Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 234709 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 33 B


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:43:40

110. Masruq dedilar: Men Oisha roziyallohu anho huzurlariga hozir bo‘ldim. U kishi mening uchun xodimlariga buyurib taom chaqirdilar, va dedilarki, men qachon bir taomni topib yesam va yig‘lamoqni xohlasam, yig‘larman. Men so‘radim: Nega yig‘laysiz? Dedilarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning dunyodan rixlat qilganlaridagi hollari xotiramga kelib, ko‘nglim buziladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam umrlarida bir kun ikki marta nondan ham va go‘shtdan ham muborak qorinlari to‘ygan emas edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:43:47

111. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot kunlariga qadar ham arpa nonini ikki kun to‘yib yemadilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:44:12

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING NON YOKI BURUNJ BILAN TANOVUL QILADIGAN TAOMLARI HAQIDA BAYON QILINADI

112. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat kildilar: Sirka qandayam yaxshi narsadir.

I z o h. Sirka topilishi oson, o‘zi xush zotga takallufdan holi, hammabop bir nonxurishdir, har vaqt har yerda arzon topiladi. Unda bor tibbiy foydalar shuki, zaharli taomlar zahrini daf etadi, balg‘am va safroni yuqotadi. Hazmga yordam beradi, qorindagi qurtlarni o‘ldiradi hamda qorinni tez ochiradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning hakida duo qilganlar. O’tgan nabiylarning ham odatlari shunday bo‘lgan.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:44:21

113. Simok bin Harb dedilar: Men Nu’mon bin Bashir roziyallohu anhudan bunday deganlarini eshitdim:

Ey, musulmonlar, Sizlar istaganlaringizcha yemoq-ichmoq ne’matlariga qodir emasmisizlar, holbuki, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni shunday bir holda ko‘rganmanki, qorinlarini to‘yg‘izadigan darajada kam xurmodan ham bir miqdor topmas edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:44:34

114. Zahdam Jarmiy dedilar: bizlar Abu Muso al-Ash’ariy roziyallohu anhu qoshida edik. Huzurlariga tovuq go‘shti keltirdilar. O’tirganlardan bir kishi o‘zini tortdi. Abu Muso dedilar: Nega tortilyapsan? U kishi dedi: Men tovuqni yomon bir narsa yeb turganini ko‘rib, tovuq go‘shti yemaslikka qasam ichganman. Abu Muso dedilar: Yaqin kel va bundan ol va kasamingga kafforat ber, chunki men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tovuq go‘shtini tanovul qilganlarini ko‘rganman.

I z o h. Tovuq go‘shti tez hazm bo‘ladigan go‘sht bo‘lib, dil va dimog‘ va a’zoi raisaga toqat beradi. Ovozni sof qiladi, rangni chiroyli qilib, aqlga ham quvvat beradi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:44:42

115. Safina roziyallohu anho dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan barobar Huboro go‘shtidan yeganman. Huboro so‘ziga ulamolar har ma’nolar berganlar. Hamma qovllarning xulosasi shuki, bu qush o‘zi vahshiy qush bo‘lib, rangi xokiy, bo‘yni yug‘on, tumshug‘i uchli va uzun, oyog‘i uzun, nihoyatda tez uchadi, badani kaklik barobarida bir maxluq ekan. Arabiy nomi huboro, forsiy nomi hubra, shavot va shavol, turkiy nomi to‘g‘dariy yo to‘rg‘ay, xindi nomi esa chana ekan.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:45:00

116. Umar bin al-Xattob roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Zaytun yog‘ini yenglar va uning bilan yog‘laninglar, chunki u yog‘ muborak daraxtdan paydo bo‘ladi.

I z o h. Bu daraxtning muborakligi Qur’oni karimda ham zikr qilingan. Barakali bo‘lishini talqini uchun ulamolar har xil so‘zlarni aytganlar. Ba’zilar deganlarki, bu daraxt ko‘pincha, Shom iqlimida bo‘ladi. Shom zamini albatta muborakdir, chunki unda yetmish payg‘ambar chiqqanlar. Ba’zilar deganlarki, bu daraxtda manfaat ko‘pdir. Jumladan, Abu Na’im deganlar: bunda yetmish bemorlikka shifo bor, shularning biri—moxovlik. Bu daraxtning umri uzun bo‘lib, qirq yilda meva beradi. O’zi ming yil yashaydi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:45:07

117. Anas roziyallohu anhu dedilar; Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taom uchun chaqirildilar. U zot qovoqni xush ko‘rar edilar. Men buni bilganim uchun tovoqning har tarafidan uni axtarib topib, oldilariga qo‘yar edim.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:45:19

118. Jobir bin Toriq roziyallohu anhu dedilar: Bir kun men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirdim. Qarasam, qovoqni kesib, mayda-mayda qilib turgan ekanlar. Men so‘radim: buni nima qilinadi? U zot dedilar: Buni solib, taomimizni ko‘payturamiz.

I z o h. Bu qovoq po‘sti ichi ham usti ham ko‘kish bo‘lib, sariq osh qovog‘idan boshqadir. Yog‘ qovoqlar suratida bo‘ladi. Arabistonda Dubbo-n-Nabiy (Payg‘ambar qovog‘i) nomi bilan mashhurdir. Bu qovoqning ham manfaati ko‘pdir. Tibb kitoblarida nihoyatda ta’rif qilinadi. Aqlni tez, dimog‘ni quvaatli qiladi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:45:36

119. Anas roziyallohu anhu dedilar: Bir chevar sahoba Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni mehmon qildi. Men u ziyofatga hamroh bo‘lib bordim. U zotning huzurlariga arpa unidan bo‘lgan non va qovoq solingan va koq go‘sht solingan sho‘rva xozir qildilar. O’sha kun men Rasululloh, sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdimki, kosaning har tarafidan qovoqni axtarib, topib yer edilar. O’sha kundan boshlab, men qovoqni yaxshi ko‘radigan bo‘lib qoldim.

Qayd etilgan