Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 161213 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 33 B


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:52:26

150. Anas roziyallohu anhu dedilar: Men bu piyola bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ichimlik narsalarning hammasini, ya’ni, suvni, nabizni, asalni va sutni ichirdim.

I z o h. Arablar xurmo, kishmish va boshqa narsalarni suvga ivitib qo‘yilsa, nabiz deydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun ham ba’zi kechalarda xurmo va boshka narsalarni ivitib qo‘yilar edi. Tong otgach, uni ichar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:52:49

BU BOBDA JANOBI RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM QAYSI MEVALARNI TANOVUL QILGANLIKLARI HAQIDA BAYON QILINADI

151. Abdulloh bin Ja’far roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bodringni yangi xo‘l xurmo bilan qo‘shib yer edilar.

I z o h. Bodring mijozi sovuqdir, xurmo mijozi issiq. Agar har ikkisini qo‘shib yeyilsa, mo‘‘tadil va foydali bir taom yeyilgan bo‘ladi. Bodring qovuq dardiga manfaat bo‘ladi. Yangi xurmo jinsiy quvvatni oshiradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir qo‘llariga bodring va bir qo‘llariga yangi xurmoni ushlab turib, bir bor bundan, ikkinchi bor undan tanovul qilar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:53:00

152. Anas roziyallohu anhu dedilar: Ra­sululloh sollallohu alayhi vasallam qovun bilan yangi xurmoni qo‘shib yer edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:53:07

153. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Odamlar qachon daraxtlari meva qilsa va avvalini ko‘rsalar, uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga tuxfa qilar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu tuxfani qo‘llariga olib turib, duo qilar edilar: "Ey, Alloh, bizning mevalarimizga barokat ato qil, va bizning shaxrimizga barokat ato qil, va bizning sog‘imizga va muddayimizga barokat ato qil. Ey Alloh, Ibrohim sening xos bandang va xaliling va nabiying edilar. Men ham sening bandang va nabiyingdurman. Ibrohim Makka uchun Senga duo qildilar va men Madina haqida Senga duo qilurman, ul zot Makka uchun talab qilgan narsani bir barobarin va yana bir barobarin ato qil". Keyin kaysi bir yosh bolani ko‘rsalar, uni chaqirib, o‘sha yangi mevani uning qo‘liga berardilar. Chunki insonlarning ulug‘lari bir narsa hammaga muyassar bo‘ladigan darajada serob bo‘lmasa, uni tanovuliga dillari moyil bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:53:34

154. Rubayy’ roziyallohu anho dedilar: Bir kun mening amakim Maoz bin Afro’a roziyallohu anhu bir tovoqqa yangi xurmo solib, ustiga mayda tukli yangi bodringlardan qo‘yib, mening qo‘limdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yubordilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bodringni yaxshi ko‘rar edilar. Men o‘sha tovoqni olib, huzurlariga xozir bo‘ldim. Ittifoqo, o‘sha vaqtda u zotning qoshlarida Baxrayndan kelgan xirojdan bir muncha taqinchoqlar bor ekan. Undan bir kaft to‘ldirib, menga marhamat kildilar.

I z o h. Bu hadisni rivoyat qiluvchi zot, islomning buyuk dushmani Abu Jahlni o‘ldirgan ikki yosh sahobadan birlarining qizlaridir. U mal’unni bu qizning otalari Mu’avviz bilan amakilari Ma’oz ikkalalari o‘ldirganlar.

I z o h. Ulamolar deganlarki, xurmo bilan bodringni qo‘shib yeyilsa, ozg‘in odam semiradi, chunonchi onamiz Oisha roziyallohu anho dedilar: "Meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qovushmoq uchun topshirar vaqtlarida onam ozg‘inligim haqida o‘ylab, debdilarki, qizim bir oz semirsa va badaniga badan qo‘shilsa yaxshi bulardi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xizmatlariga yarab qolur edi. Bu xayolni qilib, orqasidan menga yangi xurmo bilan bodring yedira boshlabdilar. Alhamdu lilloh undan mening badanimga badan qo‘shilib, o‘zim bir oz semirib ham qoldim".

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:53:52

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING ICHADIGAN NARSALARI VA ICHISHLARI HAQINDA BAYON QILINADI

155. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ichimliklar ichida hammadan mahbubrog‘i o‘zi shirin va sovuq bo‘lgan narsa edi.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taom haqida nihyatda betakalluf bo‘lsalar ham ichimlik xaqida sovuq va shirin suvni yaxshi ko‘rar edilar. Shuning uchun Madinadan necha mil uzoq saqyodan u zot uchun xos suv keltirilar edi. Bu yerdagi sovuq shirin sharobdan murod, ivitib qo‘yilgan xurmo yo mayiz bo‘lsa ham bo‘lar, yo asal sharbati bo‘lsa ham bo‘lar, yo to‘g‘ri shirin muzdek suv bo‘lsa ham bo‘lar. Ichiladigan suvda sovuqlik va shirinlik sifati jam bo‘lsa, sixatni muxofaza qiladi. Dil va jigarga nihoyatda foyda qiladi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:54:01

156. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Bir kun men va Xolid ibn Valid ikkimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Ummul mu’minin Maymuna roziyallohu anho xonalariga kirdik. (Bu volidamiz bu ul ikki zotning holalari bo‘ladilar). Onamiz bir idishda sut olib keldilar. Sayyidi olam sollallohu alayhi vasallam undan ichdilar. Men o‘ng taraflarida edim. Xolid chap taraflarida edi. U zot dedilar: Ey, Abdulloh, xozir ichmoq sening haqingdir, chunki o‘ngda o‘tiribsan, lekin Xolidga o‘z haqingni kechib bersang, ixtiyoring bor. Men aytdim: Yo Rasulalloh, o‘zlaridan nasib bo‘lgan sarqit davlatini xech kimga bermasman. Keyin u zot dedilar: Har kimga Alloh Taolo bir qism taom nasib qilsa, keyin hamd aytsin: "Yo Alloh, bu bergan rizqingni bizlar uchun muborak qilgin va bundan ham yaxshirog‘ini ato qilgin" va har kimga Alloh Taolo sut ne’matini nasib qilsa, desin: "Yo Alloh, bu sut ne’matini bizlar uchun muborak qilgin va bu ne’matdan bizlarga ko‘proq bergil". Keyin Janob dedilar: "Dunyoda xech bir ne’mat ham taom, ham sharob bo‘la olmaydi. Magar sut shunday ne’matki, inson uchun ham taomdir, ham sharobdir.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:54:09

157. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zam-zam sharifdan tikka turgan hollarida ichdilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:54:24

158. Abdulloh bin Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni men ko‘rganmanki, tikka turib ham va o‘tirib ham ichar edilar.

I z o h. Ulamolar dedilar: Zam-zam sharifni tikka turib ichmoqlik afzaldir. Tikka turib ichmak xilof uvlodur.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:54:38

159. Nazzol bin Sabra dedilar: Ali roziyallohu anhu bir kun Kufa masjidining maydonida, ya’ni o‘z doril-xukmlarida edilar. Bir ko‘zachada suv xizmatlariga keltirildi. O’sha suvdan bir kaft oldilar. Uning bilan ikki qo‘llarini yuvdilar, va og‘iz burunlarini chaydilar. Yuzlariga va ikki bilaklariga, boshlariga masx tortdilar. Keyin tikka turgan hollarida suvdan ichdilar. Va dedilar: Bu tahorati bor odamning tahoratidur. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday qilganlarini ko‘rganman.

I z o h. Ulamolar deganlar: Bu rivoyatdagi masxdan murod, yengil yuvmoqdir. Bu rivoyatda oyoq zikri bo‘lmasa ham, boshqa bir rivoyatda kelgandir. Bundan maqsad, yangidan tahorat olishdir. Bu hadisda taxorat qilib bo‘lgandan keyin qolgan suvdan tikka turib ichmoqning joizligi ma’lum bo‘ladi. Fiqh kitoblarida zam-zamni va tahoratdan oshib qolgan suvlarni tikka turib ichishning joizligi aniq qilib yozilgandir. Balki, alloma Ibn Obidiyn taxorat suvini turib ichish bemorliklar uchun mujarrab shifo ekanligini ba’zi akobirdan naql etganlar. Ali Qoriy sharxi-shamoyilda mustahab deganlar.

Qayd etilgan