Tuyuqlar  ( 58921 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


shoir  17 Iyun 2008, 17:14:57

Orazing gulzori jannat bog'idur,
Tori zulfung jon qushini bog'idur,
Halqayi zunnor zulfung davrida
Kofiri ishq o'lmog'onlar bog'idur.

Amiriy

Qayd etilgan


shoir  17 Iyun 2008, 17:26:07

Bodasiz betobmen bu kecha men,
La'ling istab emdi jondin kechamen,
Sohili maqsadg'a yetgaymanmu deb,
Ko'z yoshim daryosida suv kechamen.

Amiriy

Qayd etilgan


shoir  17 Iyun 2008, 17:26:51

Benavomen yor ko'zu qoshidin,
Telba ko'nglum kelmas oni qoshidin,
Kofiru mo'min aning hayronidur,
Kufr izhor etti zulfu qoshidin.

Amiriy

Qayd etilgan


shoir  17 Iyun 2008, 17:27:04

Ul pari jonimg'a o'tlar yoqadur,
Kuygonim ko'nglig'a yaxshi yoqadur,
Ishqida har yon tushub jaybimg'a chok,
Telbamen piyrohanim beyoqadur.

Amiriy

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  18 Iyun 2008, 10:31:26

Аавоийни туюкларидан булсин...

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 11:04:29

Аавоийни туюкларидан булсин...

navoiy tuyuqlari avvalgi sahifada.

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 11:06:29

Ko’nglingni ko’tarib, do’st kuy chaladur,
Ravon yurib ketsang, g’anim chaladur.
Nechun barcha tengmas, deb o’ylab ko’rsam,
Kimdur komil inson, kimdur chaladur.

Omonulloh Mutal

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 11:07:13

Donish ahli adashtirmas yolg’on-la chinni,
Vatanga almashtirmas Eron-la Chinni.
Barmoq bilan chertsang spool aks berar bo’g’iq,
Jaranglashi tovlanadi chindan-la chinni.

Omonulloh Mutal

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 11:07:35

Muhabbat ramzidir qadimdan olma,
Senga deb, tutaman rad etma, ol, ma.
Qattiq sevganimdan qarshingda lolman,
Go’ng-soqov ekan deb, ko’nglingga olma.

Omonulloh Mutal

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 11:07:47

Gir-gir esgan shaboda tanga moydek yoqadi,
Unga juda berilib, vayron etmang, yoqadi.
Oldiniga halovat bag’ishlagan yelvizak,
So’ngra joningiz qiynab, tanda olov yoqadi.

Omonulloh Mutal

Qayd etilgan