Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 380538 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 60 B


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:09:11

Shoir:

Assalomu alaykum!
Oxirgi marta Tohir malikning "So'nggi o'q" qissasini o'qidim.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:09:32

AbdulAziz:

Tashakkur, Shoir sizga!
Man oxirgi marta, bugun ham, Gi de Mopassanning Murdaning qo'li hikoyasini o'qidim. Judayam qiziqarli hikoya ekan.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:09:49

Shoir:

Assalomu alaykum!
So'nggi paytda Somerset Moemning hikoyalarini ham o'qidim.
Judayam zo'r hikoyalar.
Endi Moemning "Oy va chaqa" degan qissasini o'qib chiqmoqchiman.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:10:09

AbdulAziz:

Ha, manga ham Somerset Moemning hikoyalari yoqdi.
"Qochqinlik poyoni", "Chandiqli kishi" hikoyalarini maza qilib o'qidim.
Juda zo'r tasvir vositalari qo'llanilgan.
O'quvchi hikoyani boshlashi bilan qiziqib qoladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Iyul 2006, 07:42:06

Men kecha turk adibi Alouddin Basharning "Haqiqat nima?" hamda "Sevgi nima?" asarlarini o'qib chiqdim.

Hayot ostonasiga qadam qo'yayotgan har bir yosh uchun bu kitob asqotadi degan umiddaman.

Kitobda ushbu masalalar ko'tariladi:
- Haqiqiat nima?
- Hayot nima?
- Oxirat nima?
- Sevgi nima?
- Kimni va nimani sevish kerak?
- Hozirgi yoshlarning muammosi nimada?

Ushbu kitoblarni Ziyo uz aytidan olib o'qishingiz mumkin:
http://islam.ziyouz.com/Articles/haqiqat.html
http://islam.ziyouz.com/Articles/sevgi.html

Qayd etilgan


Laylo  14 Iyul 2006, 07:55:34

Assalamu alaykum!

Iqtibos
Ushbu kitoblarni Ziyo uz aytidan olib o'qishingiz mumkin:
http://islam.ziyouz.com/Articles/haqiqat.html
http://islam.ziyouz.com/Articles/sevgi.html

Judayam zo'r risolalar ekan. Men ham o'qib juda maza qildim. Juda ko'p savollarimga javob oldim.
Boshqalarga ham tavsiya qilaman.

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 06:49:14

Men kecha turk adibi Alouddin Basharning "Haqiqat nima?" hamda "Sevgi nima?" asarlarini o'qib chiqdim.

Hayot ostonasiga qadam qo'yayotgan har bir yosh uchun bu kitob asqotadi degan umiddaman.

Kitobda ushbu masalalar ko'tariladi:
- Haqiqiat nima?
- Hayot nima?
- Oxirat nima?
- Sevgi nima?
- Kimni va nimani sevish kerak?
- Hozirgi yoshlarning muammosi nimada?

Ushbu kitoblarni Ziyo uz aytidan olib o'qishingiz mumkin:
http://islam.ziyouz.com/Articles/haqiqat.html
http://islam.ziyouz.com/Articles/sevgi.html

Bu kitoblarni man ham o'qishni boshladim. Judayam ta'sirli kitob ekan.
Xulyoni qiynagan savollar mangayam tegishli edi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Iyul 2006, 01:59:50

Assalomu alaykum!

Turk olimi, doktor Orif Lamozaning "Dajjol: u haqda nima bilamiz?" risolasini o'qib chiqdim.
Unda dajjol va uning qilmishlari haqida so'z boradi.
har bir payg'ambar o'z ummatini Dajjol chiqishi haqida va u chiqqan paytda qanday yo' tutish haqida ogohlantirgan.
Risolada sahih hadislar yordamida Dajjol suratiga chizgilar berilgan.

Va nihoyat, Dajjol hozir bormi?
Qayerda u?
Uni ko'rganlar bormi?

Ushbu savollarga ham bu risoladan javob olishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  19 Iyul 2006, 07:35:05

Assalomu alaykum!
men Abdurashid Zohidning "Siddiqnoma" risolasini o'qib chiqdim.
Risola payg'ambarimiz Muhammad SAVdan keyingi eng buyuk inson, uz otning do'stlari Abu Bakr Siddiq haqlaridadir.

ushbu kitobni birodarimiz Mubashshir forumga kiritibdilar:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=357.0

Qayd etilgan


Shoxjahon12  14 Avgust 2006, 14:44:23

Men ayni paytda Koreya respublikasining 1998-2002 yillardagi prezidenti Kim De Jungning "Siyosat    -  san'at" asarini o'qiyapman va koreys tilidan o'zbek tiliga tarjima qilyapman.

Qayd etilgan