytda siz qanday kitob o`qish bilan mashg`ulsiz?
U kitobning qaysi jihatlari sizga yoqdi-yu, qaysi biri yoqmadi?

Fikr mulohazalaringizni aynan shu mavzu muhokamasida qoldirishingiz mumkin.

Mavzu arxivi

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Iyun 2006, 20:38:57

Hozirgi paytda men turk yozuvchisi  Amina Shanliko'g'lini " Vijdon azobi" kitobini o'qiyapman. Bu kitob haqiqiy hayotiy bo'lib, unda hozirgi zamonamizda yashayotgan ba'zi bir adashgan va iymonsizlik yo'liga tushib o'zlarga va yaqinlariga juda ko'p zulmlar qilgan, so'ngra yana Allohga qaytib tavba qilgan, musulmonlar hayoti haqidadir. Bu kitobni hamma tomoni menga juda yoqdi, Alloh hammamizni mag'firat qilsin.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:39:06

jamol:

Man hozir hech qanqa kitob `oqiganim yo`q. Bundan 1 oycha avval, Alximikni o`qigandim

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:39:27

shorasul:

man hozir Abdulla Qodiriyni Utkan Kunlar romanini o`qivomman. Juda zur roman ekan. Silagayam yavsiya etaman

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:39:51

Otabek:

Man ayni paytda mashhur koreys seriali "Qish sonatasi" ning kitobini koreys tilida o'qiyapman. Xudo xohlasa, shu kitobni o'zbek tiliga tarjima qilish niyatidaman...

Assalomu alaykum!
Albatta, "Qish sonatasi" keng jamoatchilikning mexrini qozonganligi sir emas. Dublyaj ijodkorlariga ming raxmat: serial o'zbek tilida ajoyib tarzda yangradi. Xudo xohlasa, kitobini ham o'zbek tilida o'qiydigan kunlarimiz kelib qolar...

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:42:59

AbdulAziz:

Oxirgi paytda yozilgan asarlar (o`zbek adabiyoti) haqida nima deya olasiz?

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:43:12

AbdulAziz:

Oxirgi yozilgan asarlarni xali kuzatganimcha yo'q.
Lekin yengil-yelpi asarlar va oldi-qochdi nashrlarning ko'payib ketayotganligidan xavotirdaman. To'g'ri, ijod qilish har kimning huquqi. Faqat "bestseller", deb ayuxannos solgancha, bema'ni "asarchalar"ni chop etish...
Xalqni ma'nisiz asarlar bilan "ta'minlaydigan" "shoir"lar adabiyot ahlidan emas...

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:43:30

Akmal

Assalomu alaykum Otabek!
Nimaga endi so`nggi yillarda ham ko`p yaxshi asarlar yozildi. Mana masalan, sermahsul ijod qilaypotgan adiblardan biri Tohir Malik.
U kishining birin ketin "Shaytanat", "Murdalar gapirmaydilar", "mehmon tuyg`ular" (nomi o`zgarib ikkinchi marta "Iymonlashish" nomi bilan nashr qilindi) kitoblari bosmadan chiqdi. Yaqinda "Jinoyatning uzun yo`li" asarlari ham chiqbdi. Uni ushbu saytda ham berishyaptikan.
Bundan oldin Xurshid Do`stmuhammadning "Bozor" romanini maqtashjgandi.
Hozirda Ulug`bek Hamdamning "Muvozanat" asari ko`p tortishuvlarhga sabab bo`ldi. yaxshi asar ekan. Silagayam tavsiya etaman.
Salomat Vafo degan bitta xorazmlik adiba qayoqdagi behayo amazonkalarni xorazmlikka aylantirib yuboribdi, o`zining asarida.

Bundan tashqari ko`p chet-el adabiyotining nodir namunalari o`zbrk tiliga tarjima qilindi. Kassandra tamg`asi (chingiz Aytmatov) ni "qiyomat alomatlari" deb tarjima qilishdi. Alkimyogarni (Paolo Koelyo bir yo`la uch tarjimon (Ozod Sharafiddinov, Ahmad Otaboyev, Aziz Said) tarjima qilishdi, Shaxsan manga Ahmad Otaboyning tarjimasi yo`qdi.

Shunaqa gaplar, koreyalik do`stim, o`zbek adabiyoti yangiliklaridan bebahrasiz shekilli.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:43:44

Otabek:

Assalomu alaykum Akmaljon!
Men so'nggi yillarda yaxshi asarlar yaratilmadi, degan fikrdan yiroqman. Men ham "Shaytanat","Alximik", "Jinoyatning uzun yo'li" kabi asarlarni sevib o'qib chiqqanman...
Faqat allaqanday foxishalarning bema'ni "sarguzashtlari", pul ishlash uchun yozilgan "buyurtma asarlar" ham ko'payib ketayotganligini aytmoqchi edim, xolos. Bu asarlar xalqqa hech qanday ma'naviy ozuqa bermaydi. Biron narsa haqida fikr yuritganda, manimcha, eng avval o'sha narsaning "minus" tomonlarini ,zararlarini ko'rsatib o'tish kerak. Hech bir yozuvchi "Men yomon asar yozmoqchiman", deb niyat qilmaydi, albatta.
Men ham siz kabi hozirda samarali ijod qilayotgan Tohir Malik, Ahmad Otaboyev, Xurshid Do'stmuxammedov, Murod Muxammad Do'stlarning ijodini hurmat qilaman va doimiy kuzatib borishga harakat qilaman...

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:44:31

Kumushbibi:

Men ayni paytda Jonrid Abdullaxanovni Tergov nomli asarini o'qiyapman.Deyarli oxirladim.
Bu asarning ta'surotliligi shuki,unda tabiatning eng oliy mahsuli- inson va uning haq-huquqlari va haqiqatni egilsa-da sinmasligi va gunohkor hisoblangan gunohsiz ayolning va mushtipar onaning haqiqat uchun tortgan azobli kunlari bu yo'lda o'z yaqinlaridan ayrilish evaziga bo'lsa-da ularning jasoratlari.
Insonni ardoqlash tabiatni,qolaversa uni yaratguvchi Alloh Taoloni ardoqlamoq bilan barobardir.O'zini unib,o'smoqqa da'vat etgan oddiy giyoh quyosh sari mutassil intilgani kabi inson ham hayot gulshanida azbaroyi aziz tuprog'i,yashashga sadoqati tufayli hech zotga tobesiz,zulmsiz,faravon turmush sari intilib,tomir otadi,kamol topadi.Zero,erkinlik uning muqaddas shioridir.Su bois azaldan go'zallik,nafosat shaydosi va erkin hayot kechirishga tashna o'zbek xalqi umr bo'yi kurasha-kurasha shu kunlarga erishdi.
Shunday ajib halovatni qadrlamaslik,shukronalar aytmay,har kimsa bu mukaram davr gulshaniga ajib savlat in'om etish burchini muqaddas sanamay yashasahligi mumkin emas.O'zbek millati o'zining buyuk tarixi,milliy madaniyati,besanoq iste'dod egalari,mo'tabar avlod-ajdodlarining nomlarini abadiy tiklashi,tabarruk yurtini jahon ichra,jahonni esa yurt ichra olib kirishi zaruriy,qonuniy va hayotiy jaroyon edi.Bu jarayonni sezgan ayrim ajnabiy vazifador guruhlar ertami-indinmi o'z mavqelaridan ayrilib qoladiganday vahimaga tushib,taraqqiyotimiz g'ildiragini to'xtatib qolishga oshiqadilar.Fitna,g'avg'o,tuhmat yog'dirib millat qadrini kamsitish inson huquqini toptashga tirishadilar.Mushtipar xalq boshiga og'ir fojialar yog''dirib uning irodasi,sabrini bukish milliy ananalarimiz ustiga tuproq tortmoqchi bo'lishadi.Asrlar bo'yi yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklarini talon-taroj,go'zal manzilgohlarni xaroba etib mamlakat ahlini qashshoqlik botqog'iga botirish payida kurashadilar.Xalqning farovonligi uchun kurashganlarni qamoqxona,surgunlarda gunohsiz gunohkor,nohalollikda ayblab boshiga ne-ne azobli kunlarni soladilar.Biroq,jafo chekadilaru tiz cho'kmaydilar.O'zgaga qad bukishni or bilib kurashadilar.Natijada hasadgo'ylar niyatlariga yeta olmay lablarini tishlab qoladilar.Haqiqat egiladiyu,sinmaydi aslo!Tun ketidan tong otishi muqarraligi kabi adolat g'olib chiqadi.Bu asar asl ma'nosi shular.

Qayd etilgan