312. Solim bin Ubayd roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘lim bemorliklarida behush bo‘ldilar. Keyin xushlariga kelib, "œNamoz vaqti bo‘ldimi?" deb so‘radilar. Xizmatlarida hozir zotlar «Ha. Namoz vaqti bo‘ldi» dedilar. Bilolga aytinglar, azon aytsin. Abu Bakrga aytinglar, imom bo‘lib, odamlarga namozlarini o‘qib bersin", dedilar. Bu so‘zni deb, yana bexush bo‘ldilar. Yana xushlariga kelib, "œNamoz vaqti bo‘ldimi?" deb so‘radilar. Hozirlar: "œHa", dedilar. Janob dedilar: "œBilolga aytinglar, azon aytsin. Abu Bakrga aytinglar imom bo‘lib, odamlarga namoz o‘qib bersin". Oisha roziyollohu anho dedilar: "œYo, Rasululloh, mening otam g‘amga mag‘lub bir zotdirlar. Janoblarini maqomlarida holi ko‘rsalar yig‘lab betoqat bo‘ladilar va namoz o‘qiy olmaslar. Boshqa bir kishiga amr bersalar". Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana bexush bo‘ldilar. Hushlariga kelganlaridan keyin yana dedilar: "œBilolga aytinglar, azon aytsin va Abu Bakrga aytinglar imom bo‘lib odamlarga namoz o‘qib bersin". Keyin Oisha roziyallohu anxoga boqib dedilar: "œSizlar Yusuf alayhis-salomning sahobalari kabisizlar". Keyin Bilol roziyallohu anhuga azon uchun amr qilindi. Azon aytdilar, va Abu Bakr roziyallohu anxuga aytildi. Odamlarga imom bo‘lib, namoz o‘qib berib turdilar, ya’ni juma kechasining xufton namozidan boshlab, dushanba kunining bomdod namoziga qadar, jami o‘n yetti namozni imomat bilan ado qildilar. Bemorlik vaqtlarida Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam bemorlik vaqtlarida biroz tuzalgandek bo‘ldilar, dedilar: "œQaranglar, meni suyab masjidgacha olib boradigan odam bormikan?" Shu holda Oishaning ozod qilgan cho‘rilari Bariyra bilan yana bir kishi kelib edi, ularga suyanib, Janob masjidga bordilar. Namoz jamoatda imom bo‘lib turgan Abu Bakr roziyallohu anhu Janobni ko‘rib, keyinlariga qaytib, mexrobni bo‘shatmoqchi bo‘ldilar. Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Joyingizdan qo‘zg‘almang» deb ishora qildilar. Keyin Abu Bakr roziyallohu anhu namozlarini tamom qildilar. Keyin Janob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘sha kun foniy dunyodan vafot etdilar. Tamomi sahobalar mudhush bo‘ldilar. Har qaysilari har xil holatlarga duchor bo‘ldilar. Umar roziyollohu anhuga ajib bir kayfiyat zohir bo‘ldi. E’lon etdilarki, biror kishidan "œRasululloh sollallohu alayhi vasallamni vafot qildilar" degan so‘zni eshitsam, men bu qilich bilan boshini olaman. Sahobai kirom hammalari bundan avval biror payg‘ambar zamonini ko‘rmagan va nabiy vafotlarida nimalar qilinadi, tajriba qilmagan, avvalgi payg‘ambarlar kitoblarini o‘qimagan va eshitmagan edilar. Shuning uchun Umar e’lonlari bilan hammalari xomush to‘xtadilar. Sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar degan so‘zni qila olmadilar. Solim deydilar: Hammalari menga dedilar: Ey, Solim, sen Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamiing sohiblari Abu Bakrning qoshlariga borib, u zotni chaqirib kel. Men u zotni chaqirgani Avoliga bordim. Abu Bakr mahallalarining masjidida ekanlar. Men yig‘lagan va hushim ketgan holda huzurlariga yetdim. Meni ko‘rgan zamonlari "œJanobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etdilarmi?" dedilar. Men dedim: Umar har kimdan «Rasululloh vafot qildilar» degan so‘zni eshitsam, bu qilichim bilan buynini uzib tashlayman, dedilar. Abu Bakr Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning biroz tuzalganliklarini ko‘rgach, o‘zlaridan ijozat olib, ahllarini ko‘rgani Avoliga ketgan edilar. Vafotlarining xabarini eshitib, men bilan masjidga keldilar. Odamlarning oralarini «qoch-qoch» deb yorib, xujrai saodatga doxil bo‘ldilar, to‘g‘ri borib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ustlariga o‘zlarini tashladilar va bo‘sa qildilar va bu oyat sharifani tilovat qildilar (Tarjimasi): "œSiz ham vafot qilursiz, va ular ham vafot qilurlar".
Sahobalar dedilar: Ey Sahobi Rasul, Rasululloh vafot qildilarmi? Abu Bakr dedilar: Ha. Janob Dorul-baqoga rixlat qildilar. Bu so‘zdan tamomi sahobalar bildilarki, Janob vafot qilibdilar. Abu Bakr roziyallohu anhuning oyat bilan qilgan istidlollari rostdir. Keyin yana savol qildilar: Ey Sahobi Rasul, Rasulullohga janoza namozi o‘qiladimi? Abu Bakr dedilar: Ha. Janoza o‘qiladi. Ular dedilar: Qanday o‘qiladi? Abu Bakr dedilar: Bir jamoa kiradi, to‘rt takbir aytadilar va Janobga salovot o‘qiydilar va duo qiladilar. Keyin chiqadilar. Keyin boshqa jamoa kiradilar: Takbir aytadilar va salovot o‘qiydilar va duo qiladilar va chiqadirlar. Mana shu tariqa hamma odamlar janoza o‘qiydilar.
Sahobalar dedilar: Ey, Rasulullohning ashoblari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yerga dafn etiladimi? Abu Bakr dedilar: Ha. Yerga dafn etiladilar. Dedilar: Qaysi yerga dafn etiladilar? Abu Bakr dedilar: Alloh Taolo jonlarini olgan yerga dafn etiladilar. Chunki Alloh Taolo bu Janobning jonlarini yaxshi bir yerda qabz qildi. Shu yer munosibdir. Sahobalar bildilarki, Abu Bakr rost so‘zladilar. Keyin Abu Bakr amr qildilarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamniig muborak jasadlarini o‘zlarining yaqin xeshlari yuvsinlar. G’usl qildirguvchi zot Ali roziyallohu anhu bo‘ldilar. Abbos va o‘g‘illari Fazl ikkilari yordam berib turdilar. Qusay va Usoma shaqron parda orqasidan va ko‘zlarini bog‘lagan hollarida suv quyib berib turdilar. Laxadlarini Abu Talxa qazidilar.
Keyin xalifa tayin etish haqida mashvarat qilmoq uchun muxojirlar jam bo‘ldilar. Abu Bakrga dedilar: Yuring, birodarlarimiz Ansori kirom xuzurlariga boraylik. Keyin ularning qoshlariga bordilar. Ularning kattalari Suqayfa Bani So’dada jam bo‘lgan ekanlar. Ulardan Habbob ibn al-Munzir dedilar: Bizlardan bir amir, sizlardan bir amir bo‘lsin. Umar ibn al-Xattob roziyallohu anhu dedilar: bu oyatdagi uch fazilat jam bo‘lgan zot kim: birinchi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan hamisha birga bo‘lgan, xususan, g‘ordagi ikkining biri, ikkinchi, Kur’oni karim shaxodati bilan soxibligi sobit bo‘lgan, bu suxbatga munkir albatta, kofir bo‘ladi, uchinchi, Alloh Taoloning inoyatiga noyil bo‘lgan. Bu oyatda zikr qilingan ikki zot kimlar? Umar roziyallohu anxu bu so‘zni aytgandan keyin bay’at uchun qo‘llarini uzatdilar. Abu Bakr roziyallohu anxuga bay’at qildilar. Keyin Suqayfaga jam bo‘lgan zotlar hammalari bay’at qildilar. Va nihoyatda yaxshi bir bay’at bo‘ldi.