7. Imom Hasan roziyallohu anhu rivoyat qiladi: Men o‘zimning tog‘am Hind ibn Abi Holadan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlarida savol qildim. U kishi ning vasfi muboraklarini hammadan ziyoda ravshan va yaxshi bayon qilar edi va tog‘am menga payg‘ambarlikning yuksak sifatlarini bayon kilishini va uni men yod qilib olishni xoxlar edim. Tog‘am dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqiqatda o‘zlari nihoyatda ulug‘ bir zot bo‘lib, odamlar nazarida ham nihoyatda ulug‘, hurmatli zot edilar. Muqaddas chehralari o‘n to‘rt kechalik oy kabi ko‘rkam edi. O’rta qadlik insondan uzunroq va nihoyatda uzun bo‘ylik odamdan pastroq edilar. Muborak boshlari katta, sochlari ozroq buralgan edi.
Agar sochlari o‘zicha osonlik bilan ochilsa, farq ochar edilar, agar taroq va boshqa narsaga zarurat tushadigan bo‘lsa, farqlarini ochmay qo‘yib qo‘yardilar. Sochlarini ziyoda o‘stirsalar, quloqlarining yumshog‘idan tushib turar edi. Muborak ranglari yaltirab turgan oq edi. Peshonalari keng va ochiq edi. Qoshlari egilgan bo‘lib, ingichka va qalin va bir-biridan alohida va qo‘shilmagan edi. Ikki koshlari o‘rtasida bir tomirlari bor edi, g‘azablari kelganda harakatga kelib ko‘rinar edi. Muborak burunlari biroz baland va qirralik va unda biroz nuri duraxshon (ko‘rkam) ediki, unga yaxshi diqqat qilib ko‘rmagan odam burunlarini katta va baland gumon qilar edi. Muborak soqollari katta va qalin, muborak ikki yonoqlari na ozg‘in va sergo‘sht, balki nihoyatda marg‘ub edi. Ma’sum (pokiza, gunohsiz) og‘izlari mo‘‘tadil keng edi (fasohatli va balog‘atli insonlarning og‘izlari shunaqa bo‘ladi). Muborak tishlari mayda va yaltirab turgan edi. Oldingi tishlari bir-biridan alohida ko‘rinardi. Muborak siynalaridan kindiklariga qadar nozik mo‘ydan bir chiziq tortilgan bo‘lib, muborak buyinlari shundoq yarashgan, chiroyli ediki, guyo oq marmar toshdin, yo oj(fil suyagi)dan tarashlangan xaykalning bo‘yni kabi edi, oqlikda kumush kabi sof edi.
Badanlarining a’zolari hammasi bir-biriga munosib yaratilgan, o‘rta darajada go‘shtlik edi. Go‘shtlari osilib turgan emas, qorinlari va siynalari tekis va barobar edi. Siynalari keng edi. Ikki yelkalarining o‘rtasi keng edi. Bo‘g‘imlari yo‘g‘on edi. Libosdan tashqari turgan a’zolari nurlik, nihoyatda ko‘rkam ko‘rinur edi. (Bundan ma’lum buladiki, libos ichida mahfuz turgan a’zolari naqadar nurlik bo‘lur). Siynalarining va kindiklarining o‘rtasida xat kabi cho‘zilgan bir mo‘y tushgan edi. Ko‘kraklari va qorinlari mo‘ydin holi edi. Lekin ikki bilaklari va ikki yelkalari va siynalarining yuqori tomonlarida mo‘ylari bor edi. Ikki bilaklari uzun edi, kaftlari kushoda, ikki kaftlari va ikki qadamlari go‘shtlik edi. Qo‘llarining va oyoqlarining barmoqlari mo‘‘tadil uzun edi.
Qadamlari silliq edi, unda suv to‘xtamas edi. Qachon yursalar, quvvat ila qadam ko‘tarar edilar. Oldilariga egilibroq yurar va ohista qadam qo‘yar edilar. Yurishlari tez-tez bo‘lib, keng qadam qo‘yar edilar. Qachon yursalar, bir balandlikdan tushib turgandek yurardilar. Va bir tarafga burilsalar, butun qomatlari bilan burilardilar. Nazarlari tubanga bo‘lar edi. Osmondan ko‘proq yerga boqar edilar. Ko‘pincha ko‘z qirrasi bilan boqar edilar. Sahobalarining o‘zlaridan ilgari yurgizib, o‘zlari orqalaridan yurar edilar. Har kimsa yuliqsalar, undan ilgari salom berardilar.