262. Hasan ibn Ali roziyallohu anhumo dedilar: Men tog‘am Xind ibn Abi Xola roziyallohu anhudan savol qildim. U zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak sifatlarini ko‘p bayon qilar edilar. Men u zotning shamoili sharifalaridan biroz bayon qilib berishlarini so‘radim. Tog‘am dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zoti maqdaslari nihoyatda ulug‘, oliy sifatlari g‘oyatda yuksak bir zot edilar. Muborak chehralari un to‘rt kechalik to‘lgan oy kabi duraxshon edi, deb yuqorida birinchi bobda bayon bo‘lgan uzun hadisni tamom o‘qidilar.
Hasan roziyallohu anhu dedilar: Men bu hadisni bir muddatga qadar ukam Xusaynga bayon qilmay turdim. Keyin bayon qilib edim, ma’lum bo‘ldiki, u mendan avval tog‘amdan bu hadisni so‘rab eshitib olgan ekan. Balki otamizdan ham bobomiz sollallohu alayhi vasallamning uyiga kirishlari va tashqariga chiqishlari va tarzu tariqalarini so‘rab olibdi. Xech bir narsani qo‘ymabdi. Ukam Xusayn deydi: Men otamdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uyiga kirishlari haqida savol qildim. Otam dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon uylariga kirsalar, uydagi vaqtlarini uchga taqsim qilar edilar. Bir xissasini Allohning ibodatiga va shunga taalluqli ishlarga bag‘ishlar edilar, bir xissasini uydagilar haqlarini ado qilmoq va ular bilan o‘tirib, so‘zlashib, axvollarini bilmoq kabi ishlarga bag‘ishlar edidar, bir xissasini esa o‘zlarining zaruriyatlariga va xususiy ishlariga ajratar edilar. Keyin shu o‘zlariga xos bo‘lgan xissani ikkiga bo‘lib, o‘zlari bilan odamlar o‘rtasiga taqsim qilar edilar. O’sha xissada xoslarni sabab qilib turib, avomga naf tegizar edilar. (Ya’ni, xoslar kirib suxbatlaridan istifoda qilar edilar, va ular vositalari bilan ommaga naf yetar edi).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z majlislariga xozir bo‘lganlardan xech bir narsani ayamas edilar. Diniy va dunyoviy manfaatlarni ulardan darig‘ tutmas edilar va Janobning odati karimalaridan biri shu ediki, kelguvchilardan ahli ilm va axli amallarni kirishga ijozat berishda boshqalarga tarjix berar edilar. Hamda vaqt berishda ularning dini fazlu sharaflariga muvofiq taqsim qilar edilar. Kelguvchilarning ba’zilarini birgina xojati bo‘lar, ba’zilarining ikki hojati bo‘lar, ba’zilarida bir necha xojati bo‘lar edi. Janob hammalarining hojatlarini ravo qilar edilar, va ularni ularning o‘zlariga ham va ummatga manfaati bo‘ladigan ishlarga mashg‘ul qilar edilar. Jumladan, diniy muxim ishlar bo‘lsa, Janobdan savol qilardilar va Janob ularga munosib bo‘lgan ishlarni bildirardilar. Derdilarki, sizlardan bu majlisda xozir bo‘lgan zotlar hozir bo‘lmaganlarga bu yerda bo‘lib o‘tgan foydali so‘zlarni yetkazsinlar. Hojatini menga yetkaza olmaganlarning xojatlarini sizlar menga yetkazinglar, chunki kimki podshoxga o‘zi uni yetkaza olmayotgan bir odamning xojatini yetkazsa, Alloh Taolo qiyomat kuni u odamni sobit qadam qiladi. Shuning uchun sizlar hamisha xayr ish uchun vosita bo‘linglar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qoshlarida bundan boshqa so‘zlar qilinmas edi. Majlisda foydasi va manfaati bo‘lmagan so‘zni xech kimdan qabul ham qilmas edilar. Sahobalar qachon majlisi nabaviyga kirsalar, diniy ishlarining isloxiga tolib bo‘lib kirar edilar, va to biror manfaat xosil qilmay chiqib ketmas edilar. Majlisi muborakdan chiqqanlar xalq uchun raxnamo va xalqni xayr ishlarga dalolat etguvchi bo‘lib chiqar edilar.
Ukam Xusayn deydilar: Men otamdan bobomiz sollallohu alayhi vasallamning tashqariga chiqishlari haqida savol qildim. Otam dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlariga zarurati bo‘lmagan so‘zlardan muborak tillarini saqlar edilar. Kelguvchilarga dilbarlik qilib, o‘zlariga rom qilar edilar, va ularni o‘zlaridan qochirmas edilar. Har qavmning buyugi va aziziga xurmat-izzat ko‘rgizar edilar, va uni o‘zlariga sardor qilar edilar. Odamlarni Alloh Taoloning azobidan qurqitar edilar, va o‘zlari odamlardan extiyotda bo‘lar edilar. Lekin odamlarni lutfu marxamatlaridan yaxshi mijoz yo yaxshi xulqlaridan maxrum etmas edilar, va ashoblarning ahvolidan boxabar qilar edilar va odamlar oralarida nima hollar bor, odamlardan so‘rab turar edilar. Yaxshi narsani yaxshi der edilar va uning o‘zini va qilguvchisini madx va ta’rif etar edilar, va yomon narsani yomon der edilar va qilguvchisini mazammat va o‘zidan man’ etar edilar. Barcha ishlari mo‘‘tadil bo‘lib, har biriga muxolif bo‘lmas edi. Hamisha so‘zlari fe’llariga va fe’llari so‘zlariga muvofiq bo‘lar edi. Ashoblarning nasihat va irshodlaridan beparvo bo‘lmas edilar. Chunki beparvo bo‘lsalar, ular ham beparvo bo‘ladilar. Rohat, ishratga berilib ketadilar deb, qo‘rqar edilar. Har bir holat uchun yetarli tayyorliklari bo‘lar edi. Har bir xodisaning ilojini qilishdan avval ko‘rib qo‘yar edilar. Haq bir ishni bajarganda kamchilik qilmas edilar, va xaddan tajovuz ham qilmas edilar. Suhbatlariga yaqin bo‘lguvchilar sahobalarning nixoyatda mumtozlari bo‘lar edilar. Janob sollallohu alayhi vasallam qoshlarida ularning afzalliklari ommai xalq uchun ziyoda xayrixoxlari bo‘lar edilar, va martabalari balandlari odamlar bilan murosasi va yordami yaxshi bo‘lar edilar. Hasan roziyallohu anhu dedilar: Men otamdan bobomiz majlislari haqida savol qildim. Otam dedilar: Rasululloh sollollohu alayhi vasallamning o‘tirish va turishlari hamisha Alloh Taoloning zikri bilan bo‘lar edi. Bir laxza ham Allohning zikridan alohida bo‘lmas edilar, qachon bir qavm to‘plangan bir majlisga borsalar, qaysi joy holi, bo‘sh bo‘lsa, o‘sha joyga o‘tirar edilar, va boshqalarni ham shunday qilmoqqa buyurar edilar. Janob hamma hamnishinlarining haqqini ado qilar edilar. Kulmoq, so‘zlashmoq, iltifot qilmoqda hammalari bahra olar edilar. Xech bir hamnishinlari Janobga o‘zidan boshqani muxtaram bilmas edi. Balki hammadan muxtaram va yaqinman der edilar. Har kim Janob majlislarida bo‘lsa, yo suzlashib qolsa, Janob majlisda ham, so‘zda ham undan ziyoda sabrlik bo‘lar edilar. To u zot o‘zi turib ketmasa, Janob turmas edilar. Har kim Janobdan bir xojat tilasa, yo o‘sha tilagini olib ketar edi yo biror shirin so‘zlarini va uzrlarini eshitib ketar edi. Xulqlari va yaxshi mijozlari har qanday bir insonni sig‘dira olar edi. Hammaga barobar ota edilar. Hamma qoshlarida haqda barobar edi. Majlislari hamisha hilm, hayo, imonat va sabr majlisi bo‘lar edi. Majlislarda ovozlar baland ko‘tarilmas, hurmatlar poymol etilmas, unda bo‘lib o‘tgan xatolar tashqariga tarqatilmas edi. Majlisdagilar hammalari barobar bo‘lar edilar. Balki taqvosi borlar afzal xisob qilinar edilar. Hammalari tavozi’lik bo‘lar edilar. Ular majlisda kattalarga xurmat va kichiklarga rahmu shafqat qilar edilar. Xojati bor odamni o‘zlaridan haqliroq bilib, Janobga yaqin qo‘yar edilar. Musofir, g‘arib kelib qolsa, hurmatlab, haqqini ado qilar edilar. G’arib navozliklarini isbot etar edilar.
I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xudoga maxbub bo‘lgan yaxshi xulqlarning barchasi uchun timsol mujassam edilar. Tamomi kamolat bilan ziynatlangan edilar. Alloh Taolo hammamizga har bir xulqda Janobga ergashmoq baxtini nasib etsin. Omiyn.