Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 234720 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 33 B


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:14:51

 180. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat: sahobalar dedilar: Yo, Rasulalloh, Siz bizlar bilan hazil qilasiz, RAsululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ha. Men hazil qilaman, lekin haqdan boshqa bir so‘zni aytmayman.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:14:59

181. Anas roziyallohu anhu dedilar: Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, minish uchun bir jonivor talab qildi. U zot sallollohu alayhi vasallam dedilar: Men seni urg‘ochi tuyaning bolasiga mindirmoqchiman. U odam dedi: Men urg‘ochi tuya bolasini nima qilaman? Janob dedilar: Bu hamma tuyalarni urg‘ochi tuya tug‘may, nima tug‘adi?

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:15:08

182. Anas roziyallohu anhu dedilar: Sahroliklardan bir odam bor edi Nomi Zohir edi. Saxrodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga xadya keltirar edi, va qachon o‘z axliga qaytib bormofchi bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga kerakli narsalarni hozir kildirib berar edilar. Bir kun dedilar: Zoxir bizning saxromizdir. Biz uning shaharliklarimiz, va u zot uni yaxshi ko‘rar edilar va u odam shakli xunuk, kilig‘i maxbub edi. Bir kun Rasululloh, sollallohu alayhi vasallam uning yoniga keldilar, va ul kishi bozorda o‘z molini xalqqa sotib turgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam orqa tarafdan kelib, uni quchoqladilar va u kishi bu zotni kurmay: "Bu kim, meni qo‘yib yubor", der edi. Keyin orqasiga qarab, Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni tanib qoldi. So‘ng nima qilsalar turib berdi. Keyin sollallohu alayhi vasallam: "Kim bu qulni mendan sotib olur?" deb ovoz qilaverdilar. Ul kishi dedi: Yo Rasulalloh, bu mollari o‘tmas mol ekan, endi bilurlar. Buni hech kim olmaydi". Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Bu mol xalqqa utmasa ham, Alloh huzurida o‘tur", yoki "sen Alloh huzurida qimmatli moldirsan" dedilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:15:16

183. Imom Hasan Basriy dedilar: Bir qari xotin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuzurlariga kelib, savol qildi: Yo Rasulalloh, duo qilsinlarki, meni jannatga doxil qilsin. U zot marhamat qildilar. Ey, faloniy, jannatga kampir kirmas. Bu so‘zni eshitgan zamon ul kampir yig‘lab qaytib ketdi. Janob dedilar: sizlar unga xabar beringlarki, jannatga bu xotin kampirlik suratida kirmas, chunki Alloh Taolo Qur’on karimda derki, biz jannat ayollarini boshqatdan yangi shaklda yaraturmiz, va ularning hammalarini qiz yaraturmiz, va erlariga muxabbatli, yaxshi ko‘rinadigan va hammalarining yoshlari barobar bo‘lur.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:15:32

BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOHU ALAYHI VASALLAMNING SHE’R HAQIDA AYTGAN SO‘ZLARI USTIDA BAYON QILINADI

184. Shurayx Kufiy dedilar: Oisha roziyallohu anhodan savol kilindiki, Yo Rasulalloh, sollallohu alayhi vasallam she’rdan misol yo dalil keltirardilarmi? Oisha dedilar: Ha. Ibni Ravoxa she’ridan misol keltirar edilar, va bu so‘zlarni dalili o‘rnida o‘qir edilar (tarjimasi): Keltirur senga xabarlarni ul odamiyki, sen anga xabar keltirmak uchun hadya va yul harji bermagan eding.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:15:41

 185. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilarki, shoir tilidan so‘zlangan so‘zning nihoyatda rosti va to‘g‘risi Labidning bu so‘zidir: Dunyo xabardor bo‘lsinki, Allohdan boshqa har bir narsa botil va bekordur, e’timodga loyiq emasdur. Va Umayya ibn Salt musulmon bulishga yaqin qolib edi, lekin Alloh xohlamadi.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:15:53

 186. Jundab bin Sufyon roziyallohu anhu dedilar: G’azotlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak oyoqlarining bir barmog‘iga tosh tegdi. Undan muborak barmoqlari qonadi. Shu holda bir shoir sahobaning bu bir misrasini o‘qidilar (tarjimasi): Ey, barmoq, sen qonga belangan barmoqdursan va nimaga yuliqqan bo‘lsang, Alloh yo‘lida yo‘liqding.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:16:13

187. Baro’ bin Ozib roziyallohu anhudan rivoyat: Bir kishi u zotga dedi: Ey, Abu Umora, sizlar Xunayn kunida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tashlab qochdingizlarmi? Baro’ dedilar: yo‘q, qochmadik. Balki xudo nomiga qasamyod etib dermanki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam maydonidin yuz o‘girib qochmadilar. Lekin avvalgi jamoadan shoshilganlar qocha boshladilar. Chunki, Bani Xavozin merganlari ularni o‘qlar bilan qarshi oldilar. Ular qochib turganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xachirlariga mingan hollarida va ammazodalari Abu Sufyon uning yuganidan tutgan holda bu lafzlarni o‘qir edilar (tarjimasi): Men nabiiydurman so‘zimda yolg‘on yo‘qdur. Men Abdul Mutallibning o‘g‘lidurman.

I z o h. Bu urushda qochgan askarlar Bani Salim qabilasi bilan Makkada yangi musulmon bulgan yoshlar edilar. Sahobalarning akobirlari albatta, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yonlarida hozir edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:16:26

188. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Umrai qazoda Makkai mukarramaga kirdilar, va Abdulloh bin Ravoha roziyallohu anhu oldilarida bu she’rni o‘qidilar (tarjimasi): Ey, kofirlar avlodlari, qochinglar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘l beringlar. Bu kun bu Janobni agar sizlar o‘tgan sanada to‘sgan kabi to‘ssalaring, bizlar shundoq ururmizki, boshlaringni tanalaringdan judo qilurmiz, va do‘stni do‘stidan xabar olgali qo‘ymasmiz. Umar roziyallohu anhu bu she’rni eshitib dedilar: Ey, ibn Ravoxa, Rasululloh huzurlarida va Haramallohda bunday she’rlarni o‘qiyapsanmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ey, Umar, buni o‘z holiga qo‘yib ber, bunday she’rlar kofirlarga o‘q yog‘dirgandan ziyoda ta’sir qilur.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:16:39

189. Jobir bin Samura roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan yuzdan ziyoda suhbatda bo‘ldim. Hammasida ashobi kirom roziyallohu anhum o‘z oralarida she’rlar o‘qishar edilar, va johiliyat davrida bo‘lib o‘tgan hikoyalarni qilishar edilar. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam u majlislarda xomush so‘z qilmay o‘tirar edilar. Balki ba’zi vaqtlarda ularga qo‘shilib, kulishar edilar.

I z o h. Bu hadisi muborakdan ma’lum bo‘ladiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nihoyatda mahbub tabiatli bir zot edilar. Majlislarda bo‘lgan zotlar ozodlik birla suhbatda bo‘lar edilar. Dunyoviy so‘zlar ham bo‘lar edi. Kulinadigan bir so‘z kelib qolsa, barobar tabassum qilar edilar. Shuning uchun xech kim suxbatlariga to‘ymas edi.

Qayd etilgan