Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 234590 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 33 B


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:26:59

30. Bir sahoba dedilarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam goho-goho muborak sochlarini tarab turardilar.

I z o h. Qozi Iyoz rahimahulloh dedilar: goho-gohodan murod, uch kundir. «Sunani Abu Dovud»dagi bir hadisda har kun taralishini man’ etilgan. Ulamoi kirom rahimahumulloh dedilar: Bu hukm sochni extiyoji bo‘lmagan bir suratdadir. Agar zarurat bo‘lib qolsa, zarari yo‘qdir.

I z o h. Bu hadisni rivoyat qiluvchi sahobaning nomlarnini ba’zilar Hakim ibn Amr, va ba’zilar Abdulloh ibn Mug‘fal deganlar. Sahobalarning nomlarini sarih (ochiq) bayon etmaslik ularning adlliklariga zarar qilmaslar, zero, hammalari adldilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:27:18

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING SOQOL VA SOCHLARIGA TUSHGAN OQLAR HAQIDA BAYON QILINADI

31. Qatoda dedilar: Men Anas roziyallohu anhuga dedim: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam soch va soqollarini bo‘yaganmilar?" Anas dedilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallamning soch va soqollari bo‘yaladigan bir miqdorga yetmagan edi, faqat ikki chekkalaridagina biroz oq paydo bo‘lgan edi, lekin Abu Bakr roziyallohu anhu xino va katm bilan soch va soqollarini bo‘yar edilar".

I z o h. Xino ma’lum bir daraxt bo‘lib, ranggi to‘q qizil bo‘ladi, katm bir qism giyoh bo‘lib, rangi qora bo‘ladi. Har ikkisini aralashtirib bo‘yalsa, qoraga moyil qizil bo‘ladi. Agar ikkisi bilan bo‘yalsa, durust. Tanho qora rang bilan bo‘yamoq esa hadislarda mamnu’dur.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:27:25

32. Anas roziyollohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak boshlarida va muborak soqollarida o‘n turt donadan ko‘p oq sanamadim.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:27:31

33. Jobir roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning soch va soqollaridagi oqlar haqida savol qilinganda, dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar boshlarini yog‘lasalar oqi ko‘rinmas edi, agar yog‘lamasalar, ozroq oq ko‘rinar edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:27:37

34. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning soch va soqollaridagi oqlar avvali va oxiri yigirma adad edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:27:45

35. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Abu Bakr roziyallohu anhu so‘radilar: "œYo Rasulalloh, o‘zlari mijozlari mu’tadil va yoshlari kam bo‘lib turib ham tez soch, soqollari oqarib qoldi. Nima uchun bunday bo‘ldi?" Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: "œMening soch va soqolimni «Hud» va «Voqi’a» va «Murasalot» va «Amma yatasa’alun» va «Izash-shamsu kuvvirot» kabi suralar oqartib qo‘ydi", ya’ni ummatim ahvoliga ihtimomim va ular uchun bu suralardagi og‘ir hollardan qo‘rqqanligim meni bu holga yetkazdi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:27:53

36. Abu Hujayfa roziyallohu anhu dedilar: Sahobalar xitob qildilar: "œYo Rasulalloh, o‘zlarida qarilik va zaiflik asarlarini ko‘ra boshladik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam javob berdilar: "œMeni «Hud» surasi kabi og‘ir mazmunlik suralar qaritib qo‘ydi".

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:28:00

37. Abu Timsata-t-Tayyimiy roziyallohu anhu dedilar: Men o‘z o‘g‘limni olib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldim. Odamlar u kishini menga ko‘rsatdilar. Men u kishini ko‘riboq "œBu zot — Alloh taoloning payg‘ambaridir" dedim. U zotning egnilarida yashil rangda ikki libos, ya’ni rido’ va izorlari bor edi, va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir oz sochlariga oqlik g‘olib kelgan va o‘sha sochlari qizil rangda edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:28:08

38. Jobir roziyallohu anhudan bir kishi savol qildi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak boshlariga oq soch paydo bo‘lganmidi? Jobir roziyallohu anhu javob berdilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak boshlarida oq soch yo‘q edi. Magar farqlarining o‘zida bir necha adad sanoqlik oq sochlar bor edi. Qachon boshlariga yog‘ iste’mol qilsalar, ular ko‘rinmay qolardi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:28:22

39. Abu Rimsa roziyallohu anhu dedilar: Men o‘z o‘g‘lim bilan birga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Bu o‘g‘lingmi? Men dedim: Xa yo Rasulalloh, bu mening o‘g‘lim. O’zlari guvoh bo‘lib qo‘ysinlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilarki, "œBu sening zararingga jinoyat qilmas va sen ham uning zarariga jinoyat qilmassan", ya’ni Islomdan avvalgi zamonlarda bolaning gunohiga ota mas’ul va otaning gunohiga bola mas’ul bo‘lar edi. Islom dinida bu so‘z yo‘qdir. Har kishi o‘z gunohiga o‘zi mas’ul bo‘ladi. Abu Rimsa roziyallohu anhu aytadilarki, men bu muloqotimda ko‘rdimki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ba’zi sochlari qizil edi.

I z o h. Xanafiy ulamolar nazdida soch va soqolni buyamoq mustahab, lekin mashhur bayonlarda qora rang bilan buyamoq makruh va shofi’iylar nazdida esa bo‘yamoq sunnat va qora rang bilan bo‘yamoq haromdir.

Qayd etilgan