238. Abu Solih dedilar: Men Oisha va Ummu Salama roziyallohu anhumodan so‘radim: "œQaysi bir ibodat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ziyoda maxbub edi?" Ular har ikkilari dedilar: "œQaysi bir ibodat oz bo‘lsin yo ko‘p bo‘lsin, qilguvchi unda davomiy bo‘lsa, o‘sha ibodat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga maxbub edi".
I z o h. Bu rivoyatlardan aniq-ravshan ma’lum bo‘ladiki, ro‘za bo‘lsin, namoz bo‘lsin, qaysi bir nafl ibodat bo‘lsin, uni qilguvchi odam uni extimom bilan qilsin va unda bardavom bo‘lsin. Xox oz bo‘lsin, xox ko‘p bo‘lsin, qilolmas ekanman deb, butun tashlab ko‘ymasin. Chunki farz ibodatlardagi kamchiliklarni nafllar bilan to‘ldiriladi. Qaysi bir naflga amal qilsa, tark qilinmasin.