Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 234841 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 33 B


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:23:45

20. Abu Nazra dedilar: Men Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muhri nubuvvatlari haqida savol qildim. Dedilarki, muhri nubuvvatlari orqalarida bir bo‘lak ko‘tarilgan go‘sht edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:23:52

21. Abdulloh ibn Sarjis roziyallohu anhu dedilar: Men bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xizmatlariga keldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalardan bir jamoat o‘rtalarida o‘tirgan ekanlar. Men orqalaridan shundoq aylandimki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening nima uchun aylanganligimni bilib, muborak yopinchiqlarini orqalaridan tushirdilar. Men muhri nubuvvat o‘rnini ikki yelkalarining o‘rtasida ko‘rdim. U guyo bir mushtdek bo‘lib, atrofida badanga toshadigan no‘xatdek donalar kabi hollar bor ekan. Keyin men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning to‘g‘rilariga o‘tdim va dedim: Yo Rasulalloh, Alloh Taolo o‘zlarini mag‘firat kilsin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Senga ham mag‘firat nasib etsin. O’tirganlar dedilar: Rasululloh sening uchun duoi mag‘firat qildilarmi? Men dedim: Ha, mening uchun ham va sizlar uchun ham deb bu oyatni o‘qidim (Va mag‘firat talab qiling, o‘zingiz uchun va mo‘min erlar ham, mo‘mina ayollar uchun ham. — Muhammad surasi:19-oyat).

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:24:03

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING SOCHLARI HAQIDA BAYON QILINADI

22. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sochlari ikki quloqlarining yarmiga tushar edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:24:16

23. Oisha roziyallohu anho dedilarki: Men va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir idishda g‘usl qilar edik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sochlari quloq yumshog‘idan tushgan va yelkalariga yetmagan, ya’ni o‘rta bir holda edi.

I z o h: Bir idishda cho‘milishdan er va xotin bir-birining avratini ko‘rib turishi lozim kelmaydi, chunki Oisha roziyallohu anho o‘zlari deganlarki, na men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning avratlarini ko‘rdim va na u zot mening avratimni ko‘rdilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:24:23

24. Ummu Honi’ roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai mukarramaga bir bor shu xay’atda keldilarki, sochlari to‘rtga bo‘linib o‘rilib ko‘yilganday ko‘rilar edi. Ba’zi rivoyatda deyilganki, xar bir muborak quloqlari ikki o‘rilgan soch o‘rtasida xuddi qorong‘u kechadagi yorug‘ yulduz kabi ko‘rinar edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:24:31

25. Ibn Abbos roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avvalda sochlarini farq ochmay qo‘yib qo‘yardilar, chunki mushriklar farq ochardilar va kitobiylar farq ochmas edilar. Ilgari qaysi bir narsa haqida Allohdan amr kelmagan bo‘lsa, kitobiylarga o‘xshashlikni do‘st tutar edilar. Keyin ularga muxolifat etib, sochlariga farq ochadigan bo‘ldilar.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avvalda, ya’ni Islom dini tamoman nozil bo‘lmay turib, kitobiy jamoatni o‘zlariga hamdard va ko‘makchi qilmoq uchun ularga xayrixoh bo‘ldilar. Ko‘rdilar-ki, ularga ham badbaxtlik g‘olib kelib, ulfat ololmadilar. Mushriklar bilan ularning farqlari bo‘lmay qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham ularga muxolifat etdilar va sochlariga farq ocha boshladilar. Haqiqatda pokizalik farq ochishda edi. Bunda isrof bo‘lmas edi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xijratdan keyin muborak sochlarini avval Hudaybiyya yilida, so‘ng Umratu-l-qazo yilida, keyin Hajjatu-l-vido’ yilidagina tamom oldirganlar. Qachon sochlarini yaqin fursat ichida oldirgan bo‘lsalar, quloqlarining yarmiga tushib turur edi. Buni arablar to quloq yumshog‘iga yetguncha vafra (mo‘l, ko‘p) deydilar. Agar bundan ziyoda tushsa, limma (kokil) deydilar, agar bundan ham ziyoda uzayib ketsa, yelkalariga tegib tursa, uni jumma (uzun taralgan soch) deydilar. Oxiri uzayish shu bo‘lur. Endi rivoyatlarda xar-xil sifatlar kelishi shu holatlarga qarab bo‘lgan, ya’ni xar kim qaysi holda ko‘rgan bo‘lsa, u shu holatni rivoyat qilgan va hammalari rost so‘zlagandirlar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:25:10

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING SOCHLARINI TARAGANLARI BAYON QILINADI

I z o h. Sochlarni taramoq mustahabdur. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam targ‘ib qilganlar va o‘zlari ham sochlarini tarar edilar. Imom Termiziy bu bobda ushbu masaladagi hadislarni keltirganlar.

26. Oisha roziyallohu anho dedilar: Men hayz ko‘rib turgan holatlarimda ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak sochlarini tarab qo‘yar edim.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:25:22

27. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak sochlarini ko‘p yog‘lar edilar, va muborak soqollarini ko‘p tarar edilar, va muborak boshlariga bir lattani qo‘yib bog‘lab olar edilarki, yog‘ni ko‘p iste’mol qilganliklaridan o‘sha latta xuddi yog‘chining libosiga o‘xshab qolar edi.

I z o h. Boshga yog‘ ko‘p qo‘yilsa, liboslarning yomon bo‘lish ehtimoli bor, bu narsa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nazofat (tozalik)lariga muvofiq emasdir. Shuning uchun saqlanish maqsadida zohiriy bir lattadan foydalanar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:25:48

28. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat qilishda, soch tarashda va oyoq kiyim kiyishda o‘ngdan boshlardilar, ya’ni xar bir muborak va ziynat ishlarida o‘ngdan boshlamoqni manzur ko‘rar edilar. Chunonchi, libos kiymoq, oyoq kiyimlarini kiymoq, masjidga kirmoq, soch taramoq kabi ishlarda va hamma boshqa ishlarda ham. Kiyim yechish, xaloga kirish kabi nomuborak ishlarda esa chapdan boshlar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:26:07

29. Abdulloh ibni Mug‘fal roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har kun va har soat soch tarab turishdan man’ qildilar. Magar goho-goho taramoqqa ijozat bergandilar, chunki davom etmoq ayollarga xosdir.

Qayd etilgan