Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 161413 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 33 B


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:16:49

190. Sharid roziyallohu anhu dedilar: Bir kuni men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bir markabga mingashgan edim. O’sha holda u zotga Umayya ismli shoirning she’rlaridan yuz bayt o‘qib berdim. Har bir baytni o‘qib berganimda, u zot yana shundan o‘qi der edilar. Shunday qilib, Janobga yuz baytni eshittirdim. U zot dedilar: Bu Umayya yaqin musulmon bo‘lay deb qolgan ekan. Chunki she’rlari xikmatli bo‘lib, tavxiddan va qiyomatdan ko‘p so‘zlar edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:16:58

 191. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasson roziyallohu anhu uchun masjidga minbar qo‘ydirib berar edilar. Toki ul zot minbarga chiqib, rost turib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam madhlarida faxriya she’rlar o‘qir edilar yoki u zot taraflaridan mudofaa qilar edilar, va kofirlar tarafidan bo‘lmish ta’nalariga javob berar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam der edilarki: Alloh Taolo Xassonga ruxul Quds vositasi birla madad berur. Madomiki, ul Rasululloh tarafidin mudofaa va dinga madadda bo‘lar ekan, bu hol unda bardavom bo‘lgay.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:51:46

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING KECHQURUNDA QILGAN HIKOYALARI HAQIDA BAYON QILINADI

192. Oisha roziyallohu anho dedilar: Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z uylarida xotinlariga bir qissa bayon qildilar. Ayollaridan birlari dedilar: bu qissa xayratda va taajjubda tamom Xurofaning voqealariga o‘xshar ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Bilasizlarmi, Xurofa nima? Xurofa Bani Uzra jamoasidan bo‘lgan bir kishi edi. Johiliyat zamonasida uni jinlar asir qilib olib ketgan edilar. U jinlar bilan bir necha muddat birga turdi, keyin ular o‘zlari uni olib kelib, qo‘yib ketdilar. Keyin u kishi jinlar orasida ko‘rgan qiziq voqealarni so‘zlab berar edi. Keyin odamlar uning so‘zini eshitganlarida, bu so‘z «Xurofa so‘zi» der edilar. Shundan keyin, arablar orasida har bir qiziq so‘zni Xurofa so‘zi deyiladigan bo‘ldi.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:52:43

 UMMU ZAR’ HIKOYASI

193. Oisha roziyallohu anho dedilar: Kunlarning birida o‘n bir nafar xotin bir yerga jam bo‘ldilar va hammalari o‘z erlarining ahvolini to‘laligicha bayon qilishni va hech bir so‘zni yashirmaslikka ahd qildilar. Bu xotinlar hammalari Yaman xotinlari yo Hijoz xotinlari edilar. Nomlari aniq ma’lum emasdir.

Birinchilari dedi: Mening erim ishdan chiqqan, oriq tuyaning go‘shtidir. Yana o‘zi chiqishi qiyin bir tog‘ning ustidadir. Tog‘ yo‘li oson emaski, unga chiqilsa. Go‘sht ham semiz mol go‘shti emasdirki, uni ixtiyor qilinsa, va olib tushilsa, ya’ni, butun foydasiz bekor bir narsadur.

Ikkinchilari dedi: Men erim rozilarini bayon qilmasman. Qo‘rqurmanki, agar uning ayblarini berkitmay so‘zlab qolsam, "zohiriy" va "botiniy" ayblarining hech birini qo‘ymay so‘zlab tashlarman, ya’ni mening erimda bor ayblarni sanab bo‘lmas, qaysi birini ham so‘zlab o‘tiray.

Uchinchilari dedi: Mening erim badxulq, bedavo uzundki, undan shikoyat qilsam, yo o‘ziga bir so‘z qilib qolsam, taloq qilinurman. Agar so‘z qilmay ketaversam, butun umrim muallaqa holda keturman, ya’ni, erliklar qatorlarida ham emasman, bevalar qatorida ham emasman.

To‘rtinchilari dedi: Mening erim Tahoma iqlimining kechquruniga o‘xshaydi. Na issiq va na sovuq. Na undan qurqilur va na undin zerikilur. Ya’ni, nihoyatda mijozi mo‘‘tadildir. Issiqda salqindir va sovuqda issiqdir. Afv marhamati ko‘pdir. Hech bir holda odamga malol kelmas.

I z o h. Tahoma deb, Makkai mukarramani va atroflarini aytiladi.

Beshinchilari dedi: Mening erim uyga kirsa, qoplon bo‘lib kirur, uydan chiqsa sher bo‘lib chiqur. Uydagi o‘ziga ma’lum narsalar xasida taftish qilib o‘tirmas, ya’ni ko‘chadan kelsa, qoplon kabi o‘z ahlini sog‘inib keladi va ko‘chaga chiqsa yo‘lbarsdek olijanob yuradi. O’zi u qadar himmatlik, karim insondirki, bo‘lar-bo‘lmas narsalar ustida oilasi bilan janjal qilib, pastlik qilib o‘tirmaydi.

Oltinchilari dedi: Mening erim taom yesa, dasturxonda bor narsani hammasin yeb tugatadi va suv ichsa, idish ostida qolgan suvni ham ichib xalos qilur, va yotsa, o‘zi tanho bir ko‘rpaga o‘ralib yotadi. Yonida yotgan odamni qo‘yniga qo‘lini uzatib ham ko‘rmaski, dardini bilsin, yo sog‘, yo bemor ekanligini faxmlasin, ya’ni, taomga to‘ymas va suvga qonmas va hamxonasi holini sezmas, bir bemuruvvat insondir.

Yettinchilari dedi: Mening erim o‘zi nomard, so‘zdan ojiz. Hamisha bemor bir insonki, dunyoda bor bemorlikdan namuna unda bor. U qadar beaxloqki, suz qilsang, boshingni yoradi, yo badaningni zaxm qiladi, yo xoxlasa har ikkisini birga qilur.

Sakkizinchilari dedi: Mening erim badani quyon kabi muloyim va isi za’faron kabi hammani xushbo‘y qilib turadi, ya’ni uning vujudi nihoyatda mahbubdir. Nozik badan va xushbo‘yligidan jismoniy va ruxoniy lazzat har ikkisi unda mavjuddir.

To‘qqizinchilari dedi: Mening erim, uyi baland, mexmoni ko‘p, qomati raso va davlat xonasi jamoat xonaga yaqin bir zotdir, ya’ni sharaflik, saholatlik va shijoatlik bir dodxodirki, hamma insonga maxbub va marji’dir.

O’ninchilari dedi: Mening erim, molikdir. Bilasizlarmi, molik kim? Ta’rif qilingan zotlarning hammalaridan ziyoda, yaxshidir. Chunki har-har yerga cho‘kib yotadigan tuyalari ko‘pdir. Tuyalari o‘tlagani kam borishadi. Qachon surnayning ovozini eshitsalar bilurlarki, ularni so‘yilur, ya’ni molik davlatmand va karamlik bir insondir. Hamisha mollarini o‘z oldida boqadi, yaylovga kam yuboradi. Mollari ham uning mijozini yaxshi biladilar. Qachon surnay chalinsa, bilurlarki, shu soatda mehmon taomi uchun zabx etilurlar.

O’n birinchilari dedi: Mening erim Abu Zar’dur. Bilasizlarmi, Abu Zar’ kim? U shunday mexribon erki, ikki kulog‘imni qimmati yuqori taqinchoqlardan ham qilgandir, va ikki bilagimni ko‘p yedirib, charvidan to‘ldirgandir. Meni shunday xush va xurram saqlaganki, undan men kibr va g‘ururga berilib, o‘zimni unuta boshladim. Bu er meni olganda, men bir nechta echki bilan kun o‘tkazadigan nihoyatda bir g‘arib xonadonda edim Meni shunday bir davlatmand xonadonga olib keldiki, ularda otlar, tuyalar, qo‘sh ho‘kizlar va dehqonlar bor edi. Otlari kishnar, tuyalari bo‘kirar, ho‘kiz, sigirlari xirmon xaydar, xodimlari donlarni somonlardan alohida qilib tozalar edilar. Men bo‘lsam u er qoshida erka edim, har qanday so‘z aytsam ham, so‘zing yomon demas edi. Yotsam tong otguncha yotar edim, hech kim meni uyg‘ota olmas edi. Yemak va ichmakda shunday mo‘l-ko‘lchilik ediki, men yeb-ichib turib ketardim, taom va sharob shunday qolar edi. Bu sifat erimning sifati edi.

Uning bir onasi ham bor edi. Bilasizlarmi, u qanday xotun edi. U nihoyatda olijanob xotin ediki, idishlari hammasi katta-katta va narsalari to‘la-to‘la turar edi. Uyi nihoyatda keng va unda hamisha mehmonlar bo‘lar edi. Abu Zar’ning o‘g‘li ham bor edi. Bilasizlarmi, o‘g‘li kim? Shunday yigitki, badani nozik va ozg‘in, yonboshi go‘yo po‘stlog‘i archilgan xurmo novdasiga yoki g‘ilofidan chiqarilgan qilichga o‘xshar va yosh echkining qo‘li uni to‘yg‘izadi (ya’ni, nihoyatda betakalluf, bahodirmijoz yigitdir).

Abu Zar’ning qizi ham bor. U qizni nima desam bo‘ladi. Otasiga itoatli va onasiga farmonbardor, sixat va jamoli, aqlu-kamoli shunday ediki, xotinlik kishiga tushib qolsa, kundoshi kuyib o‘tadi. Abu Zar’ning cho‘risi ham bor. Uni qanday ta’rif qilay? U cho‘ri dindorligidan uydagi so‘zlarni boshqa yerlarga tarqatmaydi va aminligidan uyidagi taomni ham beijozat harj qilmaydi, va tozaligidan uyni nihoyatda sof va pokiza saqlaydi. Axlatxona qilib qo‘ymaydi. Ummu Zar’ dedi: bizning Abu Zar’ bilan muhabbatimiz va o‘rtadagi aloqamiz men yuqorida aytgandek edi. Ittifoqo, bir kun Abu Zar’ ko‘chaga chiqdi. Bahor fasli edi. Sut, yog‘ meshkachalarda olinib turgan vaqt edi. Ketib turib, oldida ikki o‘g‘li ham bor bir xotinni ko‘rib koldi. Qoplondek irg‘ishib, onalarining beli atrofida ikki anor bilan uynashib turibdilar. Bu holni ko‘rgach, meni taloq qilib o‘z nikohiga o‘sha xotinni oldi. Uni devona qilgan xotinning xusnlik sho‘x o‘g‘illarini ko‘rib, shoyad menga ham shunday o‘g‘illarni tug‘ib bersa, deb umid qilgan edi. Men ham keyin bir olijanob, saxiy erga tegdimki, uning uchqur zotdor bir oti bor edi. Uni minar edi. Xat degan bir maqomda ishlangan nayza taqardi. O’sha er meni olgach, kech kirmay turib, kelib mollarini haydatib, mening xuzurimga keltirdi, va har qaytgan namunadan bir juftdan menga berib, dedi: Ey, Ummu Zar’, ol, yegin va axllaringga ham bergin. Lekin men bu ikkinchi erning menga bergan narsalarin hammasini to‘plasam, qimmati va bahosi Abu Zar’ning menga bergan bir kichkina idishining qimmatiga ham barobar kelmaydi.

Oisha roziyallohu anho dedilar: Bu xikoyani tamom eshitib bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga dedilar: Ey, Oisha, men ham senga Abu Zar’ Ummu Zar’ga mehribon bo‘lgan kabi mexribondirman. Lekin biz ajralmasmiz.

I z o h. Bu hadis muborakdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning axloqi jamilalarining va xonadon hayotlarining naqadar ulug‘ligi ma’lum bo‘ladi. Sollallohu alayhi vasallam.   

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:55:11

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING UYQULARI HAQIDA BAYON QILINADI

194. Baro’ roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odati sharifalari qachon uyquga bormoq uchun yonboshlasalar, o‘ng kaftlarini o‘ng yuzlarining ostiga qo‘yar edilar. Keyin bu duoni o‘qir edilar: «Ey parvardigorim, bandalaringni xisob uchun qabrlaridan turg‘izadigan kuni meni azobingdan saqlagil».

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:55:20

195. Xuzayfa roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon o‘rinlariga yotsalar, bu duoni o‘qir edilar: "Yo Alloh, sening noming ila o‘lurman, (ya’ni uyquga borurman) va sening noming ila tirilurman, (ya’ni uyg‘onurman)" va qachon uyqudan tursalar, bu duoni o‘qir edilar: "Bizni o‘ldirgandan keyin yana tiriltirgan Allohga hamd bo‘lsin, va qiyomat kuni Uning huzuriga to‘planish bo‘lur".

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:55:29

196. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam har kecha qachon o‘z o‘rinlariga yotsalar, ikki kaftlarini bir qilib turib, unga dam solar edilar, unga «QUL HUVALLOHU AHAD», «QUL A’UZU BIROBBIL-FALAQ», «QUL A’UZU BIROBBIN-NAS» suralarini o‘qib, har ikki kaftlariga dam solgach, badanlarining qo‘l yetadigan qismlarining hammasiga surkar edilar. Boshlaridan, yuzlaridan va oldi taraflaridan boshlardilar. Shu tariqa uch bor qilar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:55:39

197. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat: Bir kun Rasululloh sallollohu alayhi vasallam uyquga borib, xurrak tortdilar va odat sharifalari qachon uyquga borsalar, xurrak tortar edilar. O’sha holda Bilol roziyallohu anhu kelib, namoz vaqti bo‘lib qolganligini ma’lum qildilar. U zot sollallohu alayhi vasallam o‘rinlaridan turdilar, va namozlarini jamoat bilan o‘qidilar. Lekin yangi tahorat qilmadilar, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari uyquga borsalar-dr, muborak dillari uyg‘oq turar edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:55:48

198. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon uyqu uchun o‘rinlariga yotsalar, bu duoni o‘qir edilar. «Hamd bo‘lsin Alloh taologaki, bizlarga taom berdi va serob qildi va har bir hojatimiz uchun o‘zi mutasaddi bo‘ldi va bizlarga yotadirgan joy berdi. Dunyoda bir qancha insonlar borki, xabar oladigan va joy beradigan kishilari yo‘qdir».

Qayd etilgan


Abdusalom  01 Iyul 2006, 06:56:01

199. Abu Qatoda roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odat sharifalari qachon safarda bo‘lib, kechqurun bir yerga tushsalar, o‘ng yonboshlari bilan yotar edilar, va qachon subhi sodiqdan avvalroq bir yerga tushsalar, yotganlarida uyqu ziyoda kelib, og‘irlashib, namoz uchun sustlik paydo bo‘lmasligi uchun o‘ng bilaklarini tikka qo‘yib, kaftlariga boshlarini qo‘yib yotar edilar. Garchi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun bunga zarurat yo‘q bo‘lsa-da, haqiqatan bu ummatlarga ta’lim edi.

Qayd etilgan