Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 234443 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 33 B


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:36:07

80. Muhammad Bokir roziyallohu anhu dedilar: imom Hasan va imom Husayn roziyallohu anhumo har ikkalalari uzuklarini chap qo‘llarira taqar edilar.

I z o h. Bu hadis mavqufdir (mavquf - to‘xtatilgan). Chunki, imom Muhammad Bokir imom Hasan va imom Husayn roziyallohu anhumoni ko‘rmaganlar. Lekin yana bir rivoyatda marfu’an kelganki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Hasan hamda Husayn roziyallohu anhum hammalari uzuklarini chap qo‘llariga taqar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:36:22

81. Ibni Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oltindan bir uzuk qildirdilar. Uni o‘ng qo‘llariga taqar edilar. Bu holni ko‘rib ashobi kirom ham oltindan uzuklar qildirib, sunnatga ergashish niyatida taqa boshladilar. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘sha tilla uzukni tashladilar, va dedilarki, "œmen buni hargiz taqmayman", keyin sahobalar ham oltin uzuklarini tashladilar.

I z o h. Tilla iste’moli Islom avvallarida joiz edi. Keyin erkaklarga harom kilindi. Uning haromligiga jumhur ulamolar ittifoq qilganlar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:36:38

BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOHU ALAYHI VASALLAMNING QILICHLARI, ZIRRA VA QALQONLARI HAQIDAGI HADISLAR BAYON QILINADI

Ulamolar deganlarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yetti dona qilichlari bor edi. Ba’zilar o‘n bir dona edi, deganlar. Har birining alohida nomi bo‘lib, hammadan mashhurrog‘i "œZulfiqor" edi, uni o‘zlaridan uzoq qilmas edilar va zirralari, ya’ni urushda kiyadigan temir xalqalardan to‘qilgan kiyimlari yetti dona bo‘lib, hammasining alohida-alohida nomi bor edi. Hammadan mashhurrori «Zotul-fuzul» ("œFazilat sohibi") edi. Qalqonlari, ya’ni urushda boshqa imoma (salla) ostidan kiyadigan do‘ppilari ham bor edi. Uning adadi yoki nomi haqida qo‘limizda mavjud kitoblarda hech narsa yozilmagan.

82. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilichlarining (Zul-fiqorning) dastasining duppisi kumushdan edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:36:51

83. Maziyda roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka fath etilgan kuni Makkaga kirganlarida, qilichlarining yuzida tilla va kumush ko‘rindi.

I z o h. Alloma Tur Pushtiy dedilarki: Bu hadisni qilichga tillo iste’mol qilishning durustligiga dalil qilib bo‘lmaydi, chunki bu hadisning sanadi qobil e’timod emasdir. Kumush iste’moli yuqoridagi hadis kabi xadislarda mubohdir. Tilla iste’moli esa nojoizdir.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:37:00

84. Samura roziyallohu anhu dedilar: Men o‘z qilichimni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qilichlariga o‘xshatib qildirdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qilichlari xanafiy edi, ya’ni Banu Xanafi arablariga qildirgan edi, ular bu san’atda komil edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:37:15

85. Zubayr roziyallohu anhu dedilar: Uhud g‘azotida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning badani muboraklarida ikki zirra bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir baland tosh tepasiga chiqib, o‘zlarini sahobalarga yo kofirlarga ko‘rsatishni xohladilar, lekin chiqa olmadilar. Keyin Talha roziyallohu anhuni pastga o‘tirg‘izib, o‘zlari tosh tepasiga chiqib, tikka turdilar va hamma u zotni ko‘rib kela boshladi. O’sha soatda men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "œTalha o‘ziga vojib kildi", degan so‘zlarini eshitdim. (Ya’ni jannatni yo shafoatimni o‘ziga sobit qildi degan bo‘ladilar).

I z o h. Uxud urushi xijratning uchinchi yilida bo‘lib, nixoyatda xatarli urush edi. Ustunlik dushman tarafida edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak yuzlari va muqaddas boshlariga jarohat yetib, muborak tishlari shahid bo‘lgan edi. Dushmanlar Muhammadni o‘ldirdik, deya ovoza qilishdi. Bu ovozadan sahobalar sarosimaga tushib, har tarafga tarqalib ketdilar. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining borliklarini do‘stlarga ham, dushmanlarga ham ma’lum qilish maqsadida bir baland toshga chiqib ko‘rindilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni har ikki taraf ko‘rdi. Musulmonlar atroflariga jam bo‘ldilar.

O’sha kuni Talha roziyallohu anhu bahodirlik javharini ko‘rsatdilar. Rasululloh sallollaxu alayhi vasallam uchun vujudlarini qalqon kildilar. Dushman hamlasidan to‘sib qoldilar. Muborak jismlariga saksondan ziyod zahm paydo bo‘ldi. Lekin bir lahza ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yolg‘iz qoldirmadilar. Oqibat muborak qo‘llari shol bo‘lib qoldi. Sahobai kirom hammalari bul zotga tan berardilar hamda "œUhud g‘azoti haqiqatda Talhaning kunidir" der edilar. Bu kun tamomila ul zot xisoblariga o‘tgandir. Roziyallohu anhum ajma’in. Vahshurno ma’ahum. Omin.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:37:47

86. Soib bin Yazid roziyallohu anhu dedirlar: Uhud g‘azoti bo‘lgan kunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak badanlarida ikki zirra bor edi. Har ikkisini ustma-ust kiyib olgan edilar.

I z o h. Bu tariqa ziyoda qo‘sh-qo‘sh zirra kiyishdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Xudoga tavakkullarining kamligi kelib chiqmaydi, balki, aksincha, Xudoga shu qadar yaqin bir zot shunchalik ehtiyotda bo‘lgan ekanlar, boshqalar kofirlardan bundan-da ziyoda extiyotda bo‘lsinlar, degan ummat uchun ta’limdir. Rabbil-olamiyn jalla jaloluhu O’zi marhamat qiladi: "œYa ayyuhallazina amanu xuzuu xizrokum fanfiruu subatin av-infiruu jami’an" («Niso» surasi).

Ma’nosi: "œEy, musulmonlar, kofirlar muqobillarida o‘z extiyotlaringizni ko‘ringlar, ya’ni ularning hamla va xujumlaridin xabardor turing. Va mudofaalari uchun yetarli harbiy asboblaringizni xozirlab turinglar. Keyin ularga muqobala uchun alohida-alohida bo‘lib yoki hammalaringiz bir jam’ bo‘lib chiqinglar".

Mana shu oyati karima ma’nolaridan ma’lum bo‘ladiki, dushman muqobilida vaziyat taqozosiga ko‘ra xozirlik ko‘rish Allohning amriga itoat qilishdir. Bunday xukmlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ortiqroq yaxshi amal qiluvchi kim bor? U zotning zirra, qalqon, qilich va boshqa asboblarni iste’mol etishlari ilohiy hukmga amal qilishdir. Tavakkulga xilof emas, balki ayni tavakkuldir.


I z o h. Bu masala ustida musannifning kichik bir risolasi «Islom nazarinda Siloh»ni ko‘rilsin. Inshoalloh foydadan holi bo‘lmas.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:38:23

87. Anas ibn Molik roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fath kuni Makkai mukarramaga kirganlarida, boshlarida qalqonlari bor edi. Qalqonlarini olib qo‘yib, xotirjam turgan edilar, bir kishi kelib dedi: «Yo Rasulalloh, ibni Xatal Ka’ba g‘ilofiga yopishib turibdi». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "œUni o‘ldiringlar" deb xukm qildilar. Ibni Shixob Zuxriy dedilar, menga yana shu ma’lum bo‘ldiki, o‘sha kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ehromda emasdilar.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkaga fotihona kirgan kunlarida, tamomi ahli Makka xush va havasdin mahrum bo‘ldilar. Qochishga joy, yurishga oyoq topmadilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kamoli rahm-shafqatlaridan e’lon qildilarki, har kim Baytulloh sharifra kirib olsa, unga omonlik berilur va har kim o‘z o‘yiga kirib olsa, unga ham omonlik berilur. Har kim qurolini tashlasa, unga ham omonlik berilur. Lekin erkaklardan o‘n bir kishiga va ayollardan olti ayolga bunaqa omonlik bermadilar, qonlari halol etildi. Shunday bo‘lib turib ham o‘sha erkaklardan yetti kishi va ayollardan ikki ayol musulmon bo‘ldilar, ularni ozod etildi. To‘rt erkak, to‘rt ayol qoldilar, ular qatl qilindi.

Mana shu sakkiz kishining biri Ibn Xatal edi. Bu odam avval musulmon bo‘lish uchun Madinai munavvaraga kirib, musulmon bo‘lib, nomini Abdulloh qo‘ygandi. Bir kuni Rasululloh sollallohu alaixi vasallam uni zakot yig‘ib kelish uchun bir qabilaga yuboradilar.U o‘sha qabilada turgan vaqtida o‘zining bir musulmon g‘ulomini "œtaomni tez hozirlamading", deb urib o‘ldirib qo‘yadi. Keyin qasosdan qo‘rqib, Madinaga qaytmay murtadlikka yuz tutgancha, Makkaga qochib keladi. Makkada turib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni xajv qila boshlaydi. Ikki nafar nag‘machi, ashulachi cho‘rilarni sotib olib, ularga xajviy she’rlarini yod oldiradi. Cho‘rilar Rasululloh sollallohu alayxi vasallamga yozgan hajviy she’rlarini nag‘ma qilib, o‘qib berar edilar, u badbaxt esa bundan quvonar edi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayxi vasallam uning ham xunin xadar qildilar. Shu sababdan uni Baytulloh-al-harom ichida bo‘lsa ham o‘ldirildi.


I z o h. Bu hadis ustida fiqhga taalluqli ikki masala vujudga keladi. Birinchisi, Haram sharif ichida hadd va qasos joriy qilinadimi yoki yo‘qmi? Ikkinchisi, Makkai mukarramaga miyqot horjidin beixrom kirish mumkinmmi yo yo‘qmi?

Birinchi masala taxqiqga muxtoj bo‘lganligidan o‘z o‘rnida ko‘rilsin. Ikkinchi masala bo‘lsa Xanafiy ulamolar nazdida miyqotdan beixrom o‘tmoq joiz emas, ya’ni Makkaga beixrom kirmoq man’ etilgandir, chunki, hadisi sharifda miyqotdan beixrom o‘tmish mamnu’dir. Imom Shofi’iy nazdida ushbu hadisga muvofiq joizdir. Bu hadis ustida Xanafiyya ulamolari deydilarki, o‘sha kun beihrom kirmoq Rasululloh sollallohu alayxi vasallamga xos edi. Boshqani ul kishiga qiyos etib bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:38:41

BU BOBDA RUSULULLOH SALLOLLOXU ALAYHI VASALLAMNING IMOMA, IZOR VA RIDOLARI HAQIDAGI HADISLAR BAYON QILINADI

Imoma bizning tilimizda "œsalla" deyiladi, sallani do‘ppiga yo boshning o‘zira bog‘lansa ham sunnat ado qilingan bo‘ladi. Izor beldan pastga kiyiladigan libos, Alloma Munodiy deydilar: Imoma namoz va ko‘rkam ko‘rinmoq uchun sunnatdir. Imoma haqida ko‘p hadislar kelgan. Ba’zilari nihoyatda zaif bo‘lsa ham, roviylarning ko‘pligidan e’tiborga olinadi. Lekin u hadislarning ko‘pchiligini mavzu’ demoqlik - taxqiqda ehtiyotsizlikdir.

Shayxul-hadis Mavlono Muhammad Zakariyo aytadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning imomai shariflarining uzunligining miqdori mashhur rivoyatlarda keltirilmagan. Imom Tabroniyning bir rivoyatida yetti gaz ekanligi sobit bo‘lgan. Imom Navaviy deydilarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikki imomalari bor edi. Biri katta, biri kichik. Kichigi Aliy Qorining so‘zlaricha, yetti gazdir, kattasi o‘n ikki gaz.

Imoma (ya’ni salla) bog‘lash, asri saodatdan shu kungacha kelayotgan bir sunnat hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan salla bog‘lamoqqa hukmlar bordir. Aytganlarki, "œImoma bog‘langlar, hilmlaringiz ziyoda bo‘lur" («Fathul-boriy»dan). Va yana aytganlarki, "œImomalik yuringlar. Imoma islomning alomatidir va musulmon bilan kofirni ajratruvchidur" («Ayni»dan). Abdulloh Ibn Umar roziyallohu anhumodan bir kishi savol qildi: "œSalla o‘ramoq sunnatmi?" U kishi dedilar: "œHa. Salla o‘ramoq sunnatdir".

88. Jobir roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fathi Makka kuni Makkai mukarramaga boshlarida qora salla o‘ragan holda kirdilar. (Bundan avval o‘tgan hadisda Makkaga boshlariga qalqon kiyib kirdilar, deyilgan edi. Endi bu hadisda qora salla o‘rab kirdilar, deyildi. Bu ikki hadisning jami shuki: sallani kiyib, ustidan qalqon kiygan edilar. Chunki boshning o‘ziga temir do‘ppini kiymoq azobdir. Salla ustidan kiyilsa, azob bo‘lmaydi).

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:38:57

89. Ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon salla bog‘lasalar, peshini orqalariga, ikki yelkalarining o‘rtasiga tashlab qo‘yar edilar.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odati shariflari — pesh yopish-qo‘yishda bir necha yo‘l tutar edilar. Ba’zi olimlar aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam goho pesh qo‘ymay ham imoma bog‘lar edilar. Pesh qo‘yganlarida ba’zida oldilariga, o‘ng taraflariga qo‘yar edilar, ba’zida esa orqalariga — ikki yelkalarining o‘rtasiga qo‘yar edilar. Ba’zida imomalarining ikki uchini jamlab, pesh qo‘ygandek tashlab qo‘yar edilar. Alloma Munodiy deydilar: Bu suratlarning hammasi ham sobitdur. Lekin afzali orqaga ikki yelka o‘rtasiga qo‘yishdir. Alloma Merak deganlarki, siyrat kitoblarida sahih rivoyatlar bilan sobit bo‘lganki, Nabiy sollallohu alayhi vasallam peshlarini ba’zi vaqtlarda orqalariga, ikki yelkalari o‘rtasiga qo‘yar edilar. Ba’zi vaqtlarda imomalarini pesh qo‘ymay kiyar edilar («Xasoilu nabavviy»dan).

Qayd etilgan