Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 383298 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 60 B


Abdulholiq  03 Iyul 2007, 22:40:02

Man hozir Abu-Homid G'azzoliyning "Mukoshafat-ul qulub" kitoblarini qaytadan o'qishni boshladim.
Ruhsatlaring bilan kichikroq iqtibos kiritaman.Kitobda Qurondan sura keltirilgan:

"Ey mo'minlar,Allohdan qo'rqinglar.Har kim ertasi uchun oldindan nima hozirlab qo'yganiga qarasin.
Allohdan qo'rqinglar,chunki Alloh chindan ham qilayotgan amallaringizdan habardordir".

Hashr surasi,18-oyat.

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Sentyabr 2007, 06:21:50

Assalomu alaykum!
So'nggi marta o'qiganim Abdulla Qahhorning hikoyalari bo'ldi.
Fikrlarim: muallifning dastlabki hikoyalari asosan tarixiy mavzuda bo'lib ("Dahshat", "O'g'ri", "Bemor", "Anor"), badiiy jihatdan yuksak yozilgan va ko'tarilgan mavzusi ham dolzarb.
Urushdan avvalgi va keyingi hikoyalarida esa o'sha davr ruhi sezilib turadi. Ya'ni sotsializm bilan bog'liq maishiy muammolar, o'sha davrning holatini ochib beruvchi mavzular o'quvchini biroz zeriktiradi. Tan olib aytish kerak, Abdulla Qahhorning bu davrda yozilgan hikoyalari dastlabki hikoyalaridek chiqmagan.

Qayd etilgan


shoir  30 Sentyabr 2007, 14:34:37

So'nggi marta Chexovning hikoyalarini o'qidim.
Abdulla Qahhor hikoyalarini ham o'qib chiqmoqchiman.

Qayd etilgan


Robiya  04 Oktyabr 2007, 14:41:36

Hozir Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiyning "Tanbehul-g'ofiliyn" kitoblarini uchinchi jildini o'qiyapman.Iqtibos:

"Abu Zarr(r.a.) rivoyat qiladilar: "Masjidga kirsam,Payg'ambar (s.a.v.) o'zlari o'tirgan ekanlar.U kishi yolg'iz paytlarida foydalanib qolay dedim.Ammo band qilib qo'ymay deb ham o'yladim.Oxir oqibat oldilariga kelishga qaror qildim.Kelib salom berdim.U zotning huzurlarida o'tirdim.Menga gapirmadilar.O'tirishim og'ir botgan bo'lsa kerak deb o'yladim.So'ng: "Ey Abu Zarr,ikki rakaat namoz o'qidingmi? dedilar."Yo'q,o'qimadim" dedim."Turib ikki rakaat namoz o'qi.Har narsaning salomi bo'ladi.Masjidning salomi ikki rakaat namoz o'qishdir" dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Oktyabr 2007, 07:48:00

Assalomu alaykum!
So'nggi marta Lyuiss Kerrollning Alisa mo'jizalar mamlakatida degan ertagini o'qib chiqdim.
Oldin o'qimagan ekanman. Bolalar uchun judayam g'aroyib ertak ekan.

Qayd etilgan


Laylo  16 Noyabr 2007, 07:32:46

Imom G'azzoliyning "O'limdan so'ng" kitobini o'qiyapman.

Qayd etilgan


Mahbubaxon  21 Noyabr 2007, 18:54:16

Assalomu alaykum, Alisher Navoiyning "Lison-ut tayr" asarining to'liq vizual matnini qayerdan topsam bo'ladi?

Qayd etilgan


intirest  15 Yanvar 2008, 03:02:59

Men xozirda mana shu saytda Toxir Malik qalamiga mansub "SHAYTANAT" romanini qiziqishla o'qiyapman. Bu romanni kiritgan forumdoshlarimga kattadan-katta raxmat. O'qimagan tengdoshlarimga tavsiya etaman. Uni o'qib chiqishingizda olloxdan-sabr toqat tilayman.
Shunday kunlarga etkazgan olloxga shukrlar bo'lsin.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  17 Fevral 2008, 17:55:41

Men xozir Ilf va Petrovning "12 stul" asarini o'qishni boshladim. Eng oxirgi tugatgan asarim esa Bulgakovning "Usta va Margarita" asaridir.

Qayd etilgan


Muzayyana  26 Fevral 2008, 13:16:53

Man xozir o'qiyotgan kitob " Saodat asri qissalari" ( 3-kitob. Olamlarga porladi quyosh). Bu kitobni zo'r qiziqish va ixlos bilan o'qiyapman. Agar bu kitobni xali o'qimaganla bo'lsa tavsiya qilgan bo'lardim.

Qayd etilgan