Muallif Mavzu: Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 149917 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy
« : 30 Iyun 2006, 06:18:26 »
Abu Iso Muhammad at-Termiziy

SHAMOILI MUHAMMADIY

Tarjimon: Sayyid Mahmud Taroziy


Shamoili Muhammadiy



Muallif: Abu Iso Muhammad at-Termiziy
Hajmi: 268 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish


MUNDARIJA

Bismillahir rohmanir rohim
Muhri nubuvvat haqida
Payg‘ambarning sochlari haqida
Payg‘ambarning sochlarini taraganliklari haqida 
Payg‘ambarning soqol va sochlariga tushgan oqlar haqida
Payg‘ambarning surma iste’mol qilishlari haqida
Payg‘ambarning liboslari haqida
Payg‘ambarning mahsi, kavushlari haqida
Payg‘ambarning uzuklari va uzuk taqishlari haqida
Payg‘ambarning qilichlari, zirra va qalqonlari haqida
Payg‘ambarning salla, rido va izorlari haqida
Payg‘ambarning yurish va o‘tirishlari haqida
Payg‘ambarning suyangan narsalari va suyanishlari haqida
Payg‘ambarning taom tanovul qilishlari va qanday nonga odat qilganliklari haqida
Payg‘ambarning non yoki burunj bilan tanovul qiladigan taomlari haqida bayon qilinadi
Payg‘ambarning taom tepasida tahorat olishlari haqida
Payg‘ambarning taomdan avval va keyin aytiladigan duo va zikrlari haqida
Payg‘ambarning suv ichadigan piyolalari haqida
Payg‘ambarning qanday mevalarni tanovul qilishlari haqida
Payg‘ambarning ichadigan narsalari va ichishlarining tariqasi haqida
Payg‘ambarning xushbo‘y iste’mol qilishlari haqida
Payg‘ambarning xulq bilan so‘z qilishlari haqida
Payg‘ambarning kulishlari haqida
Payg‘ambarning hazillari haqida
Payg‘ambarning she’r haqida aytgan so‘zlari
Payg‘ambarning kechqurunlari qilgan hikoyalari haqida
Ummu Zar' hikoyasi
Payg‘ambarning uyqulari haqida
Payg‘ambarning ibodatlari haqida
Payg‘ambarning qiroatlari haqida
Payg‘ambarning yig‘laganliklari va zorilari haqida
Payg‘ambarning to‘shab yotadigan yotoqlari haqida
Payg‘ambarning tavoze’lari haqida
Payg‘ambarning axloq va odati sharifalari haqida
Payg‘ambarning qortuq bilan qon oldirganliklari haqida
Payg‘ambarning nom va laqablari haqida
Payg‘ambarning hayot kechirishi haqidagi voqealar
Payg‘ambarning muborak yoshlari haqida
Payg‘ambarning vafotlari haqida
Payg‘ambarning meroslari haqida
Payg‘ambarni tushda ko‘rish haqida
« So'nggi tahrir: 19 Yanvar 2012, 14:17:06 muallifi AbdulAziz »
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: SHAMOILI MUHAMMADIY. Muhammad at-Termiziy
« Javob #1 : 30 Iyun 2006, 06:20:21 »
SHAMOILI MUHAMMADIYYA

Bismillahir rohmanir rohim

1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam na ko‘p uzun qomatlik va na past qadlik, balki o‘rta bo‘ylik, qomatlari nihoyatda mavzun zot edilar. Ranglari na nihoyatda oq va na to‘q bug‘doyrang edi, balki oq qizillikka moyil, ko‘rkamlikda o‘n to‘rt kechalik oy kabi nurlik edi. Muborak sochlari na nihoyatda buralgan va na nihoyatda yozilgan edi, balki o‘rta bir holda o‘zlariga yarashgan edi. Alloh Taolo ul kishini qirq yoshida payg‘ambarlik maqomiga musharraf etdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘n yil Makkai mukarramada va o‘n yil Madinai munavvarada turdilar, va oltmish yoshda dunyodan rihlat qildilar. Muborak boshlarida va soqollarida yigirma adad ham oqargan mo‘y yo‘q edi.

I z o h: Bu rivoyatda Makkadagi istiqomatlarini o‘n yil deyilgan va butun umrlarini oltmish yosh ko‘rsatilgan. Buning sababi shuki, arablar goho kasr adadni zikr qilmaydilar. Haqiqatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai mukarramada o‘n uch yil turganlar. Va vafot topganlarida, muborak yoshlari oltmish uchda edi.
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: SHAMOILI MUHAMMADIY. Muhammad at-Termiziy
« Javob #2 : 30 Iyun 2006, 06:20:50 »
2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rta qadlik bir zot edilar. Na uzun va na past bo‘yli edilar. Jismlari chiroyli, kelishgan, sochlari na buralgan va na yozilgan edi. Chehralari bug‘doyrang, qachon yursalar, oldilariga moyil bo‘libroq yurar edilar.
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: SHAMOILI MUHAMMADIY. Muhammad at-Termiziy
« Javob #3 : 30 Iyun 2006, 06:21:11 »
3. Baro’ ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rta buyli (biroz uzunga moyil) bir kishi edilar. Ikki yelkalarining o‘rtasi keng bo‘lib, muborak sochlari ko‘p va ikki quloqlarining yumshoqlariga tushib turardi. Egnilarida qizil libos (ya’ni rido’ va izorlari) bor edi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan husnliroq bir narsani hargiz ko‘rmadim.
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: SHAMOILI MUHAMMADIY. Muhammad at-Termiziy
« Javob #4 : 30 Iyun 2006, 06:21:19 »
4. Baro’ ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat: Men hech bir zulflik mahbubni qizil libos ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ziyoda husnlik ko‘rmadim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak sochlari ikki yelkalariga tushib turar edi. Ikki yelkalarining orasi keng edi. Qad-qomatlari na past va na ziyoda uzun edi.
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: SHAMOILI MUHAMMADIY. Muhammad at-Termiziy
« Javob #5 : 30 Iyun 2006, 06:21:28 »
5. Ali roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam na uzun va na past bo‘yli edilar. Ikki kaftlari va ikki qadamlari to‘la va go‘shtlik edi. Muborak boshlari katta va a’zolarining bo‘g‘imlari, xar ikki suyaklarining qo‘shilgan yeri yo‘g‘on edi. Siynalaridan kindiklariga qadar uzun va ingichka mo‘ylari bor edi. Qachon yursalar, go‘yo balandlikdan pastlikka tushib borayotgan kabi yurar edilar. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan avval ham, keyin ham, u kishiga o‘xshagan biron zotni hargiz ko‘rmadim.
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: SHAMOILI MUHAMMADIY. Muhammad at-Termiziy
« Javob #6 : 30 Iyun 2006, 06:21:37 »
6. Ali roziyallohu anhuning nabiralari Ibrohim ibn Muhammad dedilar: Ali roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vasflarini bayon qilsalar, der edilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam na uzun va na past bo‘ylik edilar, balki o‘rta qadlik odamlardan edilar, va muborak sochlari na ziyoda buralgan va na ziyoda yozilgan edi, balki ikkisining o‘rtasida edi. Muborak badanlari na semiz va muborak chehralari na yumaloq, balki ozroq mudavvar (yumaloqqa moyil) edi, chehralari qizilga moyil oq edi. Ikki ko‘zlari nihoyatda qora va kipriklari nihoyatda uzun edi. Ikki suyaklarining qo‘shilgan boshlari yo‘g‘on va ikki yelkalari jam bo‘ladigan joylari ham yo‘g‘on go‘shtlik edi. Badanlarida tuk yo‘q edi, magar siynalaridan kindiklariga qadar nozik mo‘ydan bir chiziq tortilganday edi. Ikki kaftlari va ikki qadamlari to‘la va go‘shtlik edi. Qachon yo‘l yursalar, qadamlarini yerdan quvvat-la uzib olar, guyoki pastlikka ketib borayotgan kabi ko‘rinar edilar. Qachon bir tarafga burilsalar, butun badanlari bilan burilar edilar. Tanho bo‘yinlarini burib qo‘ymas edilar.

Ikki yelkalarining o‘rtasida muhri-nubuvvat, ya’ni payg‘ambarlik muhri bor edi, va o‘zlari barcha payg‘ambarlarning oxiri edilar. Hammadan ziyoda saxiy zot edilar, va hammadan ziyoda rost so‘zlaguvchi va muloyim tabiatli va sharafli xonadonlik bir zot edilar. Kimki u kishini birdan ko‘rib qolsa, haybatlari bosar edi, kimki yaxshi tanib, suhbatlariga musharraf bo‘lsa, diydorlariga va suhbatlariga oshiq bo‘lib qolar edi. Maddohlari “Men bu ga o‘xshagan zotni na o‘zlaridan avval ko‘rdim va na o‘zlaridan keyin ko‘rdim”, degandi.
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: SHAMOILI MUHAMMADIY. Muhammad at-Termiziy
« Javob #7 : 30 Iyun 2006, 06:21:47 »
7. Imom Hasan roziyallohu anhu rivoyat qiladi: Men o‘zimning tog‘am Hind ibn Abi Holadan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlarida savol qildim. U kishi ning vasfi muboraklarini hammadan ziyoda ravshan va yaxshi bayon qilar edi va tog‘am menga payg‘ambarlikning yuksak sifatlarini bayon kilishini va uni men yod qilib olishni xoxlar edim. Tog‘am dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqiqatda o‘zlari nihoyatda ulug‘ bir zot bo‘lib, odamlar nazarida ham nihoyatda ulug‘, hurmatli zot edilar. Muqaddas chehralari o‘n to‘rt kechalik oy kabi ko‘rkam edi. O’rta qadlik insondan uzunroq va nihoyatda uzun bo‘ylik odamdan pastroq edilar. Muborak boshlari katta, sochlari ozroq buralgan edi.

Agar sochlari o‘zicha osonlik bilan ochilsa, farq ochar edilar, agar taroq va boshqa narsaga zarurat tushadigan bo‘lsa, farqlarini ochmay qo‘yib qo‘yardilar. Sochlarini ziyoda o‘stirsalar, quloqlarining yumshog‘idan tushib turar edi. Muborak ranglari yaltirab turgan oq edi. Peshonalari keng va ochiq edi. Qoshlari egilgan bo‘lib, ingichka va qalin va bir-biridan alohida va qo‘shilmagan edi. Ikki koshlari o‘rtasida bir tomirlari bor edi, g‘azablari kelganda harakatga kelib ko‘rinar edi. Muborak burunlari biroz baland va qirralik va unda biroz nuri duraxshon (ko‘rkam) ediki, unga yaxshi diqqat qilib ko‘rmagan odam burunlarini katta va baland gumon qilar edi. Muborak soqollari katta va qalin, muborak ikki yonoqlari na ozg‘in va sergo‘sht, balki nihoyatda marg‘ub edi. Ma’sum (pokiza, gunohsiz) og‘izlari mo‘‘tadil keng edi (fasohatli va balog‘atli insonlarning og‘izlari shunaqa bo‘ladi). Muborak tishlari mayda va yaltirab turgan edi. Oldingi tishlari bir-biridan alohida ko‘rinardi. Muborak siynalaridan kindiklariga qadar nozik mo‘ydan bir chiziq tortilgan bo‘lib, muborak buyinlari shundoq yarashgan, chiroyli ediki, guyo oq marmar toshdin, yo oj(fil suyagi)dan tarashlangan xaykalning bo‘yni kabi edi, oqlikda kumush kabi sof edi.

Badanlarining a’zolari hammasi bir-biriga munosib yaratilgan, o‘rta darajada go‘shtlik edi. Go‘shtlari osilib turgan emas, qorinlari va siynalari tekis va barobar edi. Siynalari keng edi. Ikki yelkalarining o‘rtasi keng edi. Bo‘g‘imlari yo‘g‘on edi. Libosdan tashqari turgan a’zolari nurlik, nihoyatda ko‘rkam ko‘rinur edi. (Bundan ma’lum buladiki, libos ichida mahfuz turgan a’zolari naqadar nurlik bo‘lur). Siynalarining va kindiklarining o‘rtasida xat kabi cho‘zilgan bir mo‘y tushgan edi. Ko‘kraklari va qorinlari mo‘ydin holi edi. Lekin ikki bilaklari va ikki yelkalari va siynalarining yuqori tomonlarida mo‘ylari bor edi. Ikki bilaklari uzun edi, kaftlari kushoda, ikki kaftlari va ikki qadamlari go‘shtlik edi. Qo‘llarining va oyoqlarining barmoqlari mo‘‘tadil uzun edi.

Qadamlari silliq edi, unda suv to‘xtamas edi. Qachon yursalar, quvvat ila qadam ko‘tarar edilar. Oldilariga egilibroq yurar va ohista qadam qo‘yar edilar. Yurishlari tez-tez bo‘lib, keng qadam qo‘yar edilar. Qachon yursalar, bir balandlikdan tushib turgandek yurardilar. Va bir tarafga burilsalar, butun qomatlari bilan burilardilar. Nazarlari tubanga bo‘lar edi. Osmondan ko‘proq yerga boqar edilar. Ko‘pincha ko‘z qirrasi bilan boqar edilar. Sahobalarining o‘zlaridan ilgari yurgizib, o‘zlari orqalaridan yurar edilar. Har kimsa yuliqsalar, undan ilgari salom berardilar.
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: SHAMOILI MUHAMMADIY. Muhammad at-Termiziy
« Javob #8 : 30 Iyun 2006, 06:21:56 »
8. Jobir ibn Samra roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning og‘izlari mo‘‘tadil katta edi (Arablar erlar uchun katta og‘iz bo‘lishni yaxshi ko‘radilar, chunki fasohatli bo‘ladi). Ma’sum ko‘zlarining oqida qizillik bor edi. Qadamlarining orqasida go‘sht kam edi.
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: SHAMOILI MUHAMMADIY. Muhammad at-Termiziy
« Javob #9 : 30 Iyun 2006, 06:22:05 »
9. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat: Men bir oydin kechada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdimki, badanlarida qizil libos bor edi. Men goho Rasulullohga boqar edim, goho oyga boqar edim. Boqa-boqa shu natijaga yetdimki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam husnda, jamolda va nurda oydan ziyoda va ortiq edilar.
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: SHAMOILI MUHAMMADIY. Muhammad at-Termiziy
« Javob #10 : 30 Iyun 2006, 06:22:17 »
10. Abu Ishoq dedilar: Bir kishi Baro’ roziyallohu anhudan savol qildi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak chehralari qilich kabi yaltiragan edimi? Baro’ dedilar: Yo‘q. Oy kabi nuroniy, ya’ni nihoyatda nurli, nihoyatda ko‘rkam edi. Uzun emas va yumaloq ham emas edi.

I z o h. Bu o‘xshatishlar hammasi taxminiydur, haqiqat emasdur. Bir oy nima (bo‘libdi), ming oy bir bo‘lsa ham nuroniyatda chexrai nabaviyyaga o‘xshay olmas.
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: SHAMOILI MUHAMMADIY. Muhammad at-Termiziy
« Javob #11 : 30 Iyun 2006, 06:22:27 »
11. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning jismi muboraklari shul qadar marg‘ub, chiroyli va zebo ediki, inson ko‘rib, vujudlarini Alloh Taolo kumushdan quyganmikan deb qolar edi. Muborak sochlarida biroz buralganlik bor edi.
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: SHAMOILI MUHAMMADIY. Muhammad at-Termiziy
« Javob #12 : 30 Iyun 2006, 06:22:41 »
12. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilarki, menga barcha payg‘ambarlar ko‘rsatildi. Qarasam, Muso alayhis-salom biroz ingichka va oriq odam ekanlar. Yamandagi Shanua kabilasining odamlariga o‘xshar ekanlar. Iso alayhis-salomni ko‘rdim, u zotga men ko‘rgan odamlardan Urva ibn Mas’ud nihoyatda o‘xshaydir. Ibrohim alayhis-salomni ham ko‘rdim, men ko‘rgan odamlar ichlarinda u zotga nihoyatda o‘xshagan odam sizlarning payg‘ambarlaringizdur (ya’ni o‘zlarini aytdilar). Jibriyl alayhis-salomni ham ko‘rdim, u zot men ko‘rgan zotlardan Dihyat-al-Kalbiyga nihoyatda o‘xshar ekanlar.
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: SHAMOILI MUHAMMADIY. Muhammad at-Termiziy
« Javob #13 : 30 Iyun 2006, 06:22:49 »
13. Sa’id Jurayriy debdilar: Men Abu Tufayl roziyallohu anhudan bu so‘zni aytib turganini eshitdim: Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni ko‘rganman. Yer yuzida ul ni ko‘rganlardan mendan boshqa bir kishi ham qolmadi. Sa’id Jurayriy dedilar: Men u kishi menga vasf qilib berishlarini so‘radim. Abu Tufayl dedilar: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam oq yuzli, malohatlik, jismlari mo‘‘tadil bir zot edilar, ya’ni tamomi a’zolari o‘zlariga yarashgan bir mahbub edilar.
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

Abdusalom

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 620
  • -oldi: 61
  • Xabarlar: 1023
  • Jins: Erkak
  • Salomlarim sizlarga!!!
Re: SHAMOILI MUHAMMADIY. Muhammad at-Termiziy
« Javob #14 : 30 Iyun 2006, 06:22:57 »
14. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning oldi taraflaridagi tishlaridan ikkisi nihoyatda yaltirab turardi. Qachon so‘z qilsalar, tishlarining oralaridan nur kabi bir narsa chiqardi.
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.

 

Imom Termiziy. Sunani Termiziy. 1-jild

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 680
Ko'rilgan: 180083
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 03:05:57
muallifi AbdulAziz
Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (1-jild)

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1274
Ko'rilgan: 568324
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 01:24:13
muallifi AbdulAziz
Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 353
Ko'rilgan: 89957
So'nggi javob 08 Yanvar 2009, 07:11:15
muallifi AbdulAziz
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 380
Ko'rilgan: 189968
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 22:24:46
muallifi AbdulAziz
Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad

Muallif UmarbekBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1153
Ko'rilgan: 387257
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 22:38:47
muallifi AbdulAziz