Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 161408 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 33 B


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:32:10

U BOBDA RASULULLOH SALLOLLOHU ALAYHI VASALLAMNING MAHSI VA KAVUSHLARI HAQIDAGI HADISLAR BAYON QILINADI

60. Burayda roziyallohu anhu dedilar: Habash podshohi Najjoshiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bir juft qora sodda mahsi hadya yubordi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat qilib uni kiyib oldilar. Keyin yana tahorat qilganlarida, unga mash tortdilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:32:19

61. Sha’biy rivoyat qiladi: Mug‘iyra roziyallohu anhu dedilar: Dihya roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bir juft mahsi hadya berdilar va bir rivoyatda bir dona jubba ham hadya kildilar va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har ikkisini yirtilguncha kiydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu bir juft mahsi halol so‘yilgan jonivor terisidan tikilganmi, yo boshqa teridanmi bilmadilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:32:27

62. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning na’layn muborakayn (ikki oyoq kiyim)larining har birida ikki tasma bor edi. (Bir tasma bosh barmoq bilan yonidagi barmoq o‘rtasida turar edi, ikkinchisi o‘rta barmoq bilan yonidagisining o‘rtasida turar edi). O’sha ikki tasmaning uchi kelib qo‘shilgan qadam yuzidagi ko‘ndalang tasma ham bir juftdan edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:32:34

63. Iso bin Tahmondan rivoyat qilinadi: Anas roziyallohu anhu bizlarga bir juft kavush chiqarib ko‘rsatdilarki, yuzida tuki yo‘q edi. Keyin Sobit Banoniy menga Anas roziyallohu anhudan rivoyat etdilarki, o‘sha bir juft kavush Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kavushlari ekan.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:32:53

64. Ibn Umar roziyallohu anhuga Ubayd ibn Jurayj dedilar: siz tuki yo‘q charmdan bo‘lgan kavush kiyasiz va unda tahorat qilasiz, buning sababi nima? Ibn Umar roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday kavush kiyganlarini va unda tahorat qilganlarini ko‘rganman. Shuning uchun shunday kavushni kiymoqni yaxshi ko‘raman.

I z o h. Zamoni risolatda musulmonlar yashash va madaniyat kabi narsalarga ziyoda ahamiyat bermas edilar. Tamomi fursatlarini din va oxirat ishlariga sarf etardilar, hatto charmni oshlaganda, tuki ketdimi yo ketmadimi, bunday narsalarga mashg‘ul bo‘lmasdilar. Shuning uchun bu zotning ko‘zlariga Ibn Umar roziyallohu anhuning tuki tamom tozalangan charmdan kavush kiyganliklari taajjub ko‘rindi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tuki yo‘q charm kavush iste’mol qilishlari esa uning joizligini bildirish uchun bo‘lgan.

Kavush bilan tahorat qilmoqning ma’nosi, tahorat qilib oyoqlari xo‘llik holida kiyar edilar yoki kiyib turib, tahorat qilmoq, ya’ni oyoqni kavush kiyib turib yuvmoqning joizligini ta’lim qilar edilar, chunki arabiy kavushlar yuzi ochiq bo‘ladi, suv oyoqning hamma tarafiga yetadi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:33:07

65. Amr ibn Hurays roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ikki kavush kiygan holda namoz o‘qib turganlarini ko‘rdim. Kavushlarining orqa tarafiga charm solingan yo yamoq qilingan edi.

I z o h. Bu hadisdan kavush bilan namoz o‘qimoq joizligi ma’lum buladi. Albatta, poklik sharti bilan.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:33:15

66. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ey, musulmonlar, sizlardan hech bir kishi bir oyog‘ida kavush va bir oyog‘i yalang yurmasin. Kavush kiysa, butun kiysin, bo‘lmasa yalangoyoq yursin.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:33:26

67. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishini chap qo‘l bilan taom yemagin va bir poy kavush kiymagin deb man’ qildilar.

I z o h. Bu ikki hadisni «Shamoili sharifa» hadislari bilan zikr kilishdan musannifning maqsadlari shuki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chap qo‘llari bilan taom yemadilar va yakka poy kavush kiymadilar deyishdir. Shari’ati islomiyada bu ikki ish uzrsiz qilinsa, makruh sanaladi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:33:34

68. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Qachon sizlardan bir kishi kavush kiymoqchi bo‘lsa, avval o‘ng oyog‘iga kiysin va qachon kavush yechmoqchi bo‘lsa, avval chap oyog‘idan yechsin, ya’ni o‘ng oyoq kiyishda avval bo‘lsin, yechishda keyin bo‘lsin.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:33:46

69. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kavushlaridagi tasmalari ikki dona edi. Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumoning kavushlaridagi tasmalari ham ikki dona edi. Hammadan avval kavush tasmasini bir donaga tushirgan zot Usmon roziyallohu anhu bo‘ladilar.

I z o h. Bu hadisdan kavush tasmalarini xos bir adadi bo‘lmay, odatga qarab bo‘lishi joiz ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Qayd etilgan