Tuyuqlar  ( 29055 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


shoir  17 Iyun 2008, 16:40:10

Garchi qurutmas ko'zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti,
Ne qurug'in qo'yg'usi,ne yoshini.

Lutfiy

Qayd etilgan


shoir  17 Iyun 2008, 16:41:15

Necha dedim:"Ul sanamg'a bormag'in!"
Qilmadi ul tark oxir bormag'in.
Munchakim,xudraylig' ko'rguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab barmog'in.

Lutfiy

Qayd etilgan


shoir  17 Iyun 2008, 16:41:53

Men sening ishqingdin,ey dil, bandaman,
Vah,qachon eytkayman ul dilbanda man.
Bevafolarg'a meni qilding asir,
Sen menga sultonsan,ey dil, bandaman.

Lutfiy

Qayd etilgan


shoir  17 Iyun 2008, 16:42:49

Yo rab,ul shahdu shakar yo labdurur,
Yo magar shahdu shakar yo labdurur.
Jonima payvasta novak otqali,
G'amza o'qin qoshiga yolabdurur.

Navoiy

Qayd etilgan


shoir  17 Iyun 2008, 16:43:13

Pardani ruxsorasidan olmangiz,
Hohaq o'lturdi meni shul olmangiz;
Gar anoristong'a sunsa ilgini,
Aytur: - Ul tursun,amonat,olmangiz!

Navoiy

Qayd etilgan


shoir  17 Iyun 2008, 16:52:14

La'lidin jonimg'a o'tlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur;
Men vafosi,va'dasidin shodmen,
Ul vafo, bilmanki, qilmas, yo qilur.

Navoiy

Qayd etilgan


shoir  17 Iyun 2008, 16:55:31

Olmani otti nigorim, "ol",-dedi
"Olma birla bu ko'ngilni ol",-dedi
So'rsam ersa olamsini rangini
"Olma rangin ne so'rursan, ol",-dedi

Navoiy

Qayd etilgan


shoir  17 Iyun 2008, 16:56:32

Kel, qilay jonni nisoring, o yorim,
Naqdi jonim bormu sendin oyorim?!
Bo'sa bersang gar tamom og'zing bila,
Kunji og'zingdin oloyin oyorim.

Bobur

Qayd etilgan


shoir  17 Iyun 2008, 16:58:02

Telbaman shahlo ko'zung olusidin,
Uzmadim bog'ingda vasl olusidin.
Hajr dashtida yugurmog'lig' bila,
Yetmadim vaslingga yo'l olusidin.

Yusuf Amiriy

Qayd etilgan


shoir  17 Iyun 2008, 16:58:24

Gar desam, bog'i visoling nori bor,
Olma deb achchig'lab aytur: Nori bor!
Ishq naxli ko'z yoshimdin suv ichib,
Bargu borini shararlig' nori bor.

Yusuf Amiriy

Qayd etilgan