Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 235369 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 33 B


Abdusalom  01 Iyul 2006, 07:38:04

210. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kecha tahajjudlarida avvaldan oxirigacha birgina oyati sharifani qaytarib-qaytarib o‘qib turdilar.

I z o h. Mazkur oyat sharifa ushbudir: IN TU’AZZIBHUM FAINNAHUM IBODUKA VA IN TAG’FIRLAHUM FAINNAKA ANTA-L-’AZIYZU-L-HAKIYM (Surai Moida).

Tarjimasi: (Ey xudo, agar Sen bularning hammalarini azoblasang, o‘z bandalaringdir, va agar Sen bularni mag‘firat qilsang, hammaga g‘olib va ulug‘, xikmatli zotdirsan. Ya’ni, xech kim Sening iroda va hukmingga daxl berolmas. Har narsa qilsang yarashur, chunki sen Molikdirsan, ular bandalaringdir).

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 07:38:17

211. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu dedilar: Bir kecha men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan namoz o‘qidim. Janob qiyomda shu qadar uzoq turdilarki, men chidab tura olmay, bir yomon ishni qilmoqchi bo‘ldim (lekin qilmadim). Bir kishi savol qildi: nima qilmoqchi edilar? Abdulloh ibn Mas’ud dedilar: o‘zim o‘tirib olib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni o‘zlarini tanxo qo‘ymoqchi bo‘lib edim.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 07:38:37

212. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (oxirgi vaqtlarida) nafl namozlarini o‘tirib o‘qir edilar. O’tirgan hollarida Qur’oni sharifni odatlariga mutobiq uzun o‘qib borar edilar. Qachonki bir raka’atning xissasidan o‘ttiz yo qirq oyat miqdori qolsa, uni turib o‘qir edilar. Keyin ruku’ va sajda qilar, keyin ikkinchi raka’at yana shunday qilar edilar.

I z o h. Jumhur ulamolar islom va to‘rt mazxab imomlarining nazdida o‘tirib namoz o‘qiguvchiga ruku’ga yaqin yetganda turib ruku’ va sujud qilmoq joizdir va turib namoz o‘qiguvchiga charchab qolsa, o‘tirib namoz o‘qimoq ham nafl namozida joiz.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 07:38:50

213. Abdulloh ibn Shaqiq roziyallohu anhu dedilar: Men Oisha roziyallohu anhodan Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning nafl namozlarining kayfiyatlaridan savol qildim. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechaning uzun hissasida nafl namozlarini turib o‘qir edilar va ba’zi kechaning uzun xissasida o‘tirib o‘qir edilar. Lekin odati sharifalari shu ediki, qachon turib Qur’on o‘qisalar, ruku’ va sajdalarini ham turib qilar edilar, va qachon o‘tirib Qur’on o‘qisalar, ruku’ va sajdalarini o‘tirib qilar edilar.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘tirib namoz o‘kisalar ham, turib o‘qilgan namoz savobini mukammal olgaylar. Chunki Janobning asl maqsadlari ummatga shu tariqa o‘qimoqning joizligini ta’lim berishdir.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 07:39:09

214. Xafsa roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nafl namozlarini o‘tirib ham o‘qir edilar, va unda bir surani o‘qisalar, shunday tartil bilan o‘qir edilarki, u sura o‘zidan uzun suradan ham uzun bo‘lib ketardi.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning namozlari ham, qiroatlari ham boshqa bir olam bo‘lar edi. Ohista-ohista va tajvid va tartil bilan, ma’nolarida tadabbur va takammullar qilib o‘qir edi. Shunday o‘qilgan suratdagina Kur’oni karim haqqi ado etilgan bo‘ladi va uni o‘quvchi foyda va bahra oladi.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 07:39:17

215. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan muqaddam aksar nafl namozlarini o‘tirib o‘qiydigan bo‘ldilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 07:39:31

216. Ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan peshindan avval ikki raka’at va peshindan keyin ikki raka’at masjidda va mag‘ribdan keyin ikki raka’at va xuftondan keyin kkki raka’at uylarida o‘qidim.

I z o h. Bu hadisda namozning sunnatlari bayon qilingan. Sunnati muakkada hanafiylar qoshida ham shunday, lekin peshinning sunnati ularda to‘rt raka’atdir. Nabiyi karim sollallohu alayhi vasallamdan ko‘p hadislar vorid bo‘lganki, ularda har kim bir kechada va kunduzda o‘n ikki raka’at namozga mudovamat qilsa, Alloh taolo uning uchun jannatda bir uy bino qilur, deyilgan. Bu o‘n ikki raka’atning tafsili Oisha va Ummu Xabiba roziyallohu anhumo rivoyatlarida yuqoridagi Ibn Umar rivoyatlaridagidek kelgan. Magar, ular rivoyatlarida peshin namozining avvalgi sunnati to‘rt raka’at deb ko‘rsatilgan. Yana bir xadisda kelganki, peshindan avval to‘rt raka’atni bir salom bilan o‘qilsa, uning uchun osmonning darvozalari ochilur. (Ya’ni tez qabul qilinur). Imom Buxoriy va imom Muslim raximaxumallohning bir rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam peshindan avvalgi to‘rt raka’atni hargiz tark qilmas edilar, deyilgan. Imom Axmad, Abu Davud va boshqalar Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam peshin namozi uchun masjidga chiqar vaqtlarida uyda to‘rt raka’atni o‘kib, keyin chiqar edilar. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Janob sollallohu alayhi vasallam ko‘pincha sunnatlarni uyda o‘qib, keyin masjidga chiqar edilar, va g‘oliban masjidda ikki raka’at tahiyatul-masjid o‘qir edilar. Ehtimol, Ibn Umar roziyallohu anhumo shuni ko‘rgan bo‘lishlari mumkin.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 07:39:50

217. Xafsa roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam subhi sodiq tulu’ qilib, muazzin azon aytishi bilan, ikki raka’at yengil namoz o‘qir edilar.

I z o h. Bu namoz bomdod namozining sunnatidir. Buni Nabiyi karim sollallohu alayhi vasallam yengil o‘qir edilar, va zam surasi uchun surai «Kofirun» bilan surai «Ixlos»ni o‘qir edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 07:40:10

218. Osim ibn Zamra dedilar: bizlar Ali roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kunduzda o‘qiydigan namozlarining kayfiyatidan savol qildik. Ali roziyallohu anhu dedilar: "œSizlar u kayfiyatda o‘qiy olmaysizlar". Biz dedik: "œSiz bayon qiling, har kim o‘qiyolsa o‘qir". Keyin Ali dedilar: "œJanobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam subh vaqtida oftob osmonning sharq tarafida, go‘yo asr vaqtida g‘arb tarafida ko‘tarilgan balandlikda ko‘tarilganda, ikki raka’at namoz o‘qir edilar. Qachonki sharq tarafida, go‘yo peshin vaqtida g‘arb tarafida ko‘tarilgan balandlikda ko‘tarilsa, to‘rt raka’at namoz o‘qir edilar. Peshin namozidan avval to‘rt raka’at o‘qir edilar. Peshin namozidan keyin ikki raka’at o‘qir edilar. Asrdan avval to‘rt raka’at o‘qir edilar. Bu to‘rt raka’atni har ikki raka’atidan keyin muqarrabin maloikalar va anbiyo va ularga tobe’ bo‘lgan mo‘minlar va musulmonlarga salom berar edilar.

I z o h. Bu rivoyatdagi avvalgi ikki raka’at ishroq namozidir. Keyingi to‘rt raka’at chosht namozidir. Peshin namozidan avvalgi sunnati to‘rt raka’at ekanligi sobit bo‘ldi. Peshin namozidan avvalgi to‘rt raka’ati va keyingi ikki raka’ati sunnati muakkadadir.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:04:57

219. Muoz roziyallohu anhu dedilar: Men Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chosht namozini o‘qir edilarmi, deb savol qildim. Oisha dedilar: Ha, to‘rt raka’at o‘qir edilar. Xoxlasalar, ziyoda ham o‘qir edilar.

Qayd etilgan