79. Ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uzuklari kumushdan bo‘lib, ko‘zini kaftlariga qilib olardilar. Unga "œMuhammad Rasululloh" jumlasini o‘ydirgan edilar. Boshqa odamlarni shu jumlani muhrlariga va uzuklariga o‘ydirishdan man’ qilgan edilar. Aris qudug‘iga Mu’ayqib roziyallohu anhuning qo‘llaridan tushib ketgan mana shu uzuk edi.
I z o h. Mu’ayqib roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida muborak uzuklarini saqlaguvchi bir zot edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon qo‘llariga uzuk taqmagan bo‘lsalar, albatta, Mu’ayqib qo‘llarida saqlangan bo‘lardi. Vafotlaridan keyin ham, Abu Bakr roziyallohu anhu vafotlarida, va u zotdan keyin Umar roziyallohu anhu vafotlarida, va u zotdan keyin Usmon vafotlarida ham uzukni saqlaruvchi Mu’ayqib edilar. Ittifoqo, bir karra uzukni Usmonga berib, yo u kishi olib turib edilar, uzuk qo‘ldan chiqib, quduqqa tushib g‘oyib bo‘ldi.