XXI asr she'riyati: Abdulla Oripov  ( 20787 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Sanjar  09 Fevral 2012, 22:15:36

Har Nechuk...

Dunyoda har kimning bor oʻz matlabi,
Tuya soʻrab boʻlmas echkiboqardan.
Pismiqdan faylasuf chiqmagan kabi,
Haqgoʻy ham chiqmaydi betgachopardan.

Kim oʻzar oʻynasang toshbaqa bilan,
Boʻyningga olursan unga tenglikni.
Dunyoning ishlari shunaqa ekan,
Har nechuk odat qil fe'li kenglikni.

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  09 Fevral 2012, 22:26:56

Ajrim

Dunyoning yarmini sayr etdi oʻgʻlon,
Kelib otasidan soʻradi ajrim:
- Chin doʻst topolmadim nega, otajon?
Ota esa jim.

Yana dunyo kezdi charchamay oʻgʻlon,
Yana otasidan soʻradi ajrim:
- Vafo topolmadim nega, otajon?!
Ota hamon jim.

- Nega savolimga bermaysiz javob?!
Oʻgʻlon turar edi nolakor, haqir.
Ota javob qildi uh tortib shu tob:
- Sen ham bor narsani axtar-da axir..

Qayd etilgan