BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOXU ALAYHI VASALLAMNING LIBOSLARI BAYON QILINADI
Ulamolar deganlarki, insonlar kiyadigan liboslar ba’zisi vojib, va ba’zisi mustahab va ba’zisi makrux va ba’zisi harom bo‘ladi. Musulmon uchun munosibi, iste’moli savob bo‘lgan liboslarga ehtimom etmog‘idir, hamda iste’moli gunoh bo‘lgan liboslardan tiyilmog‘idir. Vojib bo‘lgan libosning miqdori, uning bilan satri (berkitish) lozim bo‘lgan badan yopilmog‘i, mustahab bo‘lgani esa uni kiymoqqa shariat targ‘ib etganidir. Masalan, ikki xayit kunlarida yangi va yaxshi libos va juma kunida namoz uchun oq libos kiyish. Makruh bo‘lgan libos shariat uni kiymaslikka targ‘ib etganidir, masalan, boy odamga hamisha yirtiq va eski libos kiymoq makruh. Harom libos, uni kiyishni Islom dini qat’iyan man’ etganidir. Masalan, erkaklarga ipak libosini beuzr kiymoq haromdir.
47. Ummu Salama roziyallohu anho dedilar: Liboslar ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘ylak kiyar edilar, liboslar ichida mahbubrog‘i ham ko‘ylak edi (chunki boshqa liboslardan ko‘ra ko‘ylakda ziyoda mukammal satr xosil bo‘ladi).