92. Ubayd ibn Xolid roziyallohu anhu dedilar: Men Madinai munavvarada ketayotgan edim. Birdan orqa tarafimdan "œIzoringni balandroq ko‘tar, izor baland tursa, egasi taqvoga va o‘zi najosatdan poklikka yakinroq bo‘ladi va o‘zi ko‘p kun yashar, tez yirtilmas", degan ovoz eshitildi. Boqsam, ovoz qilgan zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ekanlar. Men aytdim: Yo Rasulalloh, bu izor o‘zi bir qora va yo‘llik chodar bo‘lsa, bir narsaga arzimas, buning bilan nima takabbur bo‘ladi va bunday chodarni ham extiyot qilinadimi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat kildilarki: "œBalandroq ko‘tarishda bir xikmat bulmagan taqdirda, senda menga ergashish muhabbati ham yo‘qmi?" Keyin men ko‘rdim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning izorlari boldirlarining yarmida to‘xtagan ekan.
I z o h. Sayyidi olam sollallohu alayhi vasallam hamisha izor bog‘lar edilar. Ishton kiygan va kiymaganliklarida ixtilof bor. Alloma Bejuriyning tahqiqlaricha, kiymaganliklari sobitdir. Lekin ishtonlari bor ekanligi ma’lum. Vafotlaridan keyin qolgan ashyolar ichida bor edi. Ibn Qayyim deydilarki: ishton sotib oldilar. Albatta, kiygani olgandilar. Bundan boshqa bir necha hadisda kiyganliklari ham voriddir. Sahobai kiromlar ham kiyar edilar. Ular albatta, Rasulullohning ijozatlari bilan kiyganlar. Abu Amoma roziyallohu anhu dedilar: Men aytdim: "œYo Rasulalloh, kitobiylar lungi bog‘lamaydilar, ishton kiyadilar". Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "œSizlar ularga xilof qilinglar. Lungi ham bog‘langlar, ishton ham kiyinglar". Abu Hurayra roziyallohu anhu bir uzun hadis silsilasida deganlarki, men aytdim: "œYo, Rasulalloh, o‘zlari goho ishton ham kiyadilarmi?" Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "œHa. Kiyaman. Menga badanimni yopmoqqa hukm bor. Xech bir narsa badanni ishtondek yopolmaydi". Lekin muhaddislar bu hadisni zaif deganlar.`
I z o h. Lungi yo ishton yohud shim kabi liboslarni balki ko‘ylak va kamzul va jubba kabi narsalarni etaklarini oyoq to‘piqlaridan pastga tushirmaslik uchun ko‘p ta’kidlar borki, oshig‘idan pastidagisi do‘zaxda hisob qilinadi. Ulamolar dedilar: boldirning yarmida to‘xtatmoq mustahabdir, to‘piqqa tushirmoq joizdir. Undan pastga tushsa va bu kibr uchun bo‘lsa, haromdur. Kibr uchun bo‘lmasa, makruhdir. Bularning hammasi erlar uchun. Ammo ayollar uchun bir qarichdan bir gazgacha etaklarini uzun qilishga haqlari bordir. Balki ular nima bilan bo‘lsa ham o‘zlarini nihoyatda mukammal satrda saqlashlari talab etiladi.