Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 381270 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 60 B


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:54:22

samo:

"Истина в тезисах" Юрий Морозни китоби. Факат Бизнес сохасида эмас. куп нарсаларни камраб олган
ДУнекарашни ТЕЗ шаклланишига ёрдам берадиган асар деса хам булади.

Норбековни "Энергетическое к или триумф тети Нюры.." исмли китоб.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:55:15

maknuna:

Assalomu alaykum!
Man ayni paytda buyuk shoirimiz Muhammad Yusufning "Saylanma" kitoblarini o'qiyapman.
Bu kitobda shoirning eng zo'r she'rlari jamlangan ekan.
O'ylab qarasam shoirning kamdan kam she'rlari qo'shiq bo'lmagan ekan.
Haqiqiy o'zbekona, xalqona ohangdagi she'rlarni o'qib maza qivomman.
Silagayam tavsiya etaman.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:55:38

AbdulAziz:

Assalomu alaykum!
Men ushbu oyda quyidagi kitoblarni o'qishga muvaffaq bo'ldim:
1. "Haqiqiy sevgi". Muallif: Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi nima? Biz Allohni, payg'ambarini, qullarini qanday sevishimiz kerak? Shu kabi savollarga bu kitobdan javob topishingiz mumkin.
2. "Fazoilul-a'mol". Muallif: Muhammad Zakariyo. Bu kitob Islm tarixidan olingan ibratli hikoyalardan iborat. Kitobni online saytimizda o'qishingiz mumkin.
3. "Zikr ahlidan so'rang". Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ushbu risola har oyda chop etilib, unda ushbu oyning fazilatlari hamda har xil mavzulardagi Shayxning fatvolari e'lon qilinadi.
4. "Dajjol haqida bilasizmi?. Muallif: Doktor Otif Lamoza. Dajjol kim o'zi? Uning tuzilishi qanday? U qachon chiqadi? Qanday amallarni bajaradi? Undan qanday panoh tilanadi? Shu kabi savollarga ushbu kitobdan javob topasiz.

Forumimizning aziz ishtirokchlari? Siz bu oyda qaysi kitobni o'qidingiz?

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:55:59

maknuna:

Man ham oylik taqvimni o'qib boraman. Ramazon oyida esa, Alovuddin Mansur ning "Qur'oni karim" tafsiridan birqancha boblarni o'qidim. Yana hadis kitoblarni ham varaqladim.
Hozirda esa "Mehrobdan chayon"ni o'qiyapman.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:56:23

Behzodbek:

Assalomu alaykum, ""Mehrobdan chayona" asarini men ham maktabda o'qib yurgan npaytlarim o'qigan edim. Juda zo'r asar. Menga yoqqan. Oradan shuncha yillar o'tgan bo'lsa ham asar qahramonlari, epizodlar, sahnalar haligacha tiniq yodimda. Boshqa kitoblar bunchalik esimda qolmaga.
Kundalik o'qiydigan darslik kitoblarimdan tashqari, oxirgi o'qigan jiddiy kitobim Muhammad Taqi Usmaniyning "Islam and Modernism" asari bo'ldi. Menga judayam yoqdi. Bugungi taraqqiyot, Islomning u bilan munosabati, Jihod kabi masalalar bo'yicha o'zimdagi tushunmovchilik va savollarga to'liq javob topdim.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:56:39

maknuna:

Behzod, siz etkanizdek, "Mehrobdan chayon" judayam ta'sirli asar. Garchi bu asar Qo'qon xonlaridan Xudoyorxon davri haqida yozilgan bo'lsa-da, undan juda ko'p ma'lumot va foydalar olish mumkin.
Albatta, Anvar bilan Ra'noning jasoratiga tan bermasdan ilojimiz yo'q.
Solih mahdum, Abdurahmon domla, Shahodat muftiy, Hurramshohlarning qiliqlaridan esa odamning jahli chiqadi....

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:57:14

AbdulAziz:

Juda yaxshi taklif. Albatta buning hammaga foydasi bor. O'qigan odamga yana qaytarish bilan bilimi mustahkamlanadi, o'qimagan odamga esa o'sha asarni o'qishiga turtki bo'ladi.
Muhokamalarga kirishishdan oldin men ham oxirgi o'qigan va o'qiyotgan kitoblarim haqida ma'lumot bersam:

"O'tkan kunlar", Abdulla Qodiriy romani.
"Mehrobdan chayon", Abdulla Qodiriy romani.
"Musulmonlar chorak taqvimi".
"Hayot-mamot", Chingiz Aytmatov hikoyasi.
"Islom, Tasavvuf va Axloq", Shayx Mahmud As'ad Jo'shon asari (hali tugatganimcha yo'q).

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 05:58:04

AbdulAziz:

Muhokamani avvalo yuqoridagi mavzudan boshlasam.
"Mehrobdan chayon" romani yozuvchi izohi bilan Xudoyorxon va munshiylari hayotidan tarixiy ro'mon bo'lib, unda Qo'qon xoni Xudoyorxonning noodil siyosati, insofsiz ulamolar, o'sha davrning og'ir hayot tarzi, oddiy xalqning ahvoloti haqida so'z boradi.
"Shu ikki sinf kurashini tasvir qilish vositasida xon harami, xotinlari, qirq qizlar, tarixiy va etnog'rafik lavhalar, o'zbek hayoti, qiziqchilig'i, tanqidchiligi, o'zbek xotin-qizlari orasidag'i iste'dod, shoiralar, azkiyachilik va boshqa yana ko'p nuqtalarni qamrab olindi" deb yozadi Abdulla Qodiriy.

Romon syujetini so'zlab o'tirishning hojati yo'q. Zero, ko'pchilik bu tarixiy roman va uning filmi bilan tanish.
O'qishni boshlashingiz bilanoq, Ra'noning otasi Solih mahdum va uning qiliqlaridan jahlingiz chiqa boshlaydi. O'ta razil, qurumsoq, qo'l ostida 200 tillosi, 2 sandiq saruposi bo'la turib, har kuni qattiq non yeyishi va oilasiga ham xuddi shunday munosabatini kuzatasiz.
Yozuvchi Solih Maxdum, Abdurahmon domla, Shahodat muftiy, Hurramshohlar obrazi orqali zalolatga ketgan ba'zi ruhoniylarning asl basharasini ochib beradi. Ularning iflos bir moziyidan tortiq hozirgi kunigacha tasvirlab, xalqni aldash, laqillatish kabi hunarlarni o'zlariga kasb qilib olgan ba'zi domlalarning holatiga achinadi. Bu hol bilan jamiyat tobora zalolat botqog'iga botib ketaverishidan afsuslanadi.
Sultonali Mirzo, Safar bo'zchi, Muhammad Rajabbek, Toyir, Qobil. Oisha bibilar obrazi orqali oddiy xalq va hukumat vakillarining insof-diyonati, o'zbekona samimiyatini ochib beradi.
Maknuna aytganlaridek, romanning bosh qahramonlari Anvar bilan Ra'noning jasoratlariga tan bermaslikning iloji yo'q. Albatta ikki sevishganning orasidagi muloqotlar, mushoiralar tasviri ham juda originaldir.

PS. Endi asar syujetidagi ma'lum voqelar, tushunilmagan haqiqatlar haqida ham gaplashsak...

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:00:07

AbdulAziz:

"Hayot-mamot", Chingiz Aytmatov hikoyasi.

Chingiz Aytmatovning so'nngi ijod namunalaridan biri bo'lgan bu hikoya ikkinchi jahon urushiga shaylanayotgan yosh yigitning xotiralari asosiga qurilgan. Hikoya 19 yoslik Sergiyning poyezd stansiyadan yo'lga chiqishi bilan boshlanib, manzil oxirida hikoya ham tugaydi. Chingiz Aytmatov o'ziga xos hikoya ichiga hikoya kiritish usulidan bu asarda ham foydalangan. Bosh qahramon Sergiy yo'lda ketarkan oynadan tashqariga qaragancha, o'tgan voqealarni xotirlay boshlaydi...
"Muayyan inson hayotining qadr-qimmati kundan-kunga pasayib ketmayotganmikin? Yoki hamisha shundoq bo'lgan-u, bizga - bugun yashayotganlarga ham shunday tuyulayaptimikan? Insoniyat bu haqda har kuni, har lahza o'ylashi zarurmi? Yoki "Boshiga ish tushganda" o'ylaydimi? Balkim insonning qo'lidan hech narsa kelmas, uning uchun hammasini "tepa"da hal qilib qo'yishgandir? U kimningdir qo'lida "buyuk rejalar" amalga oshishi uchun bir o'yinchoqdir? Chingiz Aytmatov hikoyasi ana shular haqida" deb yozadi hikoya tarjimoni Karim Bahriyev.

Bu hikoyani muallif 20 yil avval boshlagan bo'lib, ammo oxiriga yetkazmay tashlab qo'yavergan. Bugungi globallashuv jarayonidagi insoniyat boshiga tushgan tashvishlar yana inson hayotini masalasini ko'ndalang qo'ydi. Nihoyat adib shulardan ta'sirlanib, asarini 2005 yilda yozib tugatdi.
Hikoya qiruvchi samolotning qushlar galasiga urilishi, va oynasiga yopishgan qondan uchuvchining ijirg'anib, ko'ngli aynishi voqeasidan boshlanadi. Ajab, hozirgina ancha-muncha odamning yostig'ini quritib, ta'sirlanmagan uchuvchi oddiy qushlarning qonidan ko'ngli ayniydi...
Nahotki inson urush uchun, bir-birining qonini to'kish uchun dunyoga kelgan bo'lsa?...
Sergiyga otasi dushmanni o'ldir, askar o'z yerini himoya qiladi, u dushmanni o'ldirsa buyruq bilan o'dirgan bo'ladi, burchini ado etgan bo'ladi, deb uqtirsa, onasi bo'lsa:
- Hammning tilida shu bo'lib qoldi - o'ldir, o'ldir! Dushmanlar bizga o'lim keltirishmoqda, biz esa dushmanlarga! Keyin bu dunyoda qanday bosh ko'tarib yashaymiz - hammaning qo'li qonga botsa, dunyoda faqat qotillar qolsa?

Sergiy shularni o'ylab manzilga intilardi. Otasi va onasining bir-biriga qarshi mulohazalari og'ushida karaxt bo'lib qolgan, unsiz yig'lardi. U o'zicha urush, jang qilish qanaqa bo'lishini, qanday qilib o'ldirishni o'ylab, fikr qilardi. Bu holatni asar so'nngida Chingiz Aytmatov juda zo'r motiv bilan tasvirlagan:
Temir izlarning bandlariga urilgan g'ildiraklar taqillaydi: o'ldir, o'ldirma... Sergiy maktabda o'rgangan nemischa so'zlarini eslasga urindi, ammonemis tilida so'zlarning xuddi shunday qatori tarzda jaraglashiga ishonchi komil emasdi: o'ldir-o'ldirma, o'ldir-o'ldirma, o'ldir-o'ldirma, o'ldir-o'ldirma...

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:00:28

Shamshir:

Assalomu alaykum....kitob o`qish ancha sayozlashib qolgan deymiz, jamiyatimiz hech qachon kitobdan butunlay chekinolmaydi...ayni damda koproq darsliklarimdan tashqari, diniy kitoblar oqiyapman, kecha islom haq din degan kitobni bohsladim.yaxshi kitob ekan , keyin kitob o`qisam oxirini avval o`qib qo`yadigan odatim bor buni ham shunday qildim oxirida iymonga da`vat bor ekan shu joyi rosa yoqdi tasirli ekan.....Hidoyani ham har kuni varaqlab turibman...

Qayd etilgan