Sizning sayohatnomangiz  ( 44079 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


AbdulAziz  08 Avgust 2009, 08:31:06

Ko’li Qubbon – Shohimardonning janub tarafida, qishloq markazidan 5 kilometr uzoqlikda, Qirg’iziston Respublikasi hududida joylashgan. Yo’lda chegara posti borligi sababli pasportlarni olish maqsadga muvofiq. Dengiz sathidan 3000 metr balandlikda joylashgan ushbu tektonik ko’lga yetib borish uchun avval mashinada Beshpanjatog’ yonbag’rigacha yetib olinadi. So’ng Qirg’iz og’alarga tegishli kanat yo’lda yoxud piyoda tepaga ko’tariladi. Kanat yo’lining haqi borish va kelish 3000 so’m. Tog’lar osha piyoda ko’lgacha yetib borish juda maroqli. Ko’ksuv daryosi aynan shu tog’lardan jilg’a bo’lib, oqib tushib, katta soyga aylanadi. Ulkan xarsangtoshlar oralab o’tadigan yo’ldan yarim-bir soatcha tepaga qarab yursangiz, manzilga yetasiz. 3000 metr balandlikdagi tog’ bag’rida yuzaga kelgan Qubbon ko’li yoki Ko’k ko’l tabiat mo’jizasi sifatida juda go’zal bo’lib, ayniqsa havo ochiqligida osmon rangi bilan tutashib, ajib manzara hosil qiladi. Tog’lar orasida joylashgan ushbu ko’l suvi juda sovuq bo’lganligi uchun unda biron o’simlik o’smaydi va hayvonot olami ham mavjud emas. Ko’k ko’ldan qayiqlar orqali yuqoriroqqa borilsa, yana bir kichik ko’l va daryo vodiysi namoyon bo’ladi. Qayiqlarda suzib olib o’tib qo’yish uchun 2000 so’m to’lashingiz kerak bo‘ladi. Narigi ko‘lga o’zingiz o’tsangiz ham bo’ladi, lekin xavfli tog’ yo’lidan uyoqqa o’tish uchun ko’p vaqt talab etiladi.


Ko'li Qubbonga qatnovchi kanat yo'li


Katta daryolar shu yerdan boshlanadi


Ko'lga chiqish yo'lidagi Beshpanja to'gi


Ko'li Qubbonning umumiy ko'rinishi


Ko'li Qubbon (havo bulutli ekanligi uchun suv rangi tiniq chiqmadi. Bulutsiz kunda ko'l suvi ko'm-ko'k ko'rinadi)


Ko'lni o'rab turuvchi tog'lardan biri


Ko'lga olib boruvchi piyoda yo'l


Baland tog'lardan sizib chiqqan jilg'alar qo'sjilgan soy

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Avgust 2009, 08:36:38

Ko'lda nikoh marosimi

Ko’li Qubbonga borganim payti tog’ bag’ridagi ko’l o’rtasida nikoh marosimi bo’layotgan ekan. Ikki yosh qirg’iz kelin-kuyovlari do’stlari bilan qayiqlarda o’zlarining to’ylarini nishonlayotgan ekanlar. Kelin-kuyovlar, shuncha tog’-toshdan o’tib, ko’l o’rtasida nikohdan o’tishlari juda qiziq bo’larkan.




Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko'lda nikoh marosimi

davomi bor...

Qayd etilgan


Hadija  08 Avgust 2009, 11:03:27

 :as:

MashaAlloh juda ajoyib juda chiroyli...

Ammo mana bu nikoh marasomini ko'rib, AQSH ham hijolatda bo'lsa kerak :))

Qayd etilgan


Abdulhafiz  08 Avgust 2009, 13:46:11

Ajoyib joylar ekan rahmat.
Qator-qator moshinalar bilan shahar aylanishmabdiyu, ko'l aylanishibdida, bu tinib tinchimagan odamlar...

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Avgust 2009, 08:02:34

Dugoba — Shohimardonning g’arb tarafida, qishloq markazidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. Archazor tog’lardan iborat bu maskanda birqancha tabiat mo’jizalarining guvohi bo’lishingiz mumkin. U yerga ancha-muncha mashina chiqa olmaydi, asosan, "œVillis", "œNiva" kabi tog’bardosh ulovlar chiqa oladi. U yerdagi sharsharalar, archayu qarag’ay, pista daraxtlari, soylar haqiqiy Shveysariyani eslatadi.


Ko'ksuv daryosi


Soy bo'yida o'sgan gul

Boshqa go’shalar:
Chakkatomar — buloq, Oqsuv bo’yidagi tog’ ostidan chiqadi. Shohimardon markazidan 50 metr.

Jannatariq — Ko’ksuv daryosi yuqorisida joylashgan ariq. Suvi muzdek bo’lsa-da, ovloqroq joyda cho’milish mumkin.

Hazrat Ali ramziy maqbarasi — Shohimardon markazi yuqori qismidagi maydonda joylashgan. Maydonga +/- 240 talik zina yoki eskalator orqali ko’tariladi.

Hazrat Shayx Tolib Hujjatulloh maqbarasi — Hazrat Ali ramziy maqbarasi chap tomonida joylashgan.

Hamza Hakimzoda Niyoziy mavzoleyi — Yuqoridagi maydonning markazida joylashgan. Avvallari odamlar mana shu mavzoleyga ham pul tashlashardi. Hozir ham tosh ustida durra, tashlangan pullarni ko’rish mumkin.

Hamza nomidagi muzey — maydonning yuqori tarafida. Hamza Hakimzoda Niyoziy va Shohimardon tarixi haqida hikoya qiluvchi eksponatlar mavjud.


Ko'ksuv va Oqsuv daryolarining qo'shilish joyi


Daryolar birlashgan joy. Ikki xil suv


Oqsuv bo'yida sirlashayotgan onaxonlar

davomi bor...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Avgust 2009, 07:45:27

Jum’a kunida

Qishloqda bitta jome’ masjidi mavjud bo’lib, uning qurilishi 2007 yildan (1426 hijriy yil, Ramazon oyi) boshlangan. Ayni paytda ichki pardozlash ishlari davom etmoqda. Mahalliy aholining aytishicha, masjid majmuasini "œqo’qonlik hazrat" qurdirgan ekan. Masjid 3 qavatdan iborat, minorasi va yonidagi xonaqoh bilan eski masjid binosi o’rnida qad ko’targan. Tog’ yonbag’rida qad ko’targan majmua arxitekturasi noan’anaviy bo’lib, vodiyda bu tipdagi boshqa me’morchilik obidasi mavjud emas.


Shohimardon jome' masjidi

Masjid kiraverishiga "œShohimardon Hazrati Ali nomli masjid" deb yozilgan bo’lsa, ichkaridagi xonaqoh peshtoqiga "œHazrati Ali Sherdargoh qorixonasi" deb bitilgan.


Majmuaning umumiy ko'rinishi


Masjid minorasining yuqori qismi

Majmua arxitekturasida sher bilan bog’liq birqancha elementlar uchraydi. Xonaqoh pehstoqida Samarqanddagi Sherdor madrasasini eslatuvchi sherlar, shuningdek majmuaning yon tarafi yuqorisida yer yuzi tasviri ustida, yelkasiga "œAlloh" lafzi yozilgan sher tasviri mavjud. Xonaqohga kirish eshigi ham sherni eslatuvchi naqsh bilan bezatilgan.


Majmuaning yon tarafi (Shohimardon qishlog'iga kirish tomoni)


Xonaqoh pehstoqi


Sher tasvirini eslatuvchi xonaqoh eshiklari

Xonaqoh gumbazi peshtoqlariga pastdan yuqoriga Fotiha surasi, Alloh va Muhammad lafzlari, iymon kalimasi, Alloh taoloning 99 sifati, sahobalar nomlari bitilgan. Buxoro, Shahrisabz ustalari ishlagan gumbaz moviy va tilla rang bilan qorishib, go’zal geometrik shaklni hosil qilgan.






Xonaqohning ichkari gumbaz qismi bezaklari


Gumbaz bezaklarini suratga olayotgan mehmonlar (PS. Avvaliga tortinib turoshgan edi. So'ng, mening suratga olayotganimni ko'rib, ular ham telefon va cameralarini ishga solishdi.)

Jum’a kuni masjidga katta jamoat yig’ilarkan. Ularning aksariyati dam olish uchun kelgan mehmonlardir.








Juma namozidan chiqayotgan musulmonlar

davomi bor...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Avgust 2009, 22:57:15

Milliy o’yinlar namoyishi

Shohimardonda yo’qolib ketayotgan bir qancha milliy urf-odat, an’analarimiz saqlanib qolgan. Ana shunday avloddan avlodga o’tib, kamol topayotgan an’analardan biri polvonlik va dorbozlik o’yinlaridir. Qadimdan Shohimardon polvon va dorbozlari yurtimiz va jahonning ko’plab davlatlarida bo’lib, o’zlarining kuch va mahoratlarini namoyish etganlar.


Shohimardon markazidagi dor maydoni

Ayni paytda Shohimardon markazidagi ikkita dor maydonida navbat bilan 3 ta polvonlik va dorbozlik truppalari o’z san’atini namoyish etmoqda: Lochin Usmonovning nabiralari, Tursunali polvon truppasi, Ahad polvonning dorbozlik truppasi.


Lochin polvonning nabiralari


Vodillik Tursunali polvon


Ahad polvon shogirdlari o’ynaydigan dor

Tomoshalar avvalida muxlislarni chorlash uchun ovoz kuchaytirgichlarda musiqa qo’yiladi. Bu maxsus signal bo’lib, tomosha boshlanayotganidan darak beradi. Tomoshalar mutlaqo bepul, xohlagan kishi xohlagancha tomosha qilishi mumkin, ammo"¦ Bu haqida birozdan so’ng.
Qishloq markazidagi tomosha maydoni atrofi majnuntollar bilan o’ralgan. Tomoshabinlar uchun o’rindiqlar kam, ko’pchilik tik turgan holida tomosha qiladi. Bu Rim amfiteatrlariga o’xshamasa-da, lekin olomonni bir yerda tutib turish uslubi o’xshab ketadi. Tomoshani truppa rahbari salom bilan ochib, bugun namoyish etilajak o’yinlar haqida anons berib o’tadi. So’ng davraga masxarabozlar chiqib, so’z o’yinlari bilan muxlislarning kayfiyatini ko’tarishadi. Masxaraboz tomosha oxiriga qadar davrani qizdirib turish vazifasini bajaradi.



Tomoshalar boshlanishidan avval: o’ynayotgan bolakaylar

davomi bor...

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Avgust 2009, 08:42:12

Keyingi navbat eng yosh polvonlarning o’yinlariga beriladi. Bunda 8-10 yoshli polvonlar polvontoshlar, turli akrobatik o’yinlar bilan tomoshabinlarni bahramand etishadi. Bunda 32 kilolik toshlarni yuqoriga ko’tarish, otib o’ynash, yarim doira shaklida o’zidan 6-7 baravar og’ir yukni ko’tara olish, avtomobil tortish, pichoqli narvonlardan ko’tarilish, yuqoridan shishali yerga sakrash, olov halqalardan akrobatik usulda sakrab o’tish, olov ustida yurish kabi tryuklar bajariladi.


Yosh polvon o’z vazni og’irligidagi toshlarni ko’tarmoqda


Shisha ustiga sakrash


Polvon bolakay o’z vaznidan 10 marta og’ir yukni ko’tarmoqda


Olovli halqalardan sakrash

Yosh polvonlarning eng qiyin mashqi oldidan didaktik tanaffus e’lon qilinadi.  Unda boshlovchi qo’lini duoga ochib, avvalo elu yurtga omonlik, mehmonlarga xotirjamlik, farzandi yo’qlarga o’g’il-qiz tilab, uzundan uzoq duo va ma’ruza qilib, maqsadga o’tadi: "œMana shu bolani san’atini ko’rib, og’lim bo’lsa, polvon bo’lsin deb xavas qilib, ko’ngildan chiqargan bitta marddan 2000 ta so’m so’radim, u ham bo’lmasa 1000 ta so’m, u ham bo’lmasa 500 ta so’m. Uniyam hammadanmas. Marddan so’radim, saxiydan so’radim. Bersang beraman degan, mardga beraman degan. Ro’zg’oridan orttirgan bo’lsa, Shohimardonga atagan bo’lsa, shulardan so’radim. Mana shu bolaga nima maqsadda bergan bo’lsa, shu yerga kelib nimani so’ragan bo’lsa, Alloh niyatiga yetkazsin!".



Didaktik tanaffus

Shundan so’ng, qahramon bolakay o’rtada turib, tomoshabinlardan kelayotgan hadyalarni qabul qila boshlaydi. Boshlovchi esa, pul berayotganlarning haqiga duo qilib turadi. O’rtaga chiqib pul berayotganlar soni kamaygandan so’ng, boshlovchi: "œEndi bizning ota-bobolarimizdan qolgan an’anamiz bor, o’ng tomondan aylanib, yig’inimizga ataganlarning hadyalarini yig’ishtirib chiqasiz. Berishga puli bo’lmasa-da, hijolat bo’lib, shu bolani peshonasidan silab qo’yganning ham maqsadini Alloh beraversin!" — deydi. Bu holat deyarli har bir namoyishdan so’ng takrorlanadi. Yoshi katta polvonlar duo orqali gipnoz qilish san’atini yaxshi egallaganlar.  Bolakay davra aylanib bo’lganidan so’ng ham boshlovchi duo qiladi, shundan so’ng mashq bajarilib, keyingi ishtirokchiga navbat beriladi.


Polvon davra aylanar

Davraga illyuzionist-ko’zboylog’ich chiqib, bilgan tryuklarini namoyish etadi. U ham eng qiziq tryuki oldidan qo’lini duoga ochib, avvalgi harakatni takrorlaydi. Oradagi vaqtdan boshlovchi foydalanib oladi. O’zi olib kelgan kitobni obdon reklama qilib, savdoni boshlaydi. Birinchi taqdim etilgan kitob giyohlar haqida bo’lib, boshlovchining aytishicha, bu jajji kitobning ichida davosi yo’q dardlarga ham shifo bor  emish. Har bir xonadonda bo’lishi shart bo’lgan kitoblardanmish. Bu kitobning bahosi 700 so’m (Toshkentda esa bu kitobni atigi 300 so’mga xarid qilish mumkin).


Kitob savdosi

Shundan so’ng davraga katta polvonlar chiqib, o’z mahoratlarini namoyish etadilar. Ularning bajarayotgan mashqlari juda murakkab bo’lib, ayni paytda juda xavfli hamdir. Polvontoshlar bilan o’ynovchi polvon mashqni boshlashdan avval yig’indagi shug’ullangan yigitlardan birontasini davraga taklif etib, 70 kilolik toshlardan birini ko’tarib ko’rishini so’raydi. Tomoshabin polvon uni yelkasigacha oladiyu, yuqoriga ko’tarolmaydi. Shundan so’ng haqiqiy polvon shu kabi toshlardan 4-5 tasini ko’tarib, o’yin ko’rsatadi. Polvonlar ham notiq bo’lib ketishgan. O’zlariga e’tibor qaratish uchun "œMening bitta kamchiligim bor, qarsak bo’lmasa o’ynolmayman" deb talab qilishadi. Qarsak chalmaganlarni ba’zida malomat ham qilishadi, yarim chin, yarim hazil ohangda "œqarsak chalmaganlarni Shohimardonda kechasi bilan burga talab chiqsin", - deydilar.


18 yoshlik Sardor polvon

davomi bor...

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Avgust 2009, 23:37:40

"œRembo" laqabli polvonning ko’rsatgan mashqlari ko’pchilikka ma’qul tushdi. U 110 kilolik tomoshabin yigitni bir qo’lida yuqoriga ko’tarib, ikkinchi qo’lining sinchalog’ida 70 kilogrammlik toshni, bir oyog’ida ham shundan toshni birdaniga ko’tarib, "œvertolyot" usulida aylantirdi. 18 yoshlik Sardor polvonning "œsamolyot" tryuki ham ancha murakkab bo’lib, bunda u tomoshabinlardan 3 nafarini dast ko’targancha samolotdek parvoz qildiradi. Aziz polvonning 60 kilolik toshlarni yuqoriga otib, yelkasi bilan urishi va 2 tonnalik "œVolga" mashinasi orqaga yurgani holda, u tishi bilan oldiga tortishi (mashina g’ildiraklari muvozanatni saqlay olmay turgan joyida aylanaveradi) mashqlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldiradi.


"œSamolyot" tryuki


"œVertolyot" tryuki


Polvon - "œRembo"

Eng qiziqarli tryuk tomoshaning oxirida namoyish etiladi. Shunday bo’lsa-da, boshlovchi muxlislarni qiziqtirish maqsadida, "œhozir dor o’yinlarimiz boshlanadi, 5 metrlik ilon bilan o’yinlarimiz hali oldinda", deya anons berib turadi. Navbat hayvon o’yinlariga beriladi. Katta bo’g’ma ilonni olib chiqish uchun ketgan vaqtdan foydalangan boshlovchi navbatdagi kitobni sotishga ulguradi: "œTushlar ta’biri" — 1000 so’m (Toshkentda 500 so’m).


5 metrli bo’g’ma ilonni namoyish etayotgan bolakaylar

Hayvon o’yinlarida odatda, maymun, echkemar, ilon, qushlar bilan o’yin ko’rsatiladi. Echkemar va ilon o’yinlari unchalik qiziq bo’lmasa-da, uni ko’rmagan odamlarga qiziq tuyuladi. Aslida u hayvonlar davrada namoyish etiladi, xolos.


5 metrli bo’g’ma ilonni namoyish etayotgan bolakaylar

Ba’zi tomoshalar kechqurun ham davom etadi. Tomoshaning oxirida asosiy o’yinlardan biri — dor boshlanadi. Boshlovchi muxlislarni o’z e’tiboriga qaratib, dorga chiqib ketayotgan dorbozga oq fotiha beradi. Dorboz 10 kilolik langarni ko’tarib muvozanat saqlagancha dorga ko’tariladi. Bu safargi dorbozlar 16-20 yoshlardagi qizlar ekan. Avval kattaroq yoshdagi dorboz qiz mahoratini namoyish etadi. Garchi bu kech yomg’ir yog’ib, chaqmoq chaqayotgan bo’lsa-da, tomoshabinlar maydonni tark etmaganlar. Dorboz qiz esa tabiatning bu injiqligiga qaramay, dor ustida turli mashqlarni bajarmoqda. Shundan so’ng, yana ikkita qiz ham dorga ko’tariladi. Ular birgalikda dor ustida akrobatik mashqlar ko’rsatishadi. 2 yoshlik Dinoraqizning dor ustidagi mashqlari barchani qoil qoldirdi. Dor haqi rasm-rusumlaridan so’ng, tomosha tugaganligi haqida e’lon beriladi.

davomi bor...

Qayd etilgan


Ansora  18 Avgust 2009, 12:39:01

A.alaykum Abdulaziz, qo'lalringiz dard ko'rmasin. Hammasi muhtasham. Ham rasmlar, ham yozuvlar. Vodiyni sayllari juda mashhur rostanam. 80 yilga yaqin mustamlakadan o'zligimizni yo'qotmay chiqishimizda xalqimizning amaliy san'atlarining ham hissasi kattadir. Takror qo'llaringiz, oyoqlaringizga so'g'lik.

Qayd etilgan