Muallif Mavzu: Tuyuqlar  ( 21883 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #30 : 18 Iyun 2008, 11:07:56 »
O’zingga mushtoqman qoshlari kamon,
Uzoq qiynar hijron, visolga kam on.
Meni ovutsin, deb, g’ijjakni olsam,
Torlarni titratib, yig’laydi kamon.

Omonulloh Mutal

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #31 : 18 Iyun 2008, 11:08:03 »
Bolta tushaverib zadadur kunda,
Qalbim nimta-nimta hajringdan kunda.
Dog’in fosh etgandan Oy qochar undan,
Yetib olaman deb tinim yo’q kunda.

Omonulloh Mutal

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #32 : 18 Iyun 2008, 11:08:10 »
Bandaning boshiga ne kunlar tushmas,
Ba’zisin dahshatli tush desang, tushmas.
Erta ne bo’lishin bilolmas hech kim,
Taqdir yozug’iga hech bir ko’z tushmas.

Omonulloh Mutal

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #33 : 18 Iyun 2008, 11:08:18 »
Chekkan azoblar-ey qalblardan o’chmas,
G’amdan kuygan yurak, suv sepsang o’chmas.
Fe’lingni keng qilgil, kechirguvchi bo’l,
Chin mardning odati ezgulik, o’chmas.

Omonulloh Mutal

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #34 : 18 Iyun 2008, 11:28:39 »
Сиз кимгадир ака, ука, кимгадир қайин,
Қани айтинг, осонликча қурилган қай ин?
Синовларга дош беролмай нолинманг дарров,
Довулларни енголмаса ўсмайди қайин.

Негмурод Гулиев, Ғиждувон тумани.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #35 : 18 Iyun 2008, 11:29:53 »
Бўлолсанг мол-дунё ишқидан холи,
Яшарсан қарамлик, қулликдан холи.
Қаноат аталмиш гўзални севгил,
Билсанг, ғам хатига нуқтадир холи.

Негмурод Гулиев, Ғиждувон тумани.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #36 : 18 Iyun 2008, 11:36:29 »
Қолма кеч ҳою ҳавасдин эрта кеч,
Хоҳи ноҳақ азм этарсан эрта-кеч.
Ё илоҳи раҳм этиб фазлинг билан,
Барча қилган журму исёнимни кеч.

Мажруҳ

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #37 : 18 Iyun 2008, 11:37:27 »
Эй пари мактуб жавобин тезда ёз,
Интизору мақдамингман қишу ёз.
Доғи ҳижронинг билан қондур юрак,
Шафқат айлаб бир келуб кўнглумни ёз.

Мажруҳ

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #38 : 18 Iyun 2008, 11:37:48 »
Дарду ғамдин заoфарондак бўлди юз,
Раҳми йўқ зулму ситамга қўйди юз.
Очмагай юз юзта истиғно билан,
Интизор бўлса манингдек нечча юз.
 
Мажруҳ

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #39 : 18 Iyun 2008, 11:38:39 »
Махлиқо ноз уйқусида кўрди туш,
Истироҳат айлаб эрди вақти туш.
Дейди бир мажнуннамо девонаваш,
Уйғониб тезроқ мани ёнимга туш.
 
Мажруҳ

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #40 : 18 Iyun 2008, 11:39:34 »
Эй муғанний гулбаҳор савтини туз
Яшнади обод макон ҳам тоғу туз
Қанча неoмат лаззати ҳам туз билан
Лек алардан кам баҳоси бўлди туз

Мажруҳ

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tuyuqlar
« Javob #41 : 18 Iyun 2008, 11:51:51 »
Дам бадам келгай қулоққа дўстларим торткон уни,
Бўш ҳамир бўлди манинг шўрлик отам торткон уни.
Менга тушган бори ғамдан дўстларим бўлманг малул,
Имштаҳон қилмоқ учун тангрим менга орткон уни.

Мажруҳ

Muhammad Sanjar

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 618
  • -oldi: 515
  • Xabarlar: 315
  • Jins: Erkak
  • Carpe Diem
Re: Tuyuqlar
« Javob #42 : 03 Fevral 2012, 22:18:33 »
Tuyuq (Onam, qaynonam va rafiqamga)

Seni jon dilimdan "jonona" deyman,
"Jonona" demasdan, "jono, na" deyman?
Lek ikki ayol bor sendan ham aziz,
Har birin ardoqlab: "jon ona", deyman!

(Iqbol Nazariy)
Everything that happens once can never happen again. But everything that happens twice will surely happen a third time.. (Arabic proverb)

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: Tuyuqlar
« Javob #43 : 24 Fevral 2012, 02:27:12 »
Sinfimizda o'qir Baxodir,
Abjirgina, epchil, baxodir.
O'z vaqtida tayyorlar darsin,
Olganlari "4","5" baxodir.

(Otabek Yo'ldoshev, 2000yil)
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Aqoid

  • Bas, (ey insonlar va jinlar) Parvardigoringizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursizlar?!
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 1934
  • Xabarlar: 1529
  • Jins: Erkak
Re: Tuyuqlar
« Javob #44 : 24 Fevral 2012, 03:36:09 »
Bunim yo'q, unim yoq,
Uyimda unim yo'q.
So'zlay desam unim yo'q,
Ishimda unum yo'q.
(muallifini eslolmadim)
Tavofi baytul Halil kori osonast
Tavofi baytul Jalil kori mardonast

 

Alisher Navoiy. Qit'alar, fardlar, ruboiylar, tuyuqlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Alisher Navoiy asarlari

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7348
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:45:04
muallifi AbdulAziz