RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING QORTIQ BILAN QON OLDIRGANLIKLARI HAQINDA BAYON QILINADI
Xijom kalimasi mixjama bilan qon olish deganidir. Mihjama - qon oladigan asbobning nomi. Qon oldirish badan muolajalaridan biri bo‘lib, xasta odam uchun muolaja qildirmoq tavakkul sifatiga xilof emas. Arbobu tavakkul imomlarining peshvolari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdirlar. U Janob sollallohu alayhi vasallam qilgan ishni xilofi tavakkul demoq ham jaholatdir. Banda bilmog‘i lozimki, tavakkul ma’nosi sabablarni ro‘yobga chiqarib, so‘ng Xudoga suyanmoqdir.
283. Xumayd dedilarki, Anas roziyallohu anhudan "œQon olguvchining ujrasi haqida joizmi yo nojoizmi?" deb savol qilindi. Anas dedilar: "œRasululloh sollallohu alayxi vasallam xijomat qildirdilar. Abu Tayyiba ismli kishi qonlarini oldi. Keyin uning ujrasi uchun ikki so’ taom buyurdilar. Va uning hojasi bilan so‘zlashib xirojidan bir so’ kam qildirdilar. Va dedilarki, qilib yurgan ilojlaringizning yaxshilaridan biri qon oldirmoqdir".
I z o h. Abu Tayyiba Bani Xorisa jamoasining quli edilar. Xojalari degan ediki: Har kun bizga uch so’ xurmo topib keltirib bersang, ortgani o‘zingga. Bu odam qortiq qo‘yib, so‘rib qon olishni bilar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu odam qulidan kon oldirib, haqiga ikki so’ taom yo xurmo buyurib berdilar. Va xojalari bilan so‘zlashib, har kun beradigan uch so’ xurmoni ikki so’ga tushirdilar. Keyin xijomat muolajasi muolajalarning yaxshilardan biri ekanligini bayon qildilar. Bu hadisdan yana ma’lum bo‘ladiki, xijomat qilib olingan ujra xalol ekan.