Muallif Mavzu: Tuyuqlar  ( 21882 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #15 : 17 Iyun 2008, 17:05:49 »
Sham' yanglig' yonadur boshimda o't,
Ko'z yoshimdin yer yuzinda undi o't.
Qon yoshim qildi yo'lungni lolazor,
Muncha taqsir ayladim, qonimdan o't.

Yusuf Amiriy

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #16 : 17 Iyun 2008, 17:06:21 »
G'am yuki to qomatim yo qilmadi,
Ohim o'tig'a falak yoqilmadi,
Qilmadi rahmi manga,xud o'zgaga,
Bilmadimkim qildimu yo qilmadi.

Ogahiy

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #17 : 17 Iyun 2008, 17:06:40 »
Do'stlar, hamrohlig' aylab boringiz,
Tund xo' yorim qoshig'a boringiz,
Bir kecha bazmimg'a kelturmoq uchun
Bosh oyoqig'a qo'yub yolboringiz.

Ogahiy

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #18 : 17 Iyun 2008, 17:07:07 »
Dard zahri soldi chinlar qoshima,
Kelmadi holim so'rarg'a qoshima,
G'am yukin chekmakda, ey dil,chobak o'l,
Hargiz ushbu ishda boshing qoshima.

Ogahiy

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #19 : 17 Iyun 2008, 17:07:22 »
Chehrasining garchi muhraq nori bor,
Bergusi doim niholi nori bor,
Sig'mog'un bazmim aro, ey muddaiy,
Telmurib turma bu yerda,nori bor.

Ogahiy

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #20 : 17 Iyun 2008, 17:14:57 »
Orazing gulzori jannat bog'idur,
Tori zulfung jon qushini bog'idur,
Halqayi zunnor zulfung davrida
Kofiri ishq o'lmog'onlar bog'idur.

Amiriy

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #21 : 17 Iyun 2008, 17:26:07 »
Bodasiz betobmen bu kecha men,
La'ling istab emdi jondin kechamen,
Sohili maqsadg'a yetgaymanmu deb,
Ko'z yoshim daryosida suv kechamen.

Amiriy

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #22 : 17 Iyun 2008, 17:26:51 »
Benavomen yor ko'zu qoshidin,
Telba ko'nglum kelmas oni qoshidin,
Kofiru mo'min aning hayronidur,
Kufr izhor etti zulfu qoshidin.

Amiriy

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #23 : 17 Iyun 2008, 17:27:04 »
Ul pari jonimg'a o'tlar yoqadur,
Kuygonim ko'nglig'a yaxshi yoqadur,
Ishqida har yon tushub jaybimg'a chok,
Telbamen piyrohanim beyoqadur.

Amiriy

Ulugbek-Uz

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 206
  • -oldi: 261
  • Xabarlar: 534
  • Jins: Erkak
  • Ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil...
Re: Tuyuqlar
« Javob #24 : 18 Iyun 2008, 10:31:26 »
Навоийни туюкларидан булсин...
Har kimki bir ko'ngli buzuqning xotirin shod aylagay, oncha borkim Ka'ba vayron bo'lsa obod aylagay....

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #25 : 18 Iyun 2008, 11:04:29 »
Навоийни туюкларидан булсин...

navoiy tuyuqlari avvalgi sahifada.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #26 : 18 Iyun 2008, 11:06:29 »
Ko’nglingni ko’tarib, do’st kuy chaladur,
Ravon yurib ketsang, g’anim chaladur.
Nechun barcha tengmas, deb o’ylab ko’rsam,
Kimdur komil inson, kimdur chaladur.

Omonulloh Mutal

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #27 : 18 Iyun 2008, 11:07:13 »
Donish ahli adashtirmas yolg’on-la chinni,
Vatanga almashtirmas Eron-la Chinni.
Barmoq bilan chertsang spool aks berar bo’g’iq,
Jaranglashi tovlanadi chindan-la chinni.

Omonulloh Mutal

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #28 : 18 Iyun 2008, 11:07:35 »
Muhabbat ramzidir qadimdan olma,
Senga deb, tutaman rad etma, ol, ma.
Qattiq sevganimdan qarshingda lolman,
Go’ng-soqov ekan deb, ko’nglingga olma.

Omonulloh Mutal

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #29 : 18 Iyun 2008, 11:07:47 »
Gir-gir esgan shaboda tanga moydek yoqadi,
Unga juda berilib, vayron etmang, yoqadi.
Oldiniga halovat bag’ishlagan yelvizak,
So’ngra joningiz qiynab, tanda olov yoqadi.

Omonulloh Mutal

 

Alisher Navoiy. Qit'alar, fardlar, ruboiylar, tuyuqlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Alisher Navoiy asarlari

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7348
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:45:04
muallifi AbdulAziz