Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 161215 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 B


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:40:21

310. Imom Muhammad Bokir raximahulloh dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dushanba kuni vafot etdilar. O’sha kun va seshanba kechasi va seshanba kunduzi turdilar, va chorshanba kechasi kechqurun yerga qo‘yildilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:40:28

311. Abu Salama ibn Abduraxmon Avf roziyallohu anxumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dushanba kuni vafot qildilar, va seshanba kuni dafn qilindilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:40:39

312. Solim bin Ubayd roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘lim bemorliklarida behush bo‘ldilar. Keyin xushlariga kelib, "œNamoz vaqti bo‘ldimi?" deb so‘radilar. Xizmatlarida hozir zotlar «Ha. Namoz vaqti bo‘ldi» dedilar. Bilolga aytinglar, azon aytsin. Abu Bakrga aytinglar, imom bo‘lib, odamlarga namozlarini o‘qib bersin", dedilar. Bu so‘zni deb, yana bexush bo‘ldilar. Yana xushlariga kelib, "œNamoz vaqti bo‘ldimi?" deb so‘radilar. Hozirlar: "œHa", dedilar. Janob dedilar: "œBilolga aytinglar, azon aytsin. Abu Bakrga aytinglar imom bo‘lib, odamlarga namoz o‘qib bersin". Oisha roziyollohu anho dedilar: "œYo, Rasululloh, mening otam g‘amga mag‘lub bir zotdirlar. Janoblarini maqomlarida holi ko‘rsalar yig‘lab betoqat bo‘ladilar va namoz o‘qiy olmaslar. Boshqa bir kishiga amr bersalar". Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana bexush bo‘ldilar. Hushlariga kelganlaridan keyin yana dedilar: "œBilolga aytinglar, azon aytsin va Abu Bakrga aytinglar imom bo‘lib odamlarga namoz o‘qib bersin". Keyin Oisha roziyallohu anxoga boqib dedilar: "œSizlar Yusuf alayhis-salomning sahobalari kabisizlar". Keyin Bilol roziyallohu anhuga azon uchun amr qilindi. Azon aytdilar, va Abu Bakr roziyallohu anxuga aytildi. Odamlarga imom bo‘lib, namoz o‘qib berib turdilar, ya’ni juma kechasining xufton namozidan boshlab, dushanba kunining bomdod namoziga qadar, jami o‘n yetti namozni imomat bilan ado qildilar. Bemorlik vaqtlarida Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam bemorlik vaqtlarida biroz tuzalgandek bo‘ldilar, dedilar: "œQaranglar, meni suyab masjidgacha olib boradigan odam bormikan?" Shu holda Oishaning ozod qilgan cho‘rilari Bariyra bilan yana bir kishi kelib edi, ularga suyanib, Janob masjidga bordilar. Namoz jamoatda imom bo‘lib turgan Abu Bakr roziyallohu anhu Janobni ko‘rib, keyinlariga qaytib, mexrobni bo‘shatmoqchi bo‘ldilar. Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Joyingizdan qo‘zg‘almang» deb ishora qildilar. Keyin Abu Bakr roziyallohu anhu namozlarini tamom qildilar. Keyin Janob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘sha kun foniy dunyodan vafot etdilar. Tamomi sahobalar mudhush bo‘ldilar. Har qaysilari har xil holatlarga duchor bo‘ldilar. Umar roziyollohu anhuga ajib bir kayfiyat zohir bo‘ldi. E’lon etdilarki, biror kishidan "œRasululloh sollallohu alayhi vasallamni vafot qildilar" degan so‘zni eshitsam, men bu qilich bilan boshini olaman. Sahobai kirom hammalari bundan avval biror payg‘ambar zamonini ko‘rmagan va nabiy vafotlarida nimalar qilinadi, tajriba qilmagan, avvalgi payg‘ambarlar kitoblarini o‘qimagan va eshitmagan edilar. Shuning uchun Umar e’lonlari bilan hammalari xomush to‘xtadilar. Sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar degan so‘zni qila olmadilar. Solim deydilar: Hammalari menga dedilar: Ey, Solim, sen Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamiing sohiblari Abu Bakrning qoshlariga borib, u zotni chaqirib kel. Men u zotni chaqirgani Avoliga bordim. Abu Bakr mahallalarining masjidida ekanlar. Men yig‘lagan va hushim ketgan holda huzurlariga yetdim. Meni ko‘rgan zamonlari "œJanobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etdilarmi?" dedilar. Men dedim: Umar har kimdan «Rasululloh vafot qildilar» degan so‘zni eshitsam, bu qilichim bilan buynini uzib tashlayman, dedilar. Abu Bakr Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning biroz tuzalganliklarini ko‘rgach, o‘zlaridan ijozat olib, ahllarini ko‘rgani Avoliga ketgan edilar. Vafotlarining xabarini eshitib, men bilan masjidga keldilar. Odamlarning oralarini «qoch-qoch» deb yorib, xujrai saodatga doxil bo‘ldilar, to‘g‘ri borib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ustlariga o‘zlarini tashladilar va bo‘sa qildilar va bu oyat sharifani tilovat qildilar (Tarjimasi): "œSiz ham vafot qilursiz, va ular ham vafot qilurlar".

Sahobalar dedilar: Ey Sahobi Rasul, Rasululloh vafot qildilarmi? Abu Bakr dedilar: Ha. Janob Dorul-baqoga rixlat qildilar. Bu so‘zdan tamomi sahobalar bildilarki, Janob vafot qilibdilar. Abu Bakr roziyallohu anhuning oyat bilan qilgan istidlollari rostdir. Keyin yana savol qildilar: Ey Sahobi Rasul, Rasulullohga janoza namozi o‘qiladimi? Abu Bakr dedilar: Ha. Janoza o‘qiladi. Ular dedilar: Qanday o‘qiladi? Abu Bakr dedilar: Bir jamoa kiradi, to‘rt takbir aytadilar va Janobga salovot o‘qiydilar va duo qiladilar. Keyin chiqadilar. Keyin boshqa jamoa kiradilar: Takbir aytadilar va salovot o‘qiydilar va duo qiladilar va chiqadirlar. Mana shu tariqa hamma odamlar janoza o‘qiydilar.

Sahobalar dedilar: Ey, Rasulullohning ashoblari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yerga dafn etiladimi? Abu Bakr dedilar: Ha. Yerga dafn etiladilar. Dedilar: Qaysi yerga dafn etiladilar? Abu Bakr dedilar: Alloh Taolo jonlarini olgan yerga dafn etiladilar. Chunki Alloh Taolo bu Janobning jonlarini yaxshi bir yerda qabz qildi. Shu yer munosibdir. Sahobalar bildilarki, Abu Bakr rost so‘zladilar. Keyin Abu Bakr amr qildilarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamniig muborak jasadlarini o‘zlarining yaqin xeshlari yuvsinlar. G’usl qildirguvchi zot Ali roziyallohu anhu bo‘ldilar. Abbos va o‘g‘illari Fazl ikkilari yordam berib turdilar. Qusay va Usoma shaqron parda orqasidan va ko‘zlarini bog‘lagan hollarida suv quyib berib turdilar. Laxadlarini Abu Talxa qazidilar.

Keyin xalifa tayin etish haqida mashvarat qilmoq uchun muxojirlar jam bo‘ldilar. Abu Bakrga dedilar: Yuring, birodarlarimiz Ansori kirom xuzurlariga boraylik. Keyin ularning qoshlariga bordilar. Ularning kattalari Suqayfa Bani So’dada jam bo‘lgan ekanlar. Ulardan Habbob ibn al-Munzir dedilar: Bizlardan bir amir, sizlardan bir amir bo‘lsin. Umar ibn al-Xattob roziyallohu anhu dedilar: bu oyatdagi uch fazilat jam bo‘lgan zot kim: birinchi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan hamisha birga bo‘lgan, xususan, g‘ordagi ikkining biri, ikkinchi, Kur’oni karim shaxodati bilan soxibligi sobit bo‘lgan, bu suxbatga munkir albatta, kofir bo‘ladi, uchinchi, Alloh Taoloning inoyatiga noyil bo‘lgan. Bu oyatda zikr qilingan ikki zot kimlar? Umar roziyallohu anxu bu so‘zni aytgandan keyin bay’at uchun qo‘llarini uzatdilar. Abu Bakr roziyallohu anxuga bay’at qildilar. Keyin Suqayfaga jam bo‘lgan zotlar hammalari bay’at qildilar. Va nihoyatda yaxshi bir bay’at bo‘ldi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:40:49

313. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marazul-mavt alamlarini tortib turgan edilar, Fotima roziyallohu anho: «Xoy, otamni taklif qilinglar» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "œBu kundan keyin otangga taklif yo‘qdir. Bu kun otangga shunday bir narsa keldiki, qiyomatgacha xech bir kishi uni o‘zidan uzoq qila olmas. Endi muloqot qiyomat kuni bo‘lur".

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:40:58

314. Ibn Abbos roziyallohu anhu dedilar: Men Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu so‘zni aytib turganliklarini eshitdim. Mening ummatlarimdan kimning ikki farzandi yosh va go‘dakligida o‘lib ketgan bo‘lsa, Alloh Taolo u ikki farzand tufayli uni jannatga doxil qiladi. Oisha roziyallohu anho dedilar: Agar bir kishining birgina farzandi o‘lgan bo‘lsa-chi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Kimning birgina farzandi o‘lgan bo‘lsa, uning ham xukmi shudir. Oisha dedilar: Ummatlaringizdan bir kishining birorta ham farzandi o‘lgan bo‘lmasa, uning holi qanday bo‘ladi? Janob dedilar: Ular uchun men zaxira bo‘laman. Ummatim uchun mening judoligimning ranji axlu-avlod judoligining ranjidan ziyodadir.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:41:17

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING MEROSLARI HAQIDA

Bu bobda kelgan hadislarning hammasining mazmuni shuki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qolgan mol — sadaqadir. Vorislarga taqsim etilmas. Axli sunnat va jamoat ulamolari bu masalada hammalari ittifoq qilganlar. Tamomi nabiylar qoldirgan narsalari ham aksari ulamolar nazdida shundaydir. Buning sabablaridan biri shuki, nabiylar qabrlarida tirikdirlar. Tirikning moli taqsim qilinmaydi. Va xotini boshqaga nikoh etilmaydi va hokazo.

315. Amr ibn al-Xoris roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlaridan keyin faqat urushda kiyadigan qilich, nayza, zurra va qalqon kabi aslahalarini va hamisha minadigan duldul nomli xachirlarini va bir muncha yerlarini qoldirib ketdilar va ularni ham hayotlarida sadaqa qilgandilar.

I z o h. Janobning yerlari Fidak zaminining yarmini va vodiy Quro zaminining uchdan biri va Bani Nadir zaminining uchdan biri va Xaybar Xumsidan iborat bo‘lgan xissalari edi. Bu yerlarning xosili umumiy edi. Ya’ni o‘zlariga, oilalariga va musulmon faqirlarga ulardin xissa taqsim etilar edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:41:30

316. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Fotima roziyallohu anho Xalifai avval Abu Bakr roziyallohu anhu huzurlariga keldilar va savol qildilar: Sizdan qolgan meroslaringizni kim oladi? Abu Bakr roziyallohu anhu dedilar: Axlim va avlodim oladilar. Fotima dedilar: Shunday bo‘lsa, men nima uchun otamning meroslarini olmayman? Abu Bakr dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganmanki: Bizlar (ya’ni, payg‘ambarlar)ning vorislarimiz bo‘lmaydi. Mollarimiz ularga taqsim etilmaydi, lekin men vaqflarga nazorat qiluvchi bo‘lib turganligim uchun kimlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bosh bo‘lgan bo‘lsalar, men ham ularga bosh bo‘laman. Kimlarga Rasululloh sallolloxu alayhi vasallam nafaqa berib kelgan bo‘lsalar, men ham ularga nafaqa beraman.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:41:37

317. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Bizlarning vorislarimiz bo‘lmaydi. Nima narsa bizlardan qolgan bo‘lsa, u sadaqa bo‘ladi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:41:47

318. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Mening vorislarim o‘z o‘rtalarida mendan keyin na tillo taqsim qiladilar va na kumush. Mendan nima qolgan bo‘lsa, xotinlarim nafaqalariga va Xalifam zaruriyatiga sarf qilinadi. Ortgani sadaqa bo‘ladi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:42:02

319. Molik ibn Avs roziyallohu anhu dedilar: Men bir kun Amirul-Mo‘minin Umar roziyallohu anhu huzurlariga kirdim. Mendan keyin Abdurahmon ibn Avf va Talxa va Sa’d kirdilar. Bir ozdan keyin Ali va Abbos janjallashib keldilar. Umar roziyallohu anhuga boqib dedilar: Hammalaringizdan yeru osmonning moliki bo‘lgan Xudo nomida qasam berib turib, savol qilaman: «Bilasizlarmi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam degandilar: Bizning vorislarimiz bo‘lmas, bizdan nima narsa qolsa, sadaqa bo‘lur». O’tirganlarning hammalari dedilar: Ha, shunday deganlar.

I z o h. Umar Ibn Nadir zaminidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xissalarini Ali va Abbos ikkovlariga o‘zlari va oilalari uchun harj qilib, ziyodasini sadaqa qilishlari uchun bergan edilar. Shu yer ustida janjal bo‘lgan edi.

Qayd etilgan