Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 234742 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 33 B


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:28:31

40. Abu Hurayra roziyallohu anhudan savol qilindiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soch va soqollarini bo‘yagandilarmi? Abu Hurayra roziyallohu anhu javob berdilarki: Ha, bo‘yagandilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:28:38

41. Bashir ibn Xasosayyaning xotinlari Jahzama roziyallohu anhumo dedilarki: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim, uylaridan chiqib turgan edilar. G’usl qilganlari uchun boshlarini artib turgan edilar va boshlarida xinoning asari bor edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:28:46

42. Anas roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak sochlarini bo‘yalganini ko‘rdim, ya’ni xino iste’mol qilgan ekanlar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:29:08

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING SURMA ISTE’MOL QILGANLARI BAYON QILINADI

I z o h. Ko‘zga surma qo‘ymoq mustahab va unda tibbiy manfaatlar ham bor. Surma qo‘yuvchi kishi uchun munosibi shuki, savob niyatida surma qo‘ysin, shunda tibbiy nafi bilan birga sunnatga ergashgan savobi ham hosil bo‘ladi.

43. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: "œRasululloh sallollohu alayhi vasallam ko‘z nurini o‘tkir qiladigan, kipriklarni o‘stiradigan ismid nomli surmani ko‘zga qo‘yishni buyurdilar", va yana Ibn Abbos dedilarki, "œRasululloh sallollohu alayhi vasallamning bir surmadonlari bor edi. Undan har kecha ko‘zlariga surma qo‘yar edilar. Har ikkala ko‘zlariga uch martadan qo‘yardilar".

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:29:15

44. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyquga borishlaridan avval ismid surmasidan har ko‘zlariga uch bor qo‘yar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:29:22

45. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ismid surmasini albatta qo‘yib yuringlar, u surma nazarni tez qiladi va kipriklarni ziyoda o‘stiradi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:29:53

46. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: "œSizlarning surmalaringiz ichida hammadan yaxshisi ismid surmasidir, u ko‘zni ziyoda nurli qiladi va kipriklarni o‘stiradi.

I z o h . Yuqoridagi rivoyatlardan ismid surmasini iste’mol etishning afzalligi ma’lum bo‘ladi. Ismid topilmagan paytda, qaysi bir surmani iste’mol qilinsa ham sunnat ado topgan bo‘ladi.

I z o h . Ushbu oxirgi hadisning roviylaridan birlarining nomlari Bashir ibn Mufazzaldir. Bu zot haqida ulamolar dedilarki, xar kun to‘rt yuz raka’at nafl namoz va bir kun ro‘za va bir kun iftori doimiy odatlari edi. Alloh rahmat qilsin.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:30:10

BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOXU ALAYHI VASALLAMNING LIBOSLARI BAYON QILINADI

Ulamolar deganlarki, insonlar kiyadigan liboslar ba’zisi vojib, va ba’zisi mustahab va ba’zisi makrux va ba’zisi harom bo‘ladi. Musulmon uchun munosibi, iste’moli savob bo‘lgan liboslarga ehtimom etmog‘idir, hamda iste’moli gunoh bo‘lgan liboslardan tiyilmog‘idir. Vojib bo‘lgan libosning miqdori, uning bilan satri (berkitish) lozim bo‘lgan badan yopilmog‘i, mustahab bo‘lgani esa uni kiymoqqa shariat targ‘ib etganidir. Masalan, ikki xayit kunlarida yangi va yaxshi libos va juma kunida namoz uchun oq libos kiyish. Makruh bo‘lgan libos shariat uni kiymaslikka targ‘ib etganidir, masalan, boy odamga hamisha yirtiq va eski libos kiymoq makruh. Harom libos, uni kiyishni Islom dini qat’iyan man’ etganidir. Masalan, erkaklarga ipak libosini beuzr kiymoq haromdir.

47. Ummu Salama roziyallohu anho dedilar: Liboslar ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘ylak kiyar edilar, liboslar ichida mahbubrog‘i ham ko‘ylak edi (chunki boshqa liboslardan ko‘ra ko‘ylakda ziyoda mukammal satr xosil bo‘ladi).

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:30:19

48. Asmo roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘ylaklarini yengi bilaklarigacha edi, ya’ni kaftlarini yopmas edi.

Bir rivoyatda kelganki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘ylak kiyar edilar. Ko‘ylaklarining etagi ikki to‘piqlaridan yuqori va ikki yengi barmoqlarining uchlari ila barobar bo‘lar edi. Mana bu ikki rivoyat sharhida ba’zi ulamolar deganlarki, biri safardagi hol, ikkinchisi hozirdagi hollaridir, yo biri shimarilgan vaqti, ikkinchisi esa qo‘yib berilgan vaqtidir, yo biri, ya’ni qisqaligi, sunnat bo‘lib, uzunligi esa joizdir.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:30:26

49. Qurra ibn Iyos roziyallohu anhu dedilar: Men Muzayna kabilasidan bo‘lgan bir jamoa bilan birga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bay’at berish uchun kirdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘ylaklarining tugmasi solinmagan yo tugmasi ochiq edi. Keyin men qo‘limni yoqalariga soldim va tabarruk maqsadida muhri nubuvvatlarini ushladim.

Qayd etilgan