Sizning sayohatnomangiz  ( 33005 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ulugbek-Uz  03 Iyul 2008, 11:38:52

Ulug'bek, AbdulAziz, katta rahmat.
Xuddi borib kelgandek bo'ldim.
Haqiqatda ota-ona, yaqinlar bilan boradigan joylar ekan.

Ulug'bek, siz rasmlarni berishga beribsiz-ku, qayerligini yozmabsiz-ku...

Boshqa userlardsan ham shunaqa fotosayohatnomalar kutib qolamiz.
 
.
Sherobod tumani - G'arb tomondan Turkmaniston bilan chegaradosh . Umumiy yer maydoni 2,73 ming kv. km . Aholisi 117,4 ming kishi (1996).

Rel'efi tekislik , cho'l , adir va tog'lardan iborat . G'arbida Ko'hitang tog' tizimasi (eng baland Ayriota cho'qqisi 3139 m ), tog'lar orasida Poshxurd , Zarabog' botiqlari bor.
Ko'hitang tog'ida respublikamizda eng ko'p dorivor giyohlar o'sadigan joy hisoblanadi. Surxon tog'-o'rmon qo'riqxonasi tarkibida muhofazaga olingan.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  09 Iyul 2008, 20:01:32



Termez shahri markazi.
Google Earthda sayohat qilish ham maza bo'larkan :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Avgust 2009, 09:41:50

SHOHIMARDON SAYOHATI

Bundan yuz yillar avval shoir Muqimiy Qo’qondan Shohimardonga sayohat qilar ekan, o’zi kunlar yurib o’tgan qishloqlari haqida hikoyalarini hajviy usulda nazm etgan edi. Mening nazmga qalamim o’tmaydi. Ko’rgan-kechirganlarimni silliqqina qilib taqdim etgim keldi.


Shohimardon qishlog'iga kirish qismidagi Oqsuv daryosi

Shohimardon qishlog’i haqida

Shohimardon — Farg’ona viloyati, Farg’ona tumanidagi qishloq. Hamma tarafi Qirg’iziston bilan chegaradosh O’zbekiston hududi. Aholisi 5000 kishidan ziyodroq. To’rttala tarafi ham tog’lardan iborat. Hududidan Oqsuv va Ko’ksuv soylari oqib o’tadi. Bu soylar Shohimardon qishlog’i markazida birlashib, Oqsuv nomi bilan Qirg’iziston hududi orqali Vodil qishlog’iga yetib, Marg’ilonsoy nomi bilan Marg’ilon shahri va undan keyingi qishloqlargacha yetib boradi.


Ikki tog' orasidan oqib o'qtuvchi Oqsuv daryosi

Shohimardon Oqqiya, Yordon qishloqlari orasida joylashgan. Shu yerda toshbo’ron qilingan Hamza Hakimzoda Niyoziy xotirasiga sovet yillarida Hamzaobod deb atalib kelingan. Keyinchalik uning tarixiy nomi qaytarilgan.


Shohimardon tog'lari

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Avgust 2009, 09:48:46

Hazrati Ali va Shohimardon

Shohimardon atamasining kelib chiqishi mardlar shohi, to’rtinchi xalifa hazrati Ali bilan bog’liq. Mahalliy rivoyatlarga ko’ra, hazrati Alining qabri to’rt tomoni tog’ bilan o’ralgan, ikki daryo tutashgan joyda emish. Dunyoda bunday geografik joy va ziyoratgohlar ko’p. Shohimardon shulardan biridir. Lekin bu afsonalar ilmiy jihatdan isbotlanmagan. Hazrati Alining qabri Iroqning Kufa shahridadir, u zot hech qachon Farg’ona vodiysiga kelmagan. Qishloq markazida Hazrati Alining ramziy maqbarasi bo’lib, mahalliy aholi ichida unga Sherdargoh pirim deya e’tiqod qiladiganlar ko’p topiladi. Qishloq va uning atrofidagi geografik manzillarda ham hazrati Ali bilan bog’liq birqancha afsonalar uchraydi.


Shohimardondagi Hazrati Alining ramziy maqbarasi

Shohimardon aholisining aksariyati o’zlarini xo’jalar – hazrati Ali avlodlari deb hisoblaydilar. Qishloq aholisi asosan servis (qishloqqa kelgan mehmonlarga xizmat ko’rsatish) va savdo-sotiq bilan shug’ullanadi. Teparoq joydagi aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadi. Erkaklarning ko’p qismi Rossiya va boshqa davlatlarda ishlab keladi.


Jome' masjid hovlisida jum'a namozidan chiqayotgan otaxonlar

Farg’ona Shveysariyasi

Shohimardon – Farg’ona viloyatining eng mashhur kurort maskani. U yerga bir mavsumda 200 000 dan ortiq dam oluvchi tashrif buyuradi. Bu ko’rsatkich sovet yillarida 5-6 baravar ko’p bo’lganligini e’tirof etish lozim. Iqtisodiy sharoit, chegara bilan bog’liq muammolar tufayli dam oluvchilar va turistlar soni kamayib ketgan. Ayni paytda mavjud sanatoriy, bolalar lagerlari boshqa maqsadlarda foydalanilmoqda yoki aholiga uy-joy sifatida bo’lib berilgan.


Yordonda Oqsuvga qo'shiluvchi soy vodiysi

davomi bor...

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Avgust 2009, 21:28:53

Shohimardon tomon yo’l

Shohimardonga borish uchun Marg’ilon, Farg’ona, Qo’qon shaharlaridan doimiy marshrutlar yo’lga qo’yilgan. Marg’ilon shahridan avtobus 5000 so’m, "œDamas" 7000 so’m, "œNexia" 8000 so’mdan. Farg’ona shahridan ham deyarli shu narhda. Ushbu narhlar yo’lning holati, chegara nazorati muammolari va boshqa sabablarga ko’ra yana ko’tarilishi mumkin. Marg’ilon va Shohimardon orasi 80 kmga yaqindir.


Shohimardon ko'chalaridan biri

Sayohatga necha kunga borishingizni rejalashtirib, avvalo pasportingizdagi muammolarni hal qilib oling. Passport muddati o’tmaganligi, propiska va yumaloq muhrning mavjudligi, avval ham chegara hududidan o’tgan bo’lsangiz, kirish va chiqish muhrlarining bosilganligini tekshiring. Aynan shu muammolar sabab sizni chegara zonasidan o’tkazmasliklari mumkin. 1-2 kunlik oziq-ovqatingiz va harajatni shaharning o’zida tayyorlab oling. Chunki u yerda narhlar shahardagidan 1,5-2 baravar qimmatdir. Issiq ust kiyim olishni ham unutmang. Kechalari tog’da juda sovuq bo’ladi.

Yengil mashinaga o’tirsangiz, yarim soatga qolmay sizni Qirg’iziston chegarasidagi Vodil postiga eltib qo’yishadi. Aynan shu yerdan qog’ozvozlik, asabbuzarlik boshlanadi. Chegara postiga yaqinlashishingiz bilan uzundan-uzoq avtomashinalar tirbandligiga ko‘zingiz tushadi. Bular pasport nazoratini kutib turgan ulovlar. Agar siz professional haydovchi bo’lmasangiz, mashinangizni navbatga qo’ying va asta-sekin harakatlaning. Yo’lovchilar esa vaqtdan yutish maqsadida pasport nazorati tomon borib, navbat olaversinlar. Voyaga yetmaganlarning esa tug’ilganlik haqidagi guvohnomalari bo’lishi shart. Pasport nazoratiga o’tish qismida oddiy askar qo’pollik bilan pasportlarni tekshirib o’tkazadi. Agar yoningizdagi voyaga yetmagan fuqaro sizning o’z farzandingiz bo’lmasa, u holda yana muammo kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun avvaldan uning ota-onasidan rozilik xati olishingiz maqsadga muvofiq. Keyingi postdagi turnaqator navbatdan so’ng, asabi buzuq serjant sizga chiqish muhrini qo’yib beradi. Buni qanday tez olishingiz o’zingizga va yoningizdagilarga bog’liq. Chunki serjantning kayfiyati doim o’zgarib turadi. Sabrli bo’ling, yuragingizni keng qiling. Bu hali boshlanishi.


Vodil chegara postidagi tirbandlik

Agar hujjatlaringizda muammo bo’lsa, uni o’zingizcha askar yoxud serjantlar bilan gaplashib hal qilishga urinmang. Bu hol ko’pincha befoyda ketadi. Agar sizni olib kelgan haydovchi bu yerlarning piri bo’lsa, muammoni 2-3 ming bilan o’zi hal qilishi mumkin. U ham bo’lmasa, o’sha yerda turgan qirg’iz haydovchilari joningizga oro kiradi. Ular 5-10 ming bilan sizni chegara hududidan olib chiqishi mumkin. Albatta buning uchun sizni Vodilgacha olib kelgan haydovchiga ham haq to’lashingiz lozim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Avgust 2009, 22:42:26

Qizil tayoq ostidagi haqiqat

Bu yog’i 20 kilometrlik Qirg’iziston hududi. Istaysizmi-yo’qmi ularning antiqa qonun-qoidalariga bo’ysunishga majbursiz. Qirg’iziston chegara nozirlari uzoq kutdirishmaydi. Haydovchi berib chiqqan haq sizning yo’lingizni yaqinlashtiradi. Chegaradan o’tib, Qadamjoy shahri bo’ylab, sayohatni davom ettiramiz. Chegaradan 1 kilometr ham o’tmay, qirg’iz davlat avtomobil nazorati xodimi sizni albatta to’xtatadi. Chunki O’zbekistonga tegishli mashinaning qayerga ketayotgani ularga ma’lum. Haydovchi tushib, "œko’nglidan atagani" 2000 so’mni militsionerga taqdim etadi. U ham kayfiyatiga qarab, haydovchining tortig’ini qabul qiladi, aks holda bechora haydovchi yuziga otib yuborilgan aqchalarini yerdan terib olish bilan birga, unga yana 1000 so’m qo’sishga majbur bo’ladi.

Militsionerning "œak jo’l"idan keyin yana yo’lga tushamiz. Orqa o’rindiqda siz "œha, bo’ldi, endi to’xtatmasa kerak" degan o’yda ketaverasiz. Shu o’y bilan yana ozgina yurishingiz bilan militsionerning qizil tayog’iga ko’zingiz tushib, asabingiz o’ynab, haroratingiz osha boshlaydi. Bu safar ham haydovchi o’z vazifasini bajaradi.


Haydovchilarning "hadya"larini qabul qilayotgan qirg'iz militsioneri

Qirg’iz "œGAIshnik"larining ma’lum stavkasi yo’q. Bu sizning abjirligingiz, professionalligingiz, mashinangiz rusumi va qisman lavozimingizga bog’liq. Agar mashina o’zingizniki bo’lib, uning ustiga avtorusum ham aristokratlarniki bo’lsa, to’lanadigan badal ham aristokratlarcha bo’ladi. Agar mashinangizda biron muammo bo’lmasa, yo’l qoidalarini buzmagan bo’lsangiz qanday qilib ular sizdan badal so’raydi, degan savol tug’ilishi mumkin. Ular albatta kamchilik topadilar. Avval hujjatlar tekshiriladi, so’ng avtomashinaning hujjatlari, undan ham kamchilik chiqmasa, passajirlarning hujjatlari, kamchilik yo’q bo’lsa, unda orqa o’rindiqdagi xavfsizlik kamarlari taqilganini tekshirishadi, u ham taqilgan bo’lsa, aptechka va unda bo’lishi shart bo’lgan dori vositalari va qurilmalar tekshiriladi. U ham mukammal bo’lsa, mashinangizda o’t o’chirish moslamasi bor-yo’qligini talab qilishadi. Bu amaliyot ataydan cho’zilib, yarim-bir soat davom etadi. Natijada siz albatta yengilasiz"¦

Uchinchi GAI "œpost"idan so’ng haydovchi peshonasini tirishtirgancha sigareta tutata boshlaydi. Indolmaysiz, uning holatini ko’rib turibsiz, o’zi ham indamay qoladi, bechora. Mashinadan atrofga nazar solib ketarkansiz, baxtli hayot ufurib turgan plakatlarga, goh Putin, goh Medvedev, Nazarboyev bilan shodon so’rashib turgan o’rtoq Bakiyev tasviri tushirilgan bannerlarga ko’zingiz tushadi.


Oqsuv daryosining Qirg'iziston hududidan oqib o'tadigan qismi

Beshinchi "œpost"dan so’ng chegara hududiga yaqinlashasiz. Eson-omon ikki davlat chegarachilaridan o’tib olib, O’zbekiston hududiga kirar ekansiz, beixtiyor, "œxudoga shukur-ey" deb yuborasiz. Oqqiya postidan 3-4 kilometr so’ng, Shohimardon qishlog’i markaziga yetib borasiz"¦

davomi bor...

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2009, 09:54:54

Mehmonlarga boshpana

Endi siz vaqtinchalik dam olish uchun joy topishingiz kerak. Sharoiti, joylashgan o’rniga qarab boshpanalar kuniga 3 mingdan  15-20 minggacha boradi. Odatda bunday boshpanalar, aholi xonadonlari yoxud dachalar bo’ladi. Dachalarning ko’p qismi soy yoqasida joylashgan. Boshpanadan siz yotoq uchun joy, ko’rpa-to’shak, idish-tovoq va boshqa ashyolarni ijaraga olishingiz mumkin. Ko’p dachalarga tushishdan ehtiyot bo’lish kerak. Avval sharoitni tekshirib, so’ng joylashish maqsadga muvofiq. Chunki ko’p joylarda sanitariya-gigiyena qoidalariga kam amal qilishadi. Eng qulayi, yuqoriroqdagi shinam xonadonlardan ijaraga olishdir.


Qishloq ko'chalaridan biri

Xonadonlarda dam olish uchun kelgan ijarachilarga haqiqiy mehmonlardek muomala qilishadi. O’zaro suhbatlarida ham uylariga kelgan ijarachilarga qandaydir kelgindi emas, "œmehmonlar kelishdi" deb gapirishadi. Mehmonlar o’zlari olib kelgan mahsulotlardan u yerda xohlagan taomlarini pishirib yeyishlari mumkin. Agar mehmonlar ovqat qilishmasa, xonadon egasi albatta o’zi qilgan taomidan ularga ilinadi. Ko’pincha mehmonlar va xonadon egalari o’zaro do’st-birodar bo’lib ketishadi. Keyingi yili esa o’sha mehmon albatta shu xonadonga tushadi.


Qishloq markazining yuqoridan ko'rinishi

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2009, 09:56:26

Gavjum qadamjolar

Shohimardon markazidan uzoqroqda bo’lgan, asosan mashinada borib ko’riladigan maskanlar:

Yordon — Shohimardonning g’arb tarafida, qishloq markazidan 5 kilometr uzoqlikda joylashgan.  Shohimardon markazidan bu yerga qatnovchi taksilar har bir passajir uchun 500 so’mdan haq olishadi. Yordon qishlog’i o’zining archalari, soylari, qiziltoshli tog’lari bilan mashhur. Odatda, sayohatchilar Yordonga Oqsuvning kengaygan qismini, yuqoridan tushuvchi boshqa soyning Oqsuv bilan qo’shilish joyidagi sharsharani ko’rish uchun tashrif buyuradilar. Daryo vodiysida sel oqizib kelgan ulkan xarsangtoshlarni ko’rish mumkin. 


Oqsuv o'zanidagi sel oqizib kelgan toshlar

1998 yil 8 iyul kuni Shohimardonda yuz bergan toshqin ham Yordon qishlog’idagi Oqsuv daryosi yuqorisidan kelgan. Kunning tezkor isishi natijasida tog‘dagi muzli dambaning yorilishi oqibatida toshqin yuz bergan. Fojia oqibatida 100 dan ortiq dam oluvchilar va mahalliy aholi vakillari qurbon bo‘lgan, 100 lab turar-joylar vayron bo‘lgan.


Sellar oqibatida kengaygan daryo vodiysi


Sel oqizib kelgan xarsangtoshlar

Fojea haqida birinchi bo‘lib Rossiya ommaviy axborot vositalari ma’lum qilishgandi. Ulardan yarim kun o‘tganidan keyin esa O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari xabar berishdi. Shuning uchun ham xalq orasida mish-mishlar va dezinformatsiyalar tarqalgan. Hatto, ba’zi xorij ommaviy axborot vositalari qurbonlar sonini 5000 ga yetgani haqida ham aytishgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2009, 10:07:38

Yordon manzaralari


Qiziltog' yon bag'ri


Oqsuv daryosi vodiysi


Shoshqin Oqsuv daryosi


Yordon tog'lari


Oqsuvga qo'shiluvchi soy


Ikki soy qo'shiluvida hosil bo'lgan sharshara


Soy oqizib kelgan xarsangtoshlar sharsharani hosil qiladi


Chuchuk suvli tog' soyi sharshara bo'lib jarlikka oqadi


Ikki soyning qo'shiluv joyi

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Avgust 2009, 10:49:07

Shu qadar chiroyli joylar ekan ta'rifga til ojiz

Qayd etilgan